1-shakl. Shaxs va jamoa oʻrtasidagi munosabatlar.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan quyidagi xulosaga kelish mumkin:
1. Jamoa kishilarning shunday muayyan guruhi boʻlib, u ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan, umumiy maqsad hamda mazkur maqsadni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Jamoa oʻzida bir necha xususiyat (belgilar)ni namoyon etadi.
2. Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga boʻysinadigan, uzoq muddatli, murakkab dinamik jarayon boʻlib, koʻpchilik pedagoglarning e’tirof etishlaricha, toʻrt bosqichli jarayonda qaror topadi.
3. Jamoani shakllantirish oʻziga xos metodika asosida amalga oshiriladi. Ushbu metodika doirasida jamoaga nisbatan talablarning qoʻyilishi jamoa faoli (aktivi)ni tarbiyalash masalasi alohida ahamiyatga egadir.
Jamoaning mustahkam boʻlishi a’zolari oʻrtasida oʻzaro yordam, hamkorlikning qaror topishida jamoa an’analari muhim ahamiyat kasb etadi.
Esda saqlab qolish uchun zarur boʻlgan tushunchalar:
Jamoa – lotincha «kollektivus» soʻzining tarjimasi boʻlib, yigʻilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh ma’nolarini anglatadi. Jamoa kishilardan iborat guruh hisoblanadi.
Jamoaviylik – jamoa bilan birdamlik, oʻzini jamoaning bir boʻlagi deb his qilish tuygʻusi.
Oʻquvchilar jamoasi – ijtimoiy ahamiyatli faoliyatni tashkil etish, shuningdek, umumiy javobgarlik va umumiy saylov organlari, barcha a’zolarning huquq va burchlari tengligi asosidagi oʻzaro birlikka ega oʻquvchilar guruhidir.
Istiqbol – shaxs bolalar guruhini, jamoani rivojlantirishning ichki ehtiyojlariga javob beruvchi, jamiyat vazifalariga mos keladigan vazifalar, maqsadlar, ishlar tushuniladi.
Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Jamoa soʻzining ma’nosini tushuntiring.
2. Jamoa orqali tarbiyalash deganda nimani tushunasiz?
3. Jamoaning tuzilishi necha qismdan iborat?
4. Jamoani tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlari nimadan iborat?
5. Jamoaning rivojlanish bosqichi deganda nimani tushunasiz?
6. Oʻquvchilar jamoasiga izoh bering.
7. Jamoaning shakllanish tamoyillarini jadvalda koʻrsating.
8. Jamoaning rivojlanish bosqichi necha qismdan iborat?
9. Jamoani tashkil etishning ma’nosini tushuntiring.
10. Istiqbol deganda nimani tushunasiz?
11. Jamoaning faoliyatiga qoʻyiladigan talablariga nimalar kiradi?
12. Jamoa an’analari deganda nimani tushunasiz?
13. Shaxs va jamoa oʻrtasidagi munosabatni izohlang.
14. Shaxs va jamoa oʻrtasidagi munosabatlar shaklini chizmada koʻrsating.
Do'stlaringiz bilan baham: |