Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan 1- mustaqil topshiriq Mavzu: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari Reja


Download 25.97 Kb.
bet4/7
Sana12.11.2023
Hajmi25.97 Kb.
#1768401
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan 1

Axloqiy tarbiya. Axloq- ijtimoiy ong shakllaridan biri hisob-lanib, har bir kishining jamiyat va oiladagi yurish-turishi tartib-qoidalarining yig’indisi sifatida gavdalanadi. Xulosa qilib aytganda, insonning tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarga bo’lgan munosabatidan uning axloqi namoyon bo’ladi. Xalqimiz axloqiy fazilat-larni qadim zamonlardan beri boyitib kelgan. Axloq-odobga oid fikrlar „Avesto“ kitobida, qadimgi bitiklarda, pandnomalarda va boshqa yozma manbalarda o’z ifodasini topgan.

O’tmishdagi ulug’ allomalarning axloq haqidagi ko’plab fikr-mulohazalari bugungi kunda ham muhim tarbiyaviy ahamiyatini yo’qotgan emas.


Jumladan, qomusiy olim Abu Nasr Forobiy axloqiy fazilatlar haqida gapirar ekan, uning xislatlari haqida quyidagi fikrlarni bildiradi:

„1.Bunday odamning barcha a’zolari shu darajada mukammal taraqqiy etgan bo’lishi kerakki, u bu a’zolari bilan bajarmoqchi bo’lgan barcha ishlarni osonlik bilan amalga oshira olsin...


  1. Ovqatlanishda, ichimlik iste’mol etishda ochko’z bo’lmasin, tabiati qimor o’yinlarini o’ynashdan uzoq bo’lsin va ular keltiradigan „xursandchilik“ lardan jirkanadigan bo’lsin.


  2. Haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan bo’lsin, yolg’on va yolg’onchilarga nafrat bilan qaraydigan bo’lsin.


  3. G’ururi va vijdonini qadrlaydigan bo’lsin, uning ruhi o’z tabiati bilan past ishlardan yuqori va oliyjanob ishlarga ishlatiladigan bo’lsin.


  4. Dirham, dinor va shu kabi turmush buyumlariga jirkanish bilan qarasin.


  5. O’z tabiati bilan adolatni sevadigan va adolat uchun ko’ra-shuvchi, adolatsizlikka, jabr-zulm o’tkazuvchilarga nafrat bilan qaraydigan bo’lsin... adolatli bo’lsin.


7. Adolatli bo’lsin, ammo qaysar bo’lmasin...“.1

Inson shaxsining kamoloti uning butun umri davomida amalga oshib boraveradi. Bu fazilat insonning boshqalar bilan bo’lgan muomalasida, voqelikka, jamiyatga bo’lgan munosabatida va uning xatti-harakatlarida, fe’l-atvorida namoyon bo’ladi.
Axloqiy tarbiya, umuman olganda, tarbiyachilar tomonidan tarbiyalanuvchilarda axloqiy tasavvurlar tizimini shakllantirishni, axloqiy his-tuyg’ularni, voqea va hodisalarga to’g’ri munosabat bildira olish kabilarni rivojlantirishni nazarda tutadi.
Insonning axloqiy qiyofasi butun umri davomida shakllanib boradi. Inson onadan mehnatsevar ham, dangasa ham, johil ham bo’lib tug’ilmaydi - bu va shunga o’xshash axloqiy sifatlar bolani o’rab olgan ijtimoiy muhitning, tarbiyaning ta’siri hisoblanadi.

„Tarbiya ikki negizga - axloq va oqillikka tayanmog’i lozim. Birinchisi yaxshi fazilatni o’stirsa, ikkinchisi o’zgalar illatidan himoya qiladi. Demak, tarbiya ham axloqqa, ham insoniy munosabatlarga, asrlar osha xalq tajribasidan sinovdan o’tib, o’zining umrboqiyligini isbotlagan qadriyatlarga, an’ana va urf-odatlarga bog’lansagina kuzatilgan natijaga olib keladi“ 2.



Download 25.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling