Tarbiya jarayonida milliy qadriyatlarni o‘rni
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
TARBIYA JARAYONIDA MILLIY QADRIYATLARNI O‘RNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samarqand-2022 43 UO‘K 37.013:17.022.1(072) T 93 Tuxtayev.O.X
- Taqrizchi
1 TARBIYA JARAYONIDA MILLIY QADRIYATLARNI O‘RNI (uslubiy qo‘llanma) Samarqand-2022 43 UO‘K 37.013:17.022.1(072) T 93 Tuxtayev.O.X Tarbiya jarayonida milliy qadriyatlarni o‘rni. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent: «QAMAR MEDIA» , 2022.- 78 b. Taqrizchi: L.Norqulov O‘zbekiston- Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi H.Qoraboyev Samarqand viloyati PYaMO‘MM katta o‘qituvchisi Uslubiy qo‘llanma hududiy markaz Ilmiy-metodik kengashining 2022- yil 1-iyuldagi 3 -sonli yig‘ilish qarori bilan nashrga tavsiya etilgan. 43 KIRISH Yosh avlodni komillikka yetaklovchi eng katta kuch–bu kitob va hayotiy saboqlardir. Yoshlarni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash kelajakni, millatni va milliyligimizni boqiy ozod holda ko‘rishimiz mumkin. Vatanga sadoqat, do‘stlikka ishonch, oilaga mehr–muhabbat, kattalarga hurmatda kichiklarga izzatda bo‘lish tuyg‘usini shakllantirsh milliy qadryatlarimizni asl ko‘rinishidir. Insonga faqat dunyoda yuz berayotgan voqelik haqida, odob - axloq qoidalari, mehr va sadoqat tushunchalari haqida bilim berishning o‘zi uning ma‘naviy- axloqiy tarbiyasi uchun yetarli bo‘lib qolmaydi. Balki, unda iroda qudrati, mas‘uliyat tuyg‘usini shakllantirish, ko‘nglida atrof muhitga, mehnatga, kasbga, ilmga, qalban va ruhan o‘zga insonlarga mehrli va oqibatli bo‘lish tuyg‘usini uyg‘otishga,dilida ulug‘ maqsadlar tug‘ilishiga va atrofida yuz berayotgan hodisalarga o‘z munosabatini bildira olishiga erishishimiz lozim. Yosh avlodni shu xislatlar bilan voyaga yetishlari uchun esa turli yo‘llar: kattalarni o‘git va nasihatlarini tinglash, undan to‘g‘ri xulosa chiqara olish qobilyatlarini rivojlantirish orqali; turli vositalar bilan va eng asosiysi yosh avlod tarbiyasiga samimiy (chin ko‘ngildan)yondashish va tinimsiz izlanishlar natijasida erishish mumkin. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng erkin fikrlaydigan, o‘z-o‘zini anglaydigan, jamiyat manfaatlarini tushunib yetadigan, har tomonlama yetuk komil insonni tarbiyalash vazifasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi qilib belgilandi. Uni amalga oshirish esa avvalo tarbiyalanuvchilarning ichki ruhiy ma’naviyatini boyitish va mustaqil dunyoqarashini shakllantirishni taqozo etadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling