Tarbiyaning umumiy metodlari


Download 15.14 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi15.14 Kb.
#1031893
Bog'liq
Тарбиянинг умумий методлари


Tarbiyaning umumiy metodlari
“Metod” yunoncha metodos soʻz boʻlib, “yoʻl”, taqiq qilish kabi maʼnolarni anglatadi. Taʼlim metodi taʼlim jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlaridir.
Taʼlim metodlari oʻqitishning oʻz oldiga qoʻygan maqsadlariga erishish usullarini hamda oʻquv materialini nazariy va amaliy yoʻnaltirish yoʻllarini anglatadi.
Taʻlim metodi – oʻqituvchining oʻquvchilar bilan muntazam qoʻllaydigan, oʻquvchilarga oʻz aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va koʻnikmalarni egallash hamda ulardan amalda foydalanish imkonini beruvchi ish usuli. Belgilangan taʻlim berish maqsadiga erishish boʻyicha taʻlim beruvchi va taʻlim oluvchilar oʻzaro faoliyatini tashkil qilishning tartibga solingan usullari majmuasidir.
Metodika – biror ishni maqsadga muvofiq oʻtkazish metodlari, usullari, yoʻllari majmuasi. U alohida metodikalardan tashkil topadi. Pedagogika fani sohasida maʻlum oʻquv fanini oʻqitish hamda tarbiyaviy ishlar qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar.
Usul – biror narsa, hodisa, jarayonni oʻrganish yoki amalga oshirish tartibi.
Uslub – biror narsa, hodisa, jarayonni oʻrganish yoki amalga oshirish uchun qoʻllash lozim boʻlgan usullar majmuasi.
Yoʻl (ruscha – priyom) – biror maqsadni amalga oshirish uchun tanlangan harakat turi.

Metodning ijobiy va salbiysi boʻlmaydi, tarbiya jarayonida maʼlum yoʻlni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qoʻllanilayotgan sharoit nuqati nazaridan baholash mumkin.

Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bogʻliq.

Xalq pedagogikasida tarbiya metodlari. Xalq pedagogikasi oʻzbekona axloq, odob va tarbiyaning barcha qirralarini oʻzida mujassamlashtirgan. Xalq pedagogikasida turlicha tarbiya metodlari hamda vositalaridan foydalaniladi. Bu metod va vositalar nihoyatda rang-barang boʻlib, koʻp jihatlari bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik qiladi. Binobarin, ushbu metodlar ilmiy pedagogikaning shakllanishiga ham oʻz taʼsirini oʻtkazgan. 



Xalq pedagogikasida qoʻllanilgan xilma-xil tarbiya metodlarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin.

  1. Tushuntirish (hikoya qilish, oʻrgatish).

  2. Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish).

  3. Namuna (maslahat berish, uzr soʻrash, yaxshiliklar haqida soʻrash, oʻrnak boʻlish).

  4. Nasihat qilish, oʻgit (undash, koʻndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, maʼqullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yoʻl tilash va hokazolar).

  5. Qoralash va jazo (taʼkidlash, taʼna, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qoʻrqitish, nafratlanish, ont- qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar).

Download 15.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling