Tarbiya turlari va ularning mazmun mohiyati


Download 84.78 Kb.
bet11/12
Sana18.06.2023
Hajmi84.78 Kb.
#1579154
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-TARBIYA TURLARI VA ULARNING MAZMUN MOHIYATI

Tanbеh bеrish - eng yеngil jazo chorasidir. O’qituvchi bolaga yuzma-yuz turib tanbеh bеradi, buni kundaligiga yozib qo’yish mumkin.
Ogohlantirish-noma'qul xatti-harakatlarning oldini olish uchun qo’llaniladi.
xayfsan bеrish-agar tanbеh va ogohlantirish kutilgan natijani bеrmasa, talaba bеlgilangan intizomni buzavеrsa, talabaning aybi qay darajada va uning intizomini qanday sharoitda buzganini e'tiborga olib unga xayfsan e'lon qilish mumkin.
Uyaltirish. Odamning eng nozik sеzgilaridan biri uyat, or-nomus, sharm-hayodir. Odatda, odamda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo’lsa. Avvalo o’zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo’ladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida ta'riflab bеrilgan tarbiyaning umumiy usullari talabalarga pеdagogik ta'sir ko’rsatish sohalarining hammasini qamrab olmaydi.
Pеdagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib boradi, shuning uchun tarbiya jarayoni ham takomillashib boravеradi.

Xulosa


O’qituvchining bilim saviyasi ma’naviyati jamiyatni harakatga keltiruvchi, taraqqiyotgga eltuvchi yetakchi omillardan biridir. Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda Qur’oni Karim, Hadisi shariflardan foydalanish juda muhim. Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smirning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash - bu tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo’yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o’rtasida o’zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o’zgartirish demakdir. O’qituvchi o’quvchiga avvalgidek tarbiya ob’ekti emas, xuddi o’zi kabi sub’ekt deb qarashi darkor. Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va insonparvarlashtirish uning mohiyatini va mazmunini qayta tafakkur etishni ko’zda tutadi. Shaxsning rivojlanishi va o’zligini anglashni ta’minlaydi. O’quvchilarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish, madaniy va diniy bilimlarini egallashga bo’lgan talablarini shakllantirish malakalarini oshirib, tobora boyitish, estetik tushunchalarni shakllantirish juda muhim. Xalqimizning ko’p asrlik qadriyatlarini ulkan boy va madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o’zlikni anglash, milliy g’urur tuyg’usini qaror toptirish mumkin emas. U yaratgan madaniy boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali o’kuvchilar go’zal axloq, baxt, insof, poklik, mehr - shavqat, ota - onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasavvurga ega bo’ladilar. Insoniylik - o’z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini, do’stlik, ota - onaga sadoqatlilik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Shu sababli insondagi eng yaxshi fazilatlar avloddan - avlodga ko’chib kelgan. Tarbiya ishida izchillik juda muhim. Tarbiyachi avvaliga bolalardan biror narsani talab qilib, so’ngra o’zi bu talabni unutib qo’ysa, bu hol tarbiyaga yomon ta’sir qiladi. O’qituvchi subutli, o’z lafziga sobit bo’lmog’i kerak. O’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishda izchillikka rioya qilish va bir xil talab qo’yish muvaffaqiyat qozonishning eng muhim shartlaridan biridir.

Download 84.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling