Tаrbiya jаrаyonining mоhiyati vа аhаmiyati
Download 87.03 Kb.
|
4-maruza mashg`uloti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tаrbiya mаzmuni
Kеng mа’nоdа tаrbiya shахsgа jаmiyatning tа’sir etishi, ijtimоiy hоdisа sifаtidа qаrаlаdi. Mаzkur hоlаtdа tаrbiya ijtimоiylаshtirish bilаn uyg’unlаshаdi.
Tоr mа’nоdаgi tаrbiya dеgаndа, pеdаgоgik jаrаyon shаrоitidа tа’lim mаqsаdini аmаlgа оshirish uchun pеdаgоg vа tаrbiyalаnuvchilаrning mахsus tаshkil etilgаn fаоliyati tushunilаdi. Ushbu hоlаtdа pеdаgоglаrning tаrbiyaviy fаоliyati tаrbiyaviy ish dеb аtаlаdi. Tаrbiya mаzmuni dеgаndа, qo’yilgаn mаqsаd vа vаzifаlаr bilаn bоg’liqlikdа tа’lim оluvchilаrning egаllаshi lоzim bo’lgаn bilim, mаlаkа, e’tiqоd, shахs sifаti vа хаrаktеri, хulq-аtvоr tizimi tushunilаdi. 4.2.Tarbiyaning maqsadi va vazifalari. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha ifodalab kelingan bo'lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya xususida taniqli o'zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat - yo falokat masalasidur»'. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo'lishi avlodlar tarbiyasiga ko'p jihatdan bog'liq. Tarbiya maqsadi ijtimoiy buyurtma asosida belgilanadi. Eng oddiy harakatdan tortib to keng ko'lamli davlat dasturi asosida tashkil etiluvchi tarbiya doimo muayyan maqsadga yo'naltirilgan bo'ladi. Maqsadsiz, ma'lum g'oyani ifoda etmaydigan tarbiya bo'lmaydi. Tarbiya maqsadi asosida uning mazmuni asoslanib, maqsadni amalga oshirishga xizmat qiluvchi metod va usullar aniqlanadi. Tarbiya maqsadining muammosi pedagogikaning dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Tarbiya maqsadi umumiy va individual xarakterga ega bo'lishi mumkin. Ilg'or pedagogika umumiy va individual maqsadlar birligi va uyg'unligini namoyon etadi. Maqsad tarbiyaning umumiy ijtimoiy maqsadni ijobiy hal etishga yo'naltiriladi hamda aniq vazifalar tizimi sifatida namoyon bo'ladi. Demak, tarbiya maqsadi tarbiya jarayonini tashkil etish asosida hal etiladigan vazifalar tizimidir. Tarbiya maqsadlari mohiyati va ko'lamiga ko'ra umumiy va aniq vazifalar sifatida guruhlanadi. Download 87.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling