Tarbiya texnologiyalari
O‘qituvchi tarbiya jarayonida quyidagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlaridan foydalanishi mumkin
Download 41.21 Kb.
|
Tarbiya texnologiyalarining mazmuni
O‘qituvchi tarbiya jarayonida quyidagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlaridan foydalanishi mumkin:
- o‘z-o‘zini tahlil qilish va nazorat qilish; - o‘z-o‘zini baholash (tengdoshlariga taqlid qilish asosida); - izohlash (o‘quvchining ma’naviy-axloqiy sifatlari izohlanadi); - munozara (o‘quvchilarga siyosiy, madaniy, estetik, huquqiy mavzularda og‘zaki ta’sir o‘tkazish); Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da va ta’lim-tarbiyani yanada takomillashtirishga qaratilgan qator hujjatlarda shaxsning erkinligi, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga birlamchi e’tibor berilgan. Zero, erkinlik ta’minlangan jamiyatda fikr rivojlanadi, fikr rivojlanishi esa jamiyatning kuchli bo‘lishi garovidir. Erkinlik tufayli o‘quvchi irodasi shakllanadi, u bir necha imkoniyatlardan birini ixtiyoriy tanlab oladi, ta’lim tizimida o‘quvchilarga ushbu imkoniyatlar yaratilgan, ularning erkinlik huquqlari ta’minlangan. Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi subektiv va obektiv omillar ko‘zga tashlanadi. O‘qituvchi subektiv omillar asosida o‘quvchilarning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, obektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etishi uchun sharoit yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va shakli obektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, o‘quvchi shaxsini maqsadga muvofiq shakllantirish borasida o‘qituvchi muvaffaqiyatga erishadi. O‘qituvchi tarbiya jarayonining ko‘p qirraliligini, uni tashkil etish va boshqarishda nafaqat tarbiyachi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatlari, shaxsiy o‘ziga xos jihatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim ahamiyatga ega ekanligini unutmasligi kerak. Tarbiyaning yana bir xususiyati uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yoki yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Shaxsning muayyan vaqtning o‘zida, turli qarashlar mavjud sharoitda harakat qilishi tarbiya jarayonini murakkablashtiradi. Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiya shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan. Binobarin, yoshlik yillarida insonning asab tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiyada muvaffaqiyatga erishish uchun o‘qituvchi bolalarni o‘quvchilik yillarida to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini talab etadi. Ta’lim muassasasida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu — o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tkazilishiga erishish lozim. Ta’lim muassasalarida o‘qituvchining tarbiyaviy faoliyati yetakchi o‘rin egallasa ham, o‘quvchilarga uzluksiz tarbiyaviy ta’sir o‘tkaza olmaydi, chunki, o‘quvchilar ta’lim muassasalarida ma’lum muddatgina o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri va nazorati ostida bo‘lib, qolgan bo‘sh vaqtining asosiy qismini oilada, ko‘chada, do‘stlari davrasida, har xil tashqi muhitda o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta’tillar davrida o‘quvchilar ta’lim muassasasi o‘qituvchisi ta’siridan chetda qoladilar. Demak, ta’lim muassasasida bolalarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo‘lib, sinfdan va maktabdan tashqarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy faoliyatlardan holi vaqtda ular o‘qituvchi yoki tarbiyachining ta’siri hamda nazoratida bo‘lishlari kerak. Tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun reja tuzish va uni bajarish tarbiya samaradorligini ta’minlashning asosiy yo‘lidir. O‘qituvchining tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishi – ijodiy jarayon. O‘qituvchi tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda asosan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalariga tayanadi. Uning mazmunini o‘quvchilarni o‘qishga, ilmga ijobiy munosabatni tarbiyalash egallashi kerak. Xulosa Ma’lumki, tarbiyalanganlik natijalarini hisobga olish o‘quvchilar xulqida, ularning o‘qish va mehnatga munosabatlaridagi o‘zgarishlarni ifodalaydigan pedagogik o‘lchamdir. Tarbiyaviy faoliyat samaradorligini aniqlash masalasi murakkab masaladir. Hech qachon tarbiya natijalarini o‘tkazilgan tadbirlar, ishtirok etgan o‘quvchilar soni bilan belgilab bo‘lmaydi. Tarbiyaviy ish samaradorligi o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi bilan baholanadi. Tarbiyachi-o‘qituvchi o‘quvchilarning qiziqish va ehtiyojlarini chuqur his etgan holda, vaziyatni hisobga olib mavzu tanlashi, uni tayyorlash va o‘tkazishda o‘quvchilarni keng ko‘lamda jalb etishi, yuksak samaradorlikni ta’minlanishiga e’tibor berish bilan birga, har bir o‘quvchiniig xohishini hisobga olishi, keskin rad etmasdan, yana o‘ylab ko‘rish, qiziqarliroq, soddaliroq yo‘llarini topishing mumkin deb umidvor qilish o‘rinlidir. Tarbiyachi ijodkor bo‘lishi, o‘quvchilarni ham ijodiy faoliyat yuritishga jalb etishi, har bir tarbiyalanuvchida o‘zini va o‘zgalarni hurmat qilishga ishonch hosil qilishi lozim. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash uni bilim olishiga mehnat qilishiga undash va bu hatti-harakatini asta-sekin ko‘nikmaga aylantira borishi lozim. Insonni mushohada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlini peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan ma’suliyat, sharafli mehnat va qunt irodani talab etadi. Buning uchun bolalarni yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ma’naviy, insoniy sifatlarining shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va bolalarga bo‘lgan munosabat muhim rol o‘ynaydi. Ota-onalarimiz va atrofdagilarning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini ko‘rgan bola shunga qarab shakillana boradi. Tarbiya har bir insonning xayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarini ijobiy ko‘nikmasini o‘zgalarga berish jarayoni. Tarbiyaviy ishlarga yangicha munosabat mustaqillik ma’naviyati negizi asosida hukumat qarorlarida, xalq ta’lim tizimidan islohotlarda olimlar va ijodkor o‘qituvchilarning izlanishlarida o‘z aksini topmoqda. Innovatsion tarbiya texnologiyalar asosida barkamol shaxsini tarbiyalashda yana bir omil ya’ni jamoaning roli ham katta hisoblanadi. Chunki jamoa har qanday bola tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga soladi va tarbiya texnologiyalari asosida tarbiya jarayonini tashkil etishda jamoaviy harakatning ahamiyati katta. Guruh jamoasini oladagan bo‘lsak, agar shu guruhda yomon hulqli, tarbiyasi jihatdan yomon bo‘lsa, shu guruh jamoasiga uni asta sekinlik bilan o‘z ta’sirini albatta o‘tkazadi. Yuqoridagi barcha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda o‘zaro hamkorlikning ta’sir doirasi orqali shaxsni tarbiyalash va tarbiyaning birligini ta’minlagan holda uning shaxs sifatida shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muhitdan himoya qilish. Pedagogika kollejlaridagi innovatsion tarbiya texnologiyalari asosida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning bosh maqsadi - yosh avlodni ma’naviy- ahloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy- tarixiy an’analarga, urf- odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedogogik shakl va vositalarini ishlab chiqib amalga joriy etishdir. Pedagogika kollejlaridagi innovatsion tarbiya texnologiyalari asosida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda treninglardan foydalanish alohida ahmiyatga ega. Bugungi kunda pedagogika kolleji o‘quvchilarining ta’lim jarayonidagi faollligini oshirishga qaratilgan bir nechta o‘qitish uslublari ishlab chiqilgan: muammoli o‘qitish, ish faoliyatini ifodalovchi turli rolli o‘yinlar, treninglar, bahs munozaralarni tashkil qilish va hokazolardir. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish jarayonida esa tarbiyaviy treninglarning o‘rni beqiyosdir. Download 41.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling