«Tarbiyachiika» kafedrasi 5141600-Boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish yo’nalishi


Tarbiyachining kasbiy xususiyatlari


Download 146 Kb.
bet3/5
Sana20.01.2023
Hajmi146 Kb.
#1103547
1   2   3   4   5
Bog'liq
Тарбиячи

2. Tarbiyachining kasbiy xususiyatlari

E`tiqod, odob, fuqorolik burchini anglash – o`qituvchining asosiy xususiyatlaridan biridir .


Maktab o`qituvchisi o`zi targ`ib qilayotgan idealning fazilatlarini shaxsiy namunasida ko`rsatishi kerak. Bolalarga mehr-muruvvat ko`rsatishdir o`qituvchning eng muhim fazilatidir.
Bu bolalarning hamma qiliq qilmishlarni kechirish ularga xushomadgo’ylik qilish emas, balki talabchanlik va qattiqqullik adolatlilik bilan qo`shilgan mehr-muhabat bo`lib, ana shu sifatga ega bo`lgan shaxs o`zining ko`p vaqtini va kuchini bolalarga bag`shlaydi. U zarur vaqtda istaklarini qurbon qilib, bolalar manfaati yo’lida ehtiyojini cheklashga tayyor turadi.
Ijtimoiy faollik va fuqorolik burchini anglash o`qituvchi shaxsiga xos sifat, zero haqiqiy tarbiyachi to`la ma`nodagi jamoatchi bo`lib, bolalarga hayotda ijtimoiy faol hayotda turishning amaliy namunasini ko`rsatadi.
O`qituvchining muhim fazilati – kishilar bilan tez el bo`la olish, ko`pchilikka aralasha bilish, ulfatjonlik, dilkashlik bo`lib, bunda muomala madaniyatning yuksakligini ifodalaydi. Chunki o`qituvchiga hamisha odamlar bilan aloqa qilishga ular bilan ishlashga to`g`ri keladi. O`qituvchi ishidagi muvoffaqiyatini kundalik faoliyatida kattalar va bolalar, ayrim guruh va yakka shaxslar bilan aloqaga kirisha olish qobiliyatini taminlaydi. Aloqalarda, faoliyatida duch keladigan turli xil voqyealarga tarbiyachiik qoidalar nuqtai nazardan dogmatik munosabatlarda bo`lish emas, balki ularni o`z holicha idrok etib, adolatli baholash, munosabita odil bolish o`qituvchining orasini oshiradi. O`qituvchining odobi, madaniyati yuksak bo`lsagina, odamlarga nisbatan mexribon, saxovatli bo`la oladi, uni hamma hurmat qiladi. Buning uchun ochiq ko`ngil, qat`iy bo`lish, o`zini tuta bilish, bardoshli bo`lish kerak. Bolalarga nisbatan talabchanlik bo`lish bilan birga o`z shaxsiga tanqidiy nuqtaiy - nazardan qaray olish kerak.
O`qituvchining odobi umuminsonoy axloqning kategoriyalari, qoidalari va normalarini ta’lim- tarbiya jarayoniga xos xususiyatlari bilan uyg`unlashtirib, tarbiyachining o`quvchilar, o`qituvchilar jamoasi ota-onalar va jamoatchilik vakillari bilan munosabatida ifodalanadigan kasbiy-axloqiy xususiyatdir.
O`qituvchi tarbiyachiik etikaning normalarini o`zlashtirib olish tajribada qo`llash, o`zining dunyo qarashi va axloqiy tajribasi bilan taqqoslash lozim.
Fikirlash va his etish, turmushda sinab ko`rish natijasida tarbiyachiik etikaning qoidalari o`qituvchining o`z e’tiqodiga, intilishiga, o`z axloqiy sifatiga aylanadi. Bu axloqiy e’tiqod o`qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarida, o`qituvchi va boshqa kishilar bilan munosabatida, muomalasida, kundalik turmushida o`zining shaxsiy namunasi bilan axloqiy ta’sir o`tkazishda ko`zga tashlanadi. Tarbiyachiik takt o`qituvchi axloqining amaliy ko`rinishlaridandir. Muallim axloqning natijalari uning yoshlarga axloqiy ta’sirining samaradorligida namoyon bo`ladi. Tarbiyachiik etikaning asosiy tushunchalari umuminsoniy axloq kategoriyalariga mos keladi va ularni o`qituvchi faoliyati bilan bog`liq tarzda bir qadar aniqlanadi. Tarbiyachiik etikada gumanizm, adolatlik, vijdonlik, halollik, yaxshilik qilish kabilar o`qituvchi faoliyati bilan bog`liq ravishda tahlil qilinadi.
Axloq nazaryasida yaxshilik eng muhim kategoriya hisoblanadi yaxshilik-axloqiy ijobiy fazilat bo`lib, normativ etikaning idealini individual axloqda ijobiy-xulqiy fazilatlarning mazmunini inson faoliyati yoki biror hatti-harakatiga aks ettiradi yazshilik-kishining ongi va axloqiy amaliyotida jamiyat va shaxs manfaatlarining birligini aks ettirib jamiyat va shaxsga manfaat keltiradigan, ijtimoiy tariqqiyotga mos keladigan tushunchadir. Tarbiyachiik etikada yaxshilik tushunchasi o’quvchi faoliyati bilan bog’liq xolda aniqlashtiriladi. Unda o’qituvchi va o’quvchilar jaomasining manfatlarining birligi, muallim va o’quvchi maqsadining birligi talim va tarbiya samarasi uchun kurashning birligi aks etadi. Yaxshilik fazilati ikkala tomonning ham yaxshi niyatli, xayrixox, mehribon bo`lishini taqozo qiladi. Yaxshilik qaror topishi uchun yomonlikka murosasiz bo`lishi lozim. Yaxshi istak bilan xushmuomilalik, yaxshi qiliq, yaxshi xatti-xarakatning birligi zarur. Shaxs ahloqni xarakterlaydigan belgilaridan biri ma’suliyatdir. O`qituvchining mas’uliyati tushunchasining butun mazmunini saqlagan holda muallimning faoliyati va ta’lim-tarbiya jarayonining aniq vazifalarni ham o`z ichiga oladi. O`qituvchi zimmasiga bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish mas’uliyati yuklanadi. Muallim o`quvchiga chuqur nazariy bilim berishi uni hayotga, mehnatga tayyorlash lozim. Shu bilan birga u boladagi mavjud layoqat va qobilyatlarni payqab, individual munosabatda bo’lishi unda mavjud bo’lgan ijobiy-axloqiy sifatlarni avaylab o’stirish darkor. Muallim sinfda jamiyatning vakili sifatida o’quvchi jamoasi bilan yolg’iz o’zi ish olib boradi. Bunday sharoitda o’qituvchining mas’ulyati uning xulqini tartibga soladigan, boshqaradigan kuch o’quvchilarga tasir o’tkazish darajasining asosiy mezoni xisoblanadi. Tarbiyachiik odobga ega bo’lgan o’qituvchi o’quvchilar orasida obro` qozonadi. O’qituvchi qanchalik ko’proq obru qozonsa, talim va tarbiya mohiyatan shunchalik muvaffaqiyatliroq bo’ladi va aksincha, o’qirtuvchining obro`yi qanchalik past bo`lsa, uning bolalarga ta’siri shuncha bo`sh va o`quvchilarni voyaga yetkazish jarayoni ham shuncha zaif bo`ladi. O`qituvchi har kuni o`quvchilar uchrashadi, savol-javob qiladi, ularning yaxshi ishlarida maqullaydi. Bilimini baholaydi, nojo`yi xatti - harakatlari uchun tanbeh beradi. Albatta o`qituvchining fikri, mulohazalarida nisbiylik, sub’ektivlik alomatlari mavjud. U hammaga aynan birdek juda to`g`ri munosabatda bo`la olmaslik mumkin. Lekin u hamma o`quvchilarga nisbatan xolis niyatli, yaxshilik qilishga intiluvchi adolatli kishi ekanligiga barchaning ishonchi komil bo`lmog`i darkor. Sinfda o`qituvchi “yaxshi ko`radigan” yomon ko`radigan o`quvchilar bor degan taassurot tug`ilmasligi kerak. Xullas obro` o`qituvchilik faoliyati uchun zarur xususiyatidir. Obro` kishining chuqur bilimli yuksak axloqiy sifatlari, hayot tajribasi, ilmiy tadqiqot va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi tufayli orttirilgan, ko`pchilik tomondan e’tirof etilgan ta’siri nufuzidir.
Umuman olganda yuqorida ta’kidlab o`tilgan barcha o`qituvchining insoniy va kasbiy xususiyatlari maxsus fan o`qituvchilariga ham xos xususiyatlardir. Maxsus fan o`qituvchilari ham ana shunday xususiyatlarga ega bo`1lishi kerak. Tarbiyachiik ijodkorlikning asosiy mohiyati tarbiyachiik faoliyatning maqsad va xarakteri bilan bog’liq. Tarbiyachiik faoliyat kishi shaxsini uning dunyoqarashi, e`tiqodi ongi xulq-atvorini shaklantirishdek umumiy maqsadga bo’ysingan son-sanoqsiz tarbiyachiik masalalarni echish jarayonidir. O’qituvchi faoliyatyidagi ijodkorlik ana shu masalalarni echish usullarida, ularni hal qila olish yo’llarini qidirib topa bilishda ifodalanadi. Tarbiyachiik ijodkorlik manbai bu tarbiyachiik tajribadir. Tarbiyachiik tajriba muammoli vaziyatlarga juda boydir. Ilg’or tarbiyachiik tajriba deganda biz o’qituvchining o’z tarbiyachiik vazifasiga ijodiy yondashishini o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasida yangi, samarali yo’l va vositalarni qidirib topishini tushunamiz. Maxsus fan o’qituvchilarning har birini o’z ishi usullari va uslublari mavjud. Ilg’or tarbiyachiik tajriba o’qituvchi tomonidan qo’llaniladigan ish shakli va usullari uslub va vositalaridir. Ular vositasida o’quv tarbiyaviy ishlarida eng yuqori natijalarga erishiladi. Ilg’or tarbiyachiik tajribani o’rganish unga asoslanib yangi tarbiyachiik hodisa va qonuniyatlarni ochish o’quv tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli o’zgarishlar kiritadi, o’quvchilarning bilish faoliyati boshqarish yangi ko’rinishdagi o’quv muammolarini echishga sabab bo’ladi.
Ijodiy ishlaydigan o’qituvchi faqatgina bolalarni muvaffqiyatli o’qitish va tarbiyalash ilg’or o’qituvchilar ish tajribalarini o’rganish bilangina cheklanib qolmasdan tadqiqotchilik ko’nikma va malaskalariga ham ega bo’lishi zarur. Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o’qituvchilarga ijodkor bo’lishini fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olish fan yutuiqlarini o’quvchilarga etkaza olish va nihoyat o’quvchilarni ham ijodiy fikirlashga tadqiqot ishlariga o’rgata olishni talab qiladi. Shuning uchun o`qituvchi avvalo tadqiqotchilik malakalarini egallashi zarur. O`qituvchi-ilmiy-tadqiqot ishlari oi borish davomida omillarini to`playdi, tahlil qiladi, ular asosida xulosalar chiqaradi. U fan xulosalaridan o`zining amaliy faoliyatida foydalanish jarayonida hozorgi zamon o`qituvchisi uchun zarur bo`lgan juda muhim fazilatlarni egallaydi. Maxsus fan o`qituvchilari ham avvalo sog`lom bo`lishi so`zlarni to`g`ri va yaxshi talaffuz qilishi, asablari joyida, vazmin , bo`lishi kerak. Maxsus fan o`qituvchilari bolalarni sevishi, ular bilan ishlashni yaxshi bilishni, boshqalar bilan muloqot qilishi, xushmuomala, tashkilotchilik, kechirimli bo`lish, boshqalarga namuna bo`lish kabi insonoy va kasbiy xususiyatlariga ega bo`lishi kerak. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, biz tarbiyachining kasbiy va insoniy xususiyatlari” mavzusidagi bitiruv ishi bo`yicha 1-bob bo`yicha o`zimning ko`zatishlarimda tarbiyachilarning har tomonlama xususiyatlarini ochib berishga harakat qildim. Ishimizda asosan o`qituvchilarning kasbiy va insoniy xususiyatlari, maxsus fan. O`qituvchilarning xususiyatlari o`qituvchilik kasbi va uning mohiyatlari haqida so`z yuritdik. Bir qator mualliflar tomonodan chop etilgan matereallarni o`rganib chiqib bitiruv ishimning rejasida belgilangan barcha punktlarga oid matnlardagi ayrim o`xshashlik, umumiylik jihatlariga tayanib o`zimizning qo`ydagicha xulosalarimizning chiqarishga harakat qikdik.
Tarbiyachiik faoliyat yosh ovlodni hayotga mehnatga tayyorlashda xalq oldida davlat oldida javob beradigan bolalarga tarbiya berish uchun layoqatli talab doirasida barcha aqliy ahloqiy estetika salohiyatga ega bo’lgan maxsus tayyorgarlikdan o’tgan shaxslarning alohida faolyatiga aytiladi. O’qituvchi davlatning yosh avlod ta’lim tarbiyasiga qo’ygan ijtimoiy buyurmasining asosiy ijrochisidir. Maktab o’qituvchisining faolyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan.
Har bir bola o’z hulq-atvoriga xaraktiriga ega. Bolalarni tarbiyalashda ularning ana shu o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish o’rganish nihoyatda murakkab. Bunda odamlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarining murrakkabligini o’zida aks ettiruvchi maxsus usullardan foydalaniladi. Tarbiyachiik faoliyatga tayyorgarlik ko’rayotgan yoshlar uning ana shunday xususiyatlarini bilishlari lozim. O’qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari uning professiogrammasida ifodalanadi. Professiogramma quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. O’qituvchi shaxsining xususiyatlari.

  2. O’qituvchining ruhiy-tarbiyachiik tayyorgarligiga qo’yiladigan talablarga;

  3. Maxsus tayyorgarlikning hajmi va mazmuni;

  4. Ixtisosga oid usuliy tayyorgarlikning mazmuni.

O’qituvchi shaxsining xususiyatlari g’oyaviy sohada; ilmiy dunyoqarash va e’tiqod; ijtimoiy ehtiyoj va ahloqiy zaruriyatlarni chuqur tushunish; ijtimoiy va fuqarolik burchini anglash; ijtimoiy siyosiy faollik. Tarbiyachi kasb sohasida: bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish; tarbiyachiik ishni sevish; ruhiy-tarbiyachiik ziyraklik va kuzatuvchanlik, pedogagik takt, pedogagik tassavvur, tashkilotchilik qobilyati, haqqoniylik, dilkashlik talabchanlik, qat’iylik va maqsadga intilish; vazminlik, o’zini tuta bilish kasbiy layoqatliylik. Keng ilmiy saviya, ma’naviy ehtiyoj va qiziqish intelektual qiziqish, yangilikni his qila bilish, pedogagik ma’lumotini oshirishga intilish esa bilish sohasiga kiradi.
Davlat ta’lim standartida o’qituvchiga ya’ni kasbiga qo’yiladigan talablar:
- O’qituvchi o’z so’ziga va qilayotgan ishiga bolalarni ishontira oladigan obro’- e’tiborli shaxs bo’lmog’i ;
-O’qituvchi madaniyatli estetika didli itizomli mas’ulyatli tarbiyalanuvchilar uchun ideal bo’lmog’ lozim.
- O’qituvchi o’z fanini chuqur puxta bilishi yangiliklar bilan doim boyitib borishi o’z sohasini sevishi lozim.

  • O’qituvchi tarbiyachiik faolyatga qobilyati bor, ijodkor ishbilarmon tashabbuskor tashkilotchi va odamijon bo’lmog’i lozim.

  • Millat va umuminsoniy qadiryatlarni yaxshi anglaydigan va mukammal egallagan diniy va dunyoviy bilimlardan ogoh ma’naviy ahloqiy barkamol inson bo’lmog’i lozim.

  • Tarbiyachiik bolalarni sevish ular psixoxologiyasini yaxshi bilish yosh va individual xususiyatlarni hisobga olganda ular bilan muomalaga kira olish, erkin va ijodiy fikrlay olish, erkin va jiddiy faolyatda bo’lish lozim.

  • O’qituvchi ovoz naychalari yaxshi rivojlangan, ko’rish qobilyati yaxshi, nutqi jonli va ifodali bo’lishi lozim.

  • O’qituvchi aktyorlik psixotexnikasidan darsda unumli foydalana olish o’qituvchilar bilan muloqotga kirishish yo’llarini bilish lozim.

  • O’qituvchi vatanparvar, fidokor o’tkir suxondon mantiqiy fikrlovchi pisixologiya metodika fanlarini yaxshi bilmog’i lozim. Haqiqiy o’qituvchi mana shunday talablarga javob berishi lozim.


Download 146 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling