Tarbiya usullari va shakllari
Download 36.55 Kb.
|
Tarbiya usullari va shakllari Shaxnoz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Tarbiya usullari haqida tushucha.
TARBIYA USULLARI VA SHAKLLARI Reja: 1. Tarbiya usullari haqida tushucha. 2. Tarbiya usullariga tavsif. 3. Ragbatlantirish va jazolash usullari. 4. Maktab yoshidagi o'quvchilar o'z-o'zini tarbiyalashning xususiyatlari. Tarbiya metodlarining o'zaro aloqadorligi va birligi 1. Tarbiya usullari haqida tushucha. Har bir yosh avlod oqishni, tarbiya olishni istaydi, ulgayib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni hohlaydi. Oqituvchi uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalashi lozimligini bilishi kerak. Shu bilan birga bola ozini ozgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmaslik lozim. Oquvchilar yaqin kishilarining (ota-onasi, oqituvchilari, tarbiyachilarining) munosabatlarini yaxshi bilsa, bu unga ishda yordam bersa, shundagina bola pedagogik tasir otkazishga ochiq va moyil boladi. Oqituvchi - dost, murabbiy, yol boshlovchi bolgandagina oquvchilar ozlarining ichki olamlarini ochib korsatadilar. Malumki, tarbiya tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini oz ichiga olgan ikki yoqlama jarayondir. Tarbiyachilar bilim va tarbiyaga ega bolgan kishilar, tarbiyalanuvchilar bilim va tajriba organuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat korsatmasalar, tajriba va bilim organa olmaydilar. Demak, tarbiya usullari - oqituvchi, tarbiyachining tarbiyalanuvchilarga tasir korsatish usullari, ularga ijobiy xulq-atvor konikmalari va malakalarini singdirish maqsadida ularning hayoti va faoliyatini tarbiyaviy jihatdan togri tashkil etish yollaridir. Aniqrogi, tarbiya usuli deb tarbiyachining bolalarda axloq-odob fazilatlarini tarkib toptirish maqsadida ularning ongi va irodasiga tasir etish yollariga aytiladi. Tarbiya usullari tarbiyaning maqsadi va mazmunidan kelib chiqib, komil inson shaxsini tarbiyalashga qaratilgan. Ajdodlarimiz davr sinovidan otgan ajoyib insoniy fazilatlar hamda ularni amalga oshirish usul va vositalarini yaratganlar, shu asosda yoshlarni ijtimoiy hayot talablariga javob beradigan kishilar qilib tarbiyalab kelganlar. Oquvchilarning jamoa va individual faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qilish uchun tarbiyashakllaridan foydalaniladi. Masalan: sinf majlisi, yigilishlar, klub ishlari va boshqalar. Tarbiya vositalari biron-bir tarbiyaviy masalani maqsadga muvofiq yol bilan hal qilishni tashkil etish uchun ishlatiladi (korsatmali qollanmalar, kitoblar, radio, televideniya). Bundan tashqari oquvchilar jalb qilingan faoliyat turlari kinofilmlar, sanat asarlari, oqituvchining jonli sozi, bolalar oyini, sport, badiiy havaskorlik togaraklari va boshqa faoliyat turlari tarbiyaviy vositalari bolishi mumkin. Tarbiya vositalari tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun oqituvchi-tarbiyachining tarbiya tizimiga kiritilishi lozim. Tarbiya natijasi tarbiyaviy jarayonning usullari, uslubi, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga bogliq. Tarbiyachilar tasir etishning boshla shaxsiyatiga mos usulini, eng maqbul usulini tanlab olishlari, uning shaxsini ozgartirish uchun kerakli sharoit yaratishlari darkor. Yoshlarni tarbiyasida ozining ijobiy sifattlari, axloqiy fazilatlarini namoyon qilganda, mehnat faoliyatda, berilgan topshiriq va vazifalarni astoydil, yaxshi bajarganda ham, oquv ishi natijalarini ham ragbatlantirish oqituvchidan talab etiladi, yani bu ish lozimdir. Shunday qilib, tarbiya jarayonida oqituvchi yakka oquvchi yoki sinf jamoasi manfaati yolida biron-bir tarbiyaviy masalani hal qilish uchun oquvchilarning yosh va individual xususiyatlarini, tarbiyalanganlik darajalarini, pedagogik vaziyat xarakterini hisobga olgan holda tasir etish shakllari majmuasiga tarbiya usuli deyiladi. Tarbiya usullari, vosita va omillari asrlar davomida shakllanib takomillashadi, ozini oqlagan urf-odatlar ananaga aylanadi. Binobarin, tarbiyada har bir xalqning oz udumi, usuli tarixan shakllangan va tajribada sinalgan dunyoqarashi tarbiya vositalari boladi, shuning uchun tarbiya milliy va tarixiy zamindan uzilmasligi kerak. Download 36.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling