Tarbiyani tashkil etish fanidan mustaqil ishi


II BOB. MEDIA VA AXBOROT TILI


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana19.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1620251
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
media savodxonligi mustaqil ish

II BOB. MEDIA VA AXBOROT TILI. 
2.1 Ommaviy axborot vositalari tili 
Ommaviy axborot vositalari janrlariga gazeta, jurnal, radio, televideniye, 
Internet va boshqalar kiradi. Shunga muvofiq ravishda OAV tili bu - matbuot, radio, 
teleko`rsatuvga xos bo`lgan tildir. Bunday til uslubi rasmiy va dolzarb xabarlar, 
axborotlar, e’lonlar, reportaj, intervyu, bosh maqolalardan iborat bo`ladi. Ularda fikr 
kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Zarur o`rinda asoslar 
keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda «muxbirimizning xabar 
berishicha, elchixona xodimining so`ziga ko`ra, muxbirimiz voqea ro`y bergan 
joydan xabar beradi ...» va hokazo iboralar qo`llanadi. 
OAVda faoliyat yurituvchilar asosan jurnalistlar, muxbirlar, reportyorlar, 
sharhlovchi va blogerlardir. Jurnalist — asosiy faoliyati jurnalistika bilan 
shug‘ullanish bo‘lgan, muhim faktlar, voqealar, odamlar, hodisalar haqidagi 
axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uni auditoriyaga yetkazish orqali OAVni axborot 
bilan to‘ldiruvchi kishi.
Jurnalistlar,asosan, publitsistik faoliyatga yo‘nalgan bo‘lib, ular o‘z oldiga 
ma’lum ijtimoiy fikrni shakllantirish, shuningdek, nashr, radio yoki telekanal 
ta’sischilari belgilagan chegaralar doirasida jamiyat va davlat o‘rtasidagi vositachi 
bo‘lishni maqsad qiladi.Internet bu - hozirgi zamon talabidagi yagona ommabop 
kompyuter tarmog'i hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya'ni 
ongimizga mavhum bo‘lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma'lumot 
beruvchi aхborot manbaidir.Tabiiyki, hozirgi kunda ushbu omilga bo‘lgan 
ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda.Mazkur tarmoq butun dunyo 
miqyosida global tarmoqdir.Internet tili juda murakkab va serqirralidir. Chunki 
Internet tarmoqlarida nutqning barcha uslublariga xos materiallar mavjud.Bugungi 
kunda internet bizning hayotimizga tobora kirib bormoqda. Internetda pochta, 
telefoniya, biznes (savdo, bank, auksion) ishlari ko‘proq amalga oshirilmoqda. 
Kundan-kunga tarmoqda axborot manbalari ko‘paymoqda. Yildan 
-yilga 
Internetdan foydalanuvchilar soni ortib bormoqda.
Internet deyarli ta’lim
jarayoni uchun ideal muhit vazifasini o‘taydi. Bunga Internet


12 
foydalanuvchilarining dunyoning istalgan nuqtasidan tarmoq resurslaridan 
foydalana olishligi muhim omillardan biri sifatida ko‘rsatilmoqda. Tarmoq
foydalanuvchilari va axborot sahifalari soni uzluksiz tarzda o‘sib borib, ko‘pchilik
yoshlar uchun ermak va qulay vositaga aylanmoqda. AQSh da o‘tkazilgan 
statistik tadqiqotlarga ko‘ra Oliy o‘quv yurtlarining yuqori kurs va kollejlari
talabalarining 100%i Internetdan foydalanadilar. Talabalar Internetning faol
foydalanuvchilari sifatida haftasiga o‘rtacha 11 soatni onlaynga sarflaydilar. Har 
10 talabadan 9 tasi kuniga elektron pochtasidan foydalanadilar.


13 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling