Tarbiya jarayonining mohiyati va ahamiyati. Tarbiya


Oʻzini oʻzi qayta tarbiyalash


Download 45.06 Kb.
bet2/15
Sana09.02.2023
Hajmi45.06 Kb.
#1182214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Tarbiya 1-mavzu(1)

Oʻzini oʻzi qayta tarbiyalash shaxsning oʻzidagi salbiy odatlar, xarakteridagi zararli sifatlarni yoʻqotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati jarayonidir.

Tarbiya tamoyillari – tarbiya nazariyasining asosiy yetakchi qoidalari boʻlib, tarbiya jarayonini tashkil etish mazmuni, shakl, metod va vositalarini toʻgʻri tanlanishini belgilaydigan boshlangʻich asoslar hisoblanadi.
Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:


- tarbiya maqsadining aniqligi;

- bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati;
- ixtiyoriylik;
- yoʻnaltirilganlik;
- oʻz-oʻzini anglash;
- jamoaviylik;
- insonparvarlik;
- ilmiylik;
- pedagogik jarayonning hayot va amaliyot bilan bogʻliqligi;
- izchillik;
- uzluksizlik;
- tizimlilik;
- koʻrsatmalilik;
- estetik gʻoyalar ustuvorligi.

Tarbiya maqsadi ijtimoiy buyurtma asosida belgilanadi. Unda eng oddiy harakatdan tortib, to keng koʻlamli ijtimoiy harakatni tashkil etishdan iborat jarayonning mohiyati yoritiladi.
Tarbiya maqsadi umumiy va individual xarakter kasb etadi.
Tarbiya jarayoni quyidagi qonuniyatlar asosida kechadi:
- tarbiyaning obyektiv va subyektiv omillarga bogʻliqligi;
- tarbiyaning shaxs rivojlanishi bilan birligi va oʻzaro aloqadorligi;
- faoliyat va munosabat shaxsning ijtimoiy ahamiyatli fazilatlarni shakllantirishning negizi va asosiy manbai ekanligi;
- tarbiyalanuvchilarning oʻzaro tarbiyaviy ta’siri, oʻzaro munosabatlari hamda faol faoliyati oʻrtasidagi bogʻlanishning mavjudligi.

Tarbiya mazmuni – shaxsning shakllanishiga qoʻyiladigan ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat boʻlib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, jamiyat mafkurasi gʻoyalari asosda belgilanadi.
Tarbiyaning shaxs kamolotiga ta’siri quyidagilarda koʻrinadi:
1) tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bogʻliq koʻnikma, malakalar hosil boʻladi;
2) tarbiya tufayli tugʻma kamchiliklar ham oʻzgartirilib, shaxs kamolga yetadi;
3) tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yoʻqotish mumkin;
4) tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.



Download 45.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling