Tarbiya texnologiyalarining mohiyati


O‘quvchining jamoa bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi uchun o‘qituvchi quyidagi omillarga e’tibor berishi shart


Download 60.5 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi60.5 Kb.
#1595343
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Rustamova Marhabo PEP

O‘quvchining jamoa bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi uchun o‘qituvchi quyidagi omillarga e’tibor berishi shart:
- har bir o‘quvchiga alohida pedagogik topshiriqlar qo‘yish;
- jamoada o‘zaro xayrixohlik, o‘zaro yordam muhitini shakllantirish;
- oilaning tarbiyaviy ta’siridan o‘z o‘rnida fodalanish;
- o‘quvchilarning o‘zaro aloqalarini kuchaytiruvchi, ijodiy faoliyatini rivojlantiruvchi faoliyatlarini tashkil qilish;
- o‘quvchilarga o‘zaro teng, adolatli munosabatda bo‘lish.
Agar tarbiyaviy vosita, usul va metodlar orqasida yetakchi g‘oya turmasa, texnologik tizim va ijtimoiy psixologik munosabatlar tizimi maqsadli tarbiyaviy natijalar bermaydi. O‘qituvchining har bir harakati, o‘quvchilarning ma’naviy madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Tarbiyachi faoliyati hayotiy meyor va qadriyatlar asosida olib borilishi kerak, shundagina, o‘quvchining tarbiya jarayonidagi faolligi ta’minlanadi. Dunyoqarashi hali to‘la-to‘kis shakllanmagan o‘quvchilar uchun o‘qituvchining hayotiy tajribalari, shaxsiy namunalari ham ma’naviy tarbiyaviy ta’sir kuchiga egaligini unutmaslik kerak. Shuning uchun o‘qituvchining jamoaga nisbatan diqqat motivlarini shakllantirishda avvalo tarbiyachining estetik jihatdan tarbiyalanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalanganlikning yuqori darajasini belgilovchi vosita bo‘lib, uning talablarini bir maromda o‘quvchi ongiga singdirib borish uchun har bir o‘quvchi, sinf, maktab jamoasi harakat qiladi. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy tizimda ulkan tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun o‘qituvchidan nihoyatda mohirona talabchanlik, ijobiy ta’sir etish vositalarining birligiga erishish talab etiladi:
- tarbiyada o‘quvchilar jamoasi muhitining birligi;
- o‘quvchilar mustaqilligi va o‘z-o‘zini tarbiyalashning birligi;
- fuqarolik va insoniylikning birligi;
- talabchanlik va ishonch birligi;
- o‘quvchi shaxsiga ehtiyotkorona munosabat;
- jinsiy tafovutlarni hisobga olish;
- bolalarning axloqiy va jismoniy sog‘ligi haqida qayg‘urish;
- axloq meyorlariga amal qilish.
O‘z-o‘zini anglash. Mamlakatimizda mustaqillikdan keyin joriy etilgan “Ta’limning yangi modeli, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniyatiga ega bo‘lamiz”._ O‘qituvchining vazifasi va burchi tarbiya natijasida o‘quvchida milliy qadriyatlarga e’tiqod, milliy mafkura, demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyani shakllantirishdan iborat. Tarbiya mazmunining eng muhim xususiyatlaridan biri – bu insonning hayotiy jihatdan o‘z-o‘zini anglashi, uning shaxsiy hayoti va faoliyati o‘zi yashab turgan muhitning subekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy jihatdan o‘z-o‘zini anglash muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘quvchilarni, o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya’ni o‘z ustida ongli, batartib ishlashga o‘rgatsagina tarbiya jarayoni samarali natijalar beradi. O‘quvchilarni o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlariga ko‘nikma hosil qildirish o‘qituvchining mahoratiga, tarbiyaviy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etishiga bog‘liq. O‘quvchilar odatda yaqin kishilarining, ba’zan o‘qituvchilarining xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Shuning uchun o‘qituvchi o‘z pedagogik mahoratiga tayanib, o‘quvchi qalbida o‘ziga nisbatan ishonch, mehr tuyg‘ularini uyg‘ota olishi lozim. O‘quvchilar o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, kiyinishi, muomalasini, kishilar bilan o‘zaro munosabatini kuzatib boradilar. Bu ham o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalashda ta’sirchan vosita hisoblanadi va ijtimoiy mavqeini oshirishning muhim usulidir. O‘quvchilar o‘qituvchining bevosita nazoratida ta’lim va tarbiya jarayonida, dam olishda, jamoat ishlarida, o‘z-o‘zini tarbiyalash usullariga ko‘nikma hosil qiladilar, bu usullar o‘quvchilarni tashabbuskorlikka, mustaqil fikr-mulohaza yuritishga undaydi.

Download 60.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling