Nutq madaniyatini egallashning usul va yo’llari. Reja 2. Nutq madaniyatini egallashning yo’llari 1. Nutq madaniyatini egallashning usullari - Insonlar yoshlikdan ma’lum bir sheva yoki lahjada so’zlay olish malakasini egallagan. Har bir kishi o’sha tilda fikirlay oladi. Odamlarning yoshlikdan ma’lum bir tilda so’zlay olishi tabbiy -shaxsiy va obektiv qobiliyatdir. Shu tufayli ham nutq madaniyati sohasi kishilari umuman so’zlashga, ma’lum til vositasida fikr almashishga o’rgatish vazifasini ko’zda tutmaydi. Insonning o’z ona tilida so’zlay olish qobiliyati avvaldan bor bo’lgan tabiiy instinkdir.
- -Nutq madaniyati sohasi umuman ona tilida emas, balki jamiyat a’zolarini ona tilining maxsus shaklida (madaniy shaklda) gapira olishga o’rgatishni ko’zda tutadi. Tilning bunday shakli ma’lum bir milliy tilda gaplashuvchi ijtimoiy guruhlarning barchasi uchun mushtarak bo’lgan til –adabiy tildir.
- - Madaniy til butun millat a’zolari uchun yagona bo’lgan adabiy tilda fikr almashishdan iborat.
- Nutq madaniyati sohasi butun millatni (xalqni) ko’zda tutib ish olib boradi.
- Nutq madaniyatini faqat ziolilar (o’qimishli ommaning) nutqini yaxshilashni ko’zda tutadi.
- Nutq madaniyati sohasi, birinchi navbatta, yosh avlod nutqini to’g’rilashni ko’zda tutib ish olib boradi deb yo’l-yo’lakay aytilgan fikrlar mavjud.
- Tilshunos G.Vinokur nutq madaniyati haqida fikr yuritar ekan, bu muammo “barcha , umum uchun tegishli” chora ekanligini takidlagan.
- Nutq madaniyati tushunchasi hozirgi ilmiy ma’noda adabiy til bilan bog’liqdir.
O’zbek adabiy tilidan qay darajada foydalanayotganiga ko’ra quydagi guruhlarga ajratish mumkin: - O’zbek adabiy tilida normal gapira oluvchi va yoza oluvchi kishilar guruhi;
- O’zbek adabiy tilida yoza oluvchi , ammo og’zaki nutqda adabiy til normalariga to’liq amal eta olmaydigan kishilar guruhi;
- Rasmiy doiralarda adabiy tilda so’zlay oladigan, ammo oddiy so’zlashuvda, ayniqsa oilada shevada yoki sheva bilan adabiy tilning aralashmasidan iborat tilda gapiruvchi shaxslar guruhi;
- Mahalliy shevaning kuchli ta’siri sezilib turadigan nutq egasi bo’lmish kishilar guruhi;
- Mahalliy shevaning kuchsiz ta’siri (asosan talaffuzida, ayrim so’zlarni tanlashda ) sezilib turadigan tilida so’zlaydigan kishilar guruhi;
- Adabiy tilni “bilmaydigan” va o’z mahalliy shevasida gaplashadigan kishilar guruhi;
“Nutq madaniyati fikrni to’g’ri, aniq va ifodali ishor eta olish malakasidir” - “Nutq madaniyati fikrni to’g’ri, aniq va ifodali ishor eta olish malakasidir”
- Adabiy tilni o’rganish to’rt xil yo’l bilan amalga oshadi.
- Tilni tabiiy holda egallash;
- Tilni o’qitish, o’rgatish orqali egallash;
- Til va nutq madaniyatini mustaqil o’qish;
- Til va nutq ustida ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |