Tarbiyani tashkil etish fanidan mustaqil ishi
II BOB. MEDIA VA AXBOROT TILI
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
media savodxonligi mustaqil ish
II BOB. MEDIA VA AXBOROT TILI.
2.1 Ommaviy axborot vositalari tili Ommaviy axborot vositalari janrlariga gazeta, jurnal, radio, televideniye, Internet va boshqalar kiradi. Shunga muvofiq ravishda OAV tili bu - matbuot, radio, teleko`rsatuvga xos bo`lgan tildir. Bunday til uslubi rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, intervyu, bosh maqolalardan iborat bo`ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Zarur o`rinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda «muxbirimizning xabar berishicha, elchixona xodimining so`ziga ko`ra, muxbirimiz voqea ro`y bergan joydan xabar beradi ...» va hokazo iboralar qo`llanadi. OAVda faoliyat yurituvchilar asosan jurnalistlar, muxbirlar, reportyorlar, sharhlovchi va blogerlardir. Jurnalist — asosiy faoliyati jurnalistika bilan shug‘ullanish bo‘lgan, muhim faktlar, voqealar, odamlar, hodisalar haqidagi axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uni auditoriyaga yetkazish orqali OAVni axborot bilan to‘ldiruvchi kishi. Jurnalistlar,asosan, publitsistik faoliyatga yo‘nalgan bo‘lib, ular o‘z oldiga ma’lum ijtimoiy fikrni shakllantirish, shuningdek, nashr, radio yoki telekanal ta’sischilari belgilagan chegaralar doirasida jamiyat va davlat o‘rtasidagi vositachi bo‘lishni maqsad qiladi.Internet bu - hozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog'i hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya'ni ongimizga mavhum bo‘lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma'lumot beruvchi aхborot manbaidir.Tabiiyki, hozirgi kunda ushbu omilga bo‘lgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda.Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir.Internet tili juda murakkab va serqirralidir. Chunki Internet tarmoqlarida nutqning barcha uslublariga xos materiallar mavjud.Bugungi kunda internet bizning hayotimizga tobora kirib bormoqda. Internetda pochta, telefoniya, biznes (savdo, bank, auksion) ishlari ko‘proq amalga oshirilmoqda. Kundan-kunga tarmoqda axborot manbalari ko‘paymoqda. Yildan -yilga Internetdan foydalanuvchilar soni ortib bormoqda. Internet deyarli ta’lim jarayoni uchun ideal muhit vazifasini o‘taydi. Bunga Internet 12 foydalanuvchilarining dunyoning istalgan nuqtasidan tarmoq resurslaridan foydalana olishligi muhim omillardan biri sifatida ko‘rsatilmoqda. Tarmoq foydalanuvchilari va axborot sahifalari soni uzluksiz tarzda o‘sib borib, ko‘pchilik yoshlar uchun ermak va qulay vositaga aylanmoqda. AQSh da o‘tkazilgan statistik tadqiqotlarga ko‘ra Oliy o‘quv yurtlarining yuqori kurs va kollejlari talabalarining 100%i Internetdan foydalanadilar. Talabalar Internetning faol foydalanuvchilari sifatida haftasiga o‘rtacha 11 soatni onlaynga sarflaydilar. Har 10 talabadan 9 tasi kuniga elektron pochtasidan foydalanadilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling