Tarbiya jarayonida milliy qadriyatlarni o‘rni


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana12.10.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1699360
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
TARBIYA JARAYONIDA MILLIY QADRIYATLARNI O‘RNI

“Atamalar jangi” usuli. 
Bu usuldan foydalanish uchun ortiqcha tayyorgarlik talab 
etilmaydi. Shuningdek bu usulni har qanday dars uchun qo‘llash 
mumkin. O‘qituvchi guruhlardan bittadan o‘quvchini o‘rtaga chiqaradi 
va ularga fan bilan bog‘liq tushunchalar, lug‘atlar, atamalar yoki buyuk 
ajdodlarimiz nomlarini navbatma navbat aytishini, o‘zidan oldingi 
o‘quvchining fikrini takrorlamasligi tushuntiradi. Bu usul o‘quvchilarni 
sezgirligini oshiradi, ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatadi.Bunda 
qoidalar quyidagicha bo‘ladi; 

Vaqtni belgilab unga amal qilinadi. Atamalarni to‘g‘ri 
ishlatilishiga e'tibor beriladi. 

Musobaqa g‘olib aniqlanguncha davom ettiriladi. 


62 

G‘olib o‘quvchi rag‘batlantiriladi. Ularning soniga ko‘ra g‘olib 
guruh aniqlanadi. 
Nuqtai nazaring bo‘lsin. 
Bu usulda o‘quvchilar muayyan muammoga o‘z nuqtai nazarlarini 
asosli dalillab, himoya qilishga o‘rganadilar. O‘quvchiga muammo 
muhokamasi vaqtida o‘z fikrini o‘zgartirish imkonini berishi 
mumkin.Bu usul o‘quvchilar o‘rtasida munozara yuzaga kelishi va 
munozara jarayonida o‘zgalar fikrini tinglay olishi, ularga qo‘shilish, 
qo‘shilmagan taqdirda o‘z fikrini dalillar asosida isbotlab bera olishi 
ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida qo‘llanadi. O‘qituvchi savollari 
bilan dars jarayonida faol bo‘lmagan o‘quvchilarni munozarada ishtirok 
etishga majbur qiladi. O‘quvchi dastlab sinfning to‘rt burchagiga tshrtta 
so‘z yozilgan qog‘ozni ilib qo‘yadi. 
Sinf o‘quvchilaridan ko‘ngillilari o‘zlariga ma'qul kelgan qog‘oz 
oldiga boradilar. Qog‘ozga yozilgan so‘zlarni o‘quvchilar o‘z nuqtai 
nazarlari bilan izoxlaydilar. Bunda ularning nuqtai nazarini anglab olish 
uchun savollar berish mumkin. Boshqacha firda bo‘lgan o‘quvchilarga 
so‘zlash imkoni beriladi. O‘qituvchi bildirilgan fikrlarga qo‘shimcha 
kiritishi, to‘ldirishi mumkin. Boshlang‘ich sinflarda ana shunday 
usullardan foydalanish dars o‘tish o‘quvchilar faolligin oshiradi. 
Faollikning mazmun mohiyati aslida ijobiy fikrlash, tashabbuskorlikni 
tashkil etadi. 
Bu usullar o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muntazam 
qo‘llaydigan, o‘quvchilarga o‘z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini 
rivojlantirish, bilim va ko‘nikmalarini egallashi hamda ulardan amalda 
foydalanish imkonini beradi. 
Dars jarayonida bajarilayotgan bunday ish turlari o‘quvchining 
xotirasini mustaxkamlashga yordam beradi. 
Shunday usullardan yana biri ota-onalar bilan hamkorlikda olib 
boriladigan ishlardir. Bunda ota-onalar dars jarayonida turli ta'limiy 
o‘yinlarda ishtirok etadilar. 
Ilg‘or pedagogik texnologiya elementlari hisoblangan interfaol 
usullardan unumli foydalanish muvaffaqiyatli natijalar garovi 


63 
hisoblanadi va yuqoridagi fikrlarni amalga oshirishda quyidagicha ish 
turlaridan foydalansh mumkin. Masalan, 
Bu qanday so‘z. 
So‘z uchidagi harfdan iboratbirinchi harf harflar jadvalida
14-o‘rinda, keyingisi 13-o‘rinda, oxirgisi 1-o‘rindan joy olgan. Bu 
o‘yinning natijasi keyin daftarga yoziladi.
Javob “ONA”. 


64 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling