Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari


Tarbiya maqsadining aniqligi


Download 157.7 Kb.
bet2/3
Sana14.05.2023
Hajmi157.7 Kb.
#1458505
1   2   3
Bog'liq
tarbiya tamoyillari

1. Tarbiya maqsadining aniqligi.


O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada, amalga oshirilishi kozda tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq belgilab olindi. Ozbekiston Respublikasining «Ta'lim toqrisida»gi qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» goyalariga kora ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi – erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bolgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yolidagi asosiy vazifa - bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlari, ya'ni, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan iborat.maqsadining aniqligi

2. Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati


O’qituvchilarning bolalar bilan ma'naviy madaniyatini shakllantirishning eng yaxshi namunasini izlash, shu asosida tarbiyachi ishining hayotiy me'yor va qadriyatlarini aniqlash oquvchining tarbiya jarayonidagi faolligini ta'minlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali tola-tokis shakllanmagan bolalar uchun kattalarning hayotiy tajribalari, ularning shaxsiy namunalari tarbiyaviy ta'sir kuchiga ega.

3. O'z-o'zini anglash.


Tarbiya insonda e'tiqod, demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining eng muhim unsurlaridan biri – bu insonning hayotiy o’z-o’zini anglashi, uning o’z shaxsiy hayoti va faoliyatining sub'ekti sifatida e'tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy oz-ozini anglash jihatlari muhim ahamiyatga egadir.

4.Tarbiyaning shaxsga yonaltirilganligi.


Mazkur g’oya ta'lim muassasasi amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlar, ularning shakl, metod va vositalari emas. Balki o’quvchi turganligini anglatishga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, oziga xos xarakteri, oz qadr-qimmatini anglash tuygulari rivojlantirilib borilishi zarur.

Download 157.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling