Tarbiya texnologiyalarining mohiyati


Yaxshi trening o‘tkazishning bir nechta tarkibiy qismlari mavjud


Download 60.5 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi60.5 Kb.
#1595343
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Rustamova Marhabo PEP

Yaxshi trening o‘tkazishning bir nechta tarkibiy qismlari mavjud.
Izyumenka. ( Bolalar bilan ishlashning o‘ziga xos ajoyib tomoni.) Qatnashuvchilarning treninga qiziqishini uyg‘otish uchun qisqa baxs boshlang, savollar bering, ta’kidlashlarini so‘rang yoki qandaydir faoliyat turini faraz qiling. O‘qish qatnashchilarining avvalgi bilimlari va ularning hayotiy tajribalarini bog‘lashga harakat qiling. Trening asosida o‘quvchi yoshlarni ma’nviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalashdagi ahamiyatini tushuntiring.
Qatnashuvchilar uchun natijalarini ta’kidlash. Qatnashuvchilarga ulardan nima kutilayotganligi tushuntiring. Qatnashuvchilar uchun natijalar quyidagi savolga javob berishi kerak: “Bu treningdan keyin qatnashuvchilar nimalarni bilishini va qilishini xohlamayman?”.
Trenerning hissasi. Trening uchun kerakli boshlang‘ich ma’lumot va yetarli bilimlar (matn, ma’ruza, xujjatlar, o‘qish) va biror faoliyat turini o‘tkazish uchun tarbiya jarayonining mazmunini namoyish qiling.
Interfaol. Interfaol uslub – bu jamoaviy muhokamani tashkil etish, fikrlarni erkin aytish, muhokama, tahlil va faoliyatni baholashdir. Umuman treningdagi faoliyatning ushbu turida qatnashishning barcha qadamlarini chizib chiqing. Ayniqsa, guruhda ishlash uchun aniq va qisqa tushuntirishlar olib boring. Tushuntirishini tekshiring va tushuntirishlar bering.
Treningni to‘liq yakunlashga vaqt yetishi uchun uning har bir qismini diqqat bilan tashkil qiling. Treningni o‘tkazish savollari bu yerda muhim ahamiyatga ega (guruhni o‘lchovi, guruhga shaxsiy yordam, tushunishini tekshirish). Aynan shu narsalar treningni o‘tishiga yordam beradi. Trener mashqlarni bajarish jarayonida qatnashuvchilarni topshiriqlarni to‘g‘ri bajarishini kuzatib boradi.
Debrifing (xulosa) baholash. Qatnashuvchilar o‘zlari yodlagan, o‘rgangan yo‘nalishlari bo‘yicha xulosa qiladilar, olingan ma’lumotlar va malakalarni boshqa holatlarda, bolalar bilan ishlashda qo‘llashni muhokama qiladilar.
Bu – treningni baholash qismidir. «Qatnashuvchilar nimani o‘rgandilar?”. Trening davomida o‘rganganlari yoki ko‘rsatganlari natijalar bilan mos kelishini tekshiring. Tarbiya texnologiyalari asosida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalashda treninglarning ahamiyati katta. Masalan o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalashda ularning hatti-harakatlaridagi ijobiy o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ri tanlay olishida muhim o‘rin tutadi.

Download 60.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling