Тарбия жараёни моҳияти ва мазмуни. Тарбия тамойиллари


ILMIYLIK, TIZIMLILIK VA IZCHILLIK PRINSIPI


Download 0.99 Mb.
bet3/7
Sana19.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1032610
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari.

ILMIYLIK, TIZIMLILIK VA IZCHILLIK PRINSIPI
Maktab ta'limiga qo'yiladigan ilmiylik talabi xalq ta'limi to'g'risidagi barcha qonunlar, „Umumiy ta'lim maktabi konsepsiyasi" hamda „Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi"da ifodalangan yetakchi talabdir. Hozirgi kunda, ya'ni fan va texnika rivojlangan, ilmiy bilimlar, mustaqil davlatni qurish va uni rivojlantirishning har xil amaliy masalalarini hal qilish-ning zarur shartiga aylanayotgan davrda mazkur prinsipni amalga oshirish nihoyatda muhimdir.
Ilmiylik prinsipi maktab ta'limi mazmuniga fanda aniq rasmiy-lashgan o'quv materiallarini kiritishni (bu talab maktab dastur-lari va darsliklarini taqqoslashda, o'qituvchi har bir dars uchun material tanlashda hisobga olinadi), o'quvchilarni o'z yoshlariga mos ilmiy tushunchalar bilan qurollantirishni talab qiladi. Das-tur va darsliklarda esa ana shunday tushunchalarni o'zlashtirishning tartibi ifodalanadi. Bu tartibga jiddiy rioya etish hamda o'quv jara-yoniga faqat fanlarda qabul qilingan ta'riflarni kiritish maqsadga
muvofiqdir.

Ilmiylik prinsipi o'qituvchidan o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqiga alohida e'tibor berishni, u yoki bu masalalarni ilmiy asosda tushunishdan hech qanday chekinishga yo'l qo'ymaslikni, ilmiy tushunchalarni va so'zlarni to'g'ri qo'llashni talab qiladi.

Tabiat hodisalarini (momaqaldiroq, chaqmoq, shamol, qor, yomg'ir va hokazolarni), shuningdek, jamiyat hayotida eng muhim o'zgarishlarni ilmiy jihatdan aniq bayon qilish katta ahamiyatga

molikdir.

Biz o'quvchilarimizni hayotga, jamiyat qurilishida qatnashishga tayyorlaymiz. Shuning uchun ta'lim amaliy hayot bilan bog'lanishi kerak. Hozirgi paytda nazariyani amaliy hayot bilan bog'lash prinsipi alohida ahamiyatga ega. Shunga ko'ra, uni ta'lim-tarbiya ishining hamma yo'nalishlarida amalga oshirish zarur.

Biz o'quvchilarimizni hayotga, jamiyat qurilishida qatnashishga tayyorlaymiz. Shuning uchun ta'lim amaliy hayot bilan bog'lanishi kerak. Hozirgi paytda nazariyani amaliy hayot bilan bog'lash prinsipi alohida ahamiyatga ega. Shunga ko'ra, uni ta'lim-tarbiya ishining hamma yo'nalishlarida amalga oshirish zarur.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling