O’zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi angren universiteti
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: O’zbekistonda moliya bozorning amal qilishi va shakllanishi Bajardi: M-11 guruh talabasi Nasrullaev Abdullo
- Kirish 3
- Xulosa 32
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANGREN UNIVERSITETI “IQTISODIYOT NAZARIYASI” KAFEDRASI “IQTISODIYOT NAZARIYASI” fanidan KURS ISHI Mavzu: O’zbekistonda moliya bozorning amal qilishi va shakllanishi Bajardi: M-11 guruh talabasi Nasrullaev Abdullo Tekshirdi: Baymenova Mavluda ANGREN-2023 2 REJA Kirish 3 1) Moliya bozori mazmuni, iqtisodiyotdagi ahamiyati va o’rni 5 2) Moliya bozori instrumentlari 13 3) Moliya bozori investitsiya institutlari faoliyati 17 4) O’zbekistonda fond birjasining vujudga kelishi 23 5) O’zbekiston moliya bozori modeli 28 Xulosa 32 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 33 3 KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunning eng dolzarb muammosi –bu 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi va inqirozdan kiyingi ta‘siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo’llarini izlashdan iborat. Mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov ta'kidlaganidek, «Erkin pul mablag'lari, jumladan, o'zimizning ichki imkoniyatlarimizni va xorijiy sarmoyalarni fond bozori jalb qilishni kengaytirish mexanizmlarini va aniq qoidalarini ish lab chiqish lozim. Qimmatli qog'ozlar bozori muomalasida birlamchi va ikkilamchi savdo bo'yicha ham mukammal fond bozorini shakllantirish zarur». O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tishi, ayniqsa, muomala sohasida tub o’zgarishlar bilan birgalikda ro’y berishi kuzatilmoqda. Bozor iqtisodiyotida muomala sohasining asosiy elementlaridan biri birjalar hisoblanadi. Zamonaviy bozor tizimiga kiradigan birjalar jamiyatda mahsulot ishlab chiqarish aylanmasining tezlashuviga va kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligiga xizmat qiladi. Birjalar tufayli tovarlarning muomalada bo’lish vaqtining qisqarishi asosiy fondlar va mehnat vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirai, bank kreditlari va aylanma vositalarga ehtiyojni kamaytiradi va shu tariqa boshqa tarmoqlarga yo’naltirilgan resurslar hajmini oshirishga imkon beradi. Shu sababli birja tizimi orqali mablag’lar aylanish tezligini oshirish hozirgi kunda dolzarb sanalgan asosiy iqtisodiy vazifalardan biri sanaladi. Davlatimiz va iqtisodiyotimizning uzoq davomli kelajagini va manfaatlarini ko’zlab, strategik va ustuvor dasturlarni amalga oshirishda, boshimizdan kechirgan og’ir va keskin vaziyatlardan chiqishda, bugun ko’pchilik qatorida moliyaviyiqtisodiy inqiroz ta‘sirini bartaraf qilishda davlat boshqaruv tizimi va usullariga suyanish va ularning rolini kengaytirish va kuchaytirish o’zini to’la oqlab berganini hayotimizning o’zi tasdiqlab berdi va bermoqda. Birjalarni bozorning asosiy elementi sifatida o’rganish bilan «Birja ishi» fani shug’ullanadi. «Birja ishi» o’quv qo’llanmaning asosiy maqsadlari tovar birjalari faoliyati hamda birja savdosining huquqiy asoslarini har tomonlama va chuqur o’rganish, birja savdosi qatnashchilarini aniqlash, birja faoliyati haqida to’liq axborot olish, birja savdosini yuritish faoliyati dasturlari va usullarini o’zlashtirish, bozor iqtisodiyotida birjalarning o’rni va rolini aniqlash, birja operatsiyalarini amalga 4 oshirish, birjada tovarlar narxini kotirovkalash usullarini o’rganish, tovar birjasi va boshqa birjalarda savdo yuritish tartibini o’rganish, buyurtmaning xaridordan sotuvchi tomon birja xalqasi orqali harakatlanish texnologik zanjirini shakllantirish hisoblanadi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling