4-mavzu: Tarbiyaviy ishlar jarayonida estetik va jismoniy tarbiyaning
ahamiyati
Estetik tarbiya - o‘quvchilarni voqyelikdagi, san‘atdagi, tabiatdagi, kishilarning
ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi go‘zallikni idrok qilish hamda to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, go‘zallikka muhabbat uyg‘otish va xayotiga go‘zallikni olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir.
Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi – o'quvchilar tanasidagi barcha a'zolarni tabiiy sog'lom o'sishini ta'minlash, ularni aqliy va jismoniy mehnatga shuningdek, vatan mudofaasiga tayyorlashdir.
|
2
|
5
|
5-mavzu: Axloqiy tarbiyaning mohiyati
Maktabning axloqiy tarbiya sohasidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
1. Yosh avlodni muntazam suratda jamiyatda qabul qilingan axloqiy
me'yorlarga rioya qilishga o'rgatib borish;
2. Bolalarning xulqida ijobiy axloqiy odatlarni shakllantirish, uning axloqiy
tajribalar asosida tarbiyalash;
3. O'quvchilarni axloq tamoyillarini egallab olish va ularga amal qilishga
safarbar qilish;
4. Mustaqil yurtimizni har tomonlama kamol topgan quruvchilarini voyaga
yetkazish.
|
2
|
6
|
6-Mavzu:Komil inson tarbiyasida sharq mutafakkirlarining qarashlari
Haqiqatan ham, bugungi kunda O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash va kelajakda istiqlol istiqbolini rivojlantirish, avvalo, komil insonlarga bog‘liq. Komil inson O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda o‘z e’tiqodi, g‘ayrat-shijoati, madaniyati, bilimi va ularni tatbiq etish mahorati bilan ajralib turadi. Komil insonni shakllantirishda maktabda, oilada, sog‘lom ma’naviy muhit barqaror bo‘lishiga erishish muhim ahamiyatga ega. Chunki sog‘lom muhit natijasidagina axloqiy fazilatlar tarkib topadi.Ota-onalar o‘z farzandlarini komil insonlar qilib tarbiyalashi, ularda Vatanga muhabbat, mehnati va fidoyiligi bilan o‘zgalarga foyda keltirish, sadoqat, samimiylik kabi xislatlarni kamol toptirishga xizmat qiladi. Farzandlarimizning bunday insonlar bo‘lishida oilaning totuvligi, ota-onaning o‘zaro mehr-muhabbati ham samarali ta’sir ko‘rsatadi. Kishi o‘z hayotida axloqiy kamolotga qanchalik ko‘p intilsa, shunchalik o‘z xato-kamchiliklarini anglab boradi.
|
2
|
7
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |