Tarbiyaning umumiy myetodlari. Jamoa tarbiya obekti va subekti sifatida


Download 63.38 Kb.
bet1/4
Sana27.01.2023
Hajmi63.38 Kb.
#1133410
  1   2   3   4
Bog'liq
5-MAVZU 3-KURS


5-MAVZU. TARBIYANING UMUMIY MYETODLARI. JAMOA TARBIYA OBEKTI VA SUBEKTI SIFATIDA.
Reja:

  1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha.

  2. Tarbiya metodlari tasnifi.

  3. Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari.

  4. Jamoa haqida tushuncha.

  5. O’quvchilar jamoasini shakllanish bosqichlari.

  6. O’quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlari.

  7. Jamoa an’analari.



Tayanch tushunchalar: Tarbiya, metodlari, tarbiya usullari.

  1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Muammoli pedagogik vaziyatlar.

  1. To’rtinchi sinfda har xil buyumlar: qalam, ruchka, rezinka va boshqalar narsalar yo’qola boshladi. Bir kuni sinfdagi qizchaning bosh kiyimi yo’qoldi. O’qituvchi topilmalar byurosining faoliyati haqida gapirib berdi. Bolalar topib olingan narsalar qaytarib berilishi to’g’risidagi kattalardan eshitgan misollarni aytishdi.

O’qituvchi qanday tarbiya metodini qo’llagan? Bu metodning samaradorligi nimalarga bog’liq? Har doim ham ushbu metod samara beradimi?

  1. O’qituvchi quyidagicha hikoya qiladi: O’g’lim (8 yosh) qorong’idan va balandlikdan qo’rqadi. Men imkon boricha uni ko’proq ana shu qo’rquvni yenga oladigan sharoitga qo’yaman: Goho ob-havo qandayligini bilib kelish uchun xovliga, goho go’yo esidan chiqqan narsani olib kelish uchun qorong’u xonaga yuboraman.

O’yin paytida ayrim paytlari chuqurlikka sakraymanda, “Daraxtning anavi novdasini menga olib ber. Uni emas, narigi, yuqoridagisini” deyman.
O’qituvchi to’g’ri qiladimi? Bu qanday tarbiya metodi? U nima uchun samarali?

  1. Dars boshlanishidan oldin o’qituvchi yerda g’ijimlangan qog’oz parchasi yotganini ko’rib, bir o’quvchiga “qog’ozni ol”, deb murojat qildi. O’sha o’quvchi sekin partadan turib “men tashlamaganman, nega olarkanman” deb, yana joyiga o’tirdi.

O’qituvchi nima qilishi kerak? Sinfning ta’sirlanishi qanday bo’ladi va bu nimaga bog’liq?

  1. Ko’p bolali oilaning otasi mamnun bo’lib hikoya qiladi: yer ag’darish biz uchun hech gap emas. 1-2 kg konfet, pechene sotib olib kelamanda, qani bolalar bu sizlarga, lekin oldin yerni chopib beringlar, deyman.

-Bolalar konfetsiz yer ag’darishmaydimi, - so’radik biz.
-Uncha tirishib ishlashmaydi-da, - tushuntirdi ota.
Ota qo’llagan rag’batlantirish usuliga qanday baho berasiz?

  1. 4-sinf o’quvchisining onasi hikoya qiladi: Avvalari o’g’limning hamma ishi joyida edi. Men ishlamasdim, unga ko’p vaqt ajratdim. Ishga kirganimdan so’ng ”ikki baholar” ola boshladi. Kechqurun darsini tekshirsam, topshiriqlarning bir qismi bajarilmagan, bajarilgani esa iflos, tushunarsiz bo’lgani uchun uni qayta ko’chirish kerak. Lekin qachon ulguradi. Uxlash vaqti bo’lib qolardi.

Ota-onaning xatosi nimada. Siz qanday yo’l tutardingiz?
Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» - yo’l) tarbiya maqsadiga erishishning yo’li. Tarbiya amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar - bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Tarbiya metodlari tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullari yig’indisidir.
Tarbiya usullari - umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar - bu qo’yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o’ zining tarbiyalanuvchilari bilan yo’l ochadigan o’rganilmagan so’qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yo’llar - metodlarga aylanishi mumkin.
T arbiya usullari - umumiy metodning bir qismi, alohida harakati
Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullara deganda ta’sir ko’rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig’indisi tushuniladi. Vosita - bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat - tarbiya vositasi, biroq uni ko’rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni ko’rsatish - bu usullar. So’z (keng ma’noda) - tarbiya vositasi, biroq replika, taqqoslash - usullar. Bu bilan bog’liqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo’yilgan maqsadni muvaffaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo’ladi.

Download 63.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling