Tarbiyachining bir haftalik namunaviy ish rejasi


Noyabr Haftalik namunaviy ish rejasi


Download 0.7 Mb.
bet8/38
Sana28.08.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1671057
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Bog'liq
Fevral 1

Noyabr
Haftalik namunaviy ish rejasi

Guruh

O'rta guruh _______________________________________(nomi)

Mavzu

Quruqlik transporti

Davri

Noyabrning 1-haftasi

Rivojlantiruvchi maqsad

Sog'lom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy rivojlantirish

Oyoq uchida, tovonlarda yurish; yurish paytida muvozanatni saqlash, tizzalarni yuqoriga ko'targan holatda yugurish; uncha katta bo'lmagan to'siqlardan sakrab o'tish; sakragich moslamasi yordamida sakrash; qo'llar yordamida tortinish; gimnastika devoriga chiqish mashqlari; xavfli predmetlar nomlarini sanab berish.

Ijtimoiy-ruhiy emosional rivojlantirish

O'yin paytida bolalarga nisbatan xayrixoh munosabatda bo'lish, rolli-syujetli o'yinlar jarayonida bolalarning o'zaro hamkorligiga, jamoa qoidalariga amal qilishlariga erishish.

nutq, muloqot, o'qish va yozish ko'nikmalari

Muhokamalar paytida o'z fikrlarini bayon qila olish, savollar berish, o'ziga berilayotgan savollarni to'g'ri anglashi va ularga javob berishi, nutqida so'zlarni turli ohanglarda talaffuz qila bilishi, mimika va jestlardan foydalanishni bilishi.

Bilish, anglash qobiliyatlarini o'stirish

Suratlarni taqqoslay bilish; o'ziga 2-3belgisiga asosan ularni guruhlay olishi; sutka qismlarini bilishi va o'z nutqida ularni to'g'ri qo'llay olishi; «ko'p», «oz», «barobar» tushunchalarini taqqoslash orqali aniqlay bilishi; o'lchovda mo'ljal ola bilishi, qism-butun tushunchalirini farqlay olishi.

Ijodiy rivojlantirish

San'at bilan bog'liq ayrim kasblar to'g'risida tushunchalarga ega bo'lish; qo'shiq va kuylardagi baland va past ovozlarni ajrata olish, musiqa instrumenti ovozini o'zini ko'rmagan holda taniy olish, rasm chizishda detallariga e'tibor qaratish, rangli plastilin va loydan buyumlar yasay olish.

Markazdagi erkin faoliyat

Rivojlantirish markazlari

O'quv-tarbiyaviy faoliyat

Dushanba

Seshanba

Chorshanba

Payshanba

Juma

Ta'minot resurslari

Qurish, loyihalash va matematika markazi.

Matematika: «Predmet xossalari - geometrik shakllar»

Loyihalash: «Ko'prikcha».

Geometrikshakllar maketlari: katta va kichik geometrik shakllar; geometrik loto. Kartinalar, AKT materiallari, qurilish to'plamlari, mashinachalar, kinder-syurpriz materiallari.

Drama va syujetli –rolli o'yinlar markazi.

Syujetli –rolli o'yin: «Avtobus»

Suratlar, AKT materiallari; pul mulyajlari pul; stulchalar, qurilish materiallari.

Til va nutq

Rivojlantiruvchi o'yin «Ovozli narvoncha».

Har xil transport turlarida sayohat qilamiz.

Narvonchalar tasvirlangan kartinalar; jarangli va jarangsiz tovushlar yordamida hosil qilingan bo'g'in taxtachalari, tarkibida jarangli va jarangsiz tovushlar ishtirok etgan narsalar tasviri tushirilgan kartinalar, yo'l belgilari, transport vositalari, didaktik kartinkalar maketlari.

Fan va tabiat markazi

«Xona o'simliklari bizning do'stimiz»

«Kuz bog'ida sayr»

Xonaki gul va o'simliklar, toza tuproq, yangi tuvakchalar. Mavzuga doir kartina va illyustrasiyalar, turli shakl va rangdagi kartochkalar.

San'at markazi

Rasm chizish: «Yuk mashinasi».



Plastilinda yasash «Turli baliqlar»



Applikasiya: «Qayiqlar ko'l bo'ylab suzmoqda»



Mavzuga doir predmetlar aks ettirilgan suratlar: «Transport», «Yo'l» surati; qog'oz varaqlari, qalamlar, bo'yoqlar, bankada suv. Ko'k va kul rang rangli qog'oz, cho'tka, rangli qog'ozlar to'plamiSuniy akvarium, o'yinchoqlar, kartinalar, plastilin, taxtachalar, steklar, salfetkalar.




Katta guruhlarda ishlash















Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling