Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan “Tarbiya tizimida samaradorlikka erishish usullari”


Download 207.71 Kb.
bet5/9
Sana16.06.2023
Hajmi207.71 Kb.
#1509225
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MAHMADQULOV ZOIR 120-GURUH

Mashg`ulot vositalari
Pedagog uchun;
O`quv-metodik qo`llanma, metodik tavsiya, metodik ishlanma, o`quv dasturi, dars rejasi, ma’ruza matni.

Talaba uchun;


Darslik, o`quv qo`llanma, jadvallar, tarqatma materiallar, yo`l-yo`riqli texnologik xaritalar, tipik xatolar xaritasi, topshiriq varaqasi, interfaol usullar.
Mashg`ulot o`tkazish uchun;
Plakatlar, modellar, maketlar, jihozlar, audiovizual, texnik va real vositalar bo`lishi mumkin.
O`quv maqsadlari
Fanning o`quv maqsadlari tarmoq standartining har bir ixtisoslik bo`yicha kasbiy tavsifnomada keltirilgan kasb faoliyat turlarimaxsus talablar, ko`nikma va bilimlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilishi lozim, ya’ni tarmoq standarti bilan standartlashtirilgan o`quv dasturlari to`la mos kelishi kerak. O`qitishda o`quv maqsadlarini qo`yish uslubi o`ziga xos xususiyatga ega. Bu talabalar harakatida ifodalanadigan va aniq ko`rinadigan natijalar orqali belgilanadi. O`quv maqsadlarini aniqlash, o`qitishni qayta takrorlash imkoniga ega bo`lish uchun har bir maqsadga erishish mezonini bilish kerak, ya’ni ta’lim maqsadi shunday qo`llanishi kerakki, unga erishganlik haqida aniq xulosa chiqarish mumkin bo`lsin.
Maqsadlarning qo`yilishi...

Umumiy maqsadlar - DTS, o`quv dasturidan o`tiladigan mavzu yuzasidan talabalarda qanday bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish muhimligi aniqlashtirilib, shu asosida mashg`ulot maqsadlari belgilab olinadi.


Pedagog maqsadi;
1-ta’limiy mashg`ulot jarayonida talabalarda dunyoqarashni kengaytirish, bilish faoliyati, bilimlarni amaliyotda qo`llash, ma’lum ko`nikma va malakalarni shakllantirish;
2-tarbiyaviy mashg`ulot jarayonida talabalarda mustaqillik, o`zaro munosabat, axloqiy yo`nalishlarni, mustaqil faollikka asos bo`luvchi motivlarni shakllantirish;
3-rivojlantiruvchi mashg`ulot jarayonida talabalarda diqqat, nutq, taqqoslash, refleksiya, aniq yechimlarni izlab topish ko`nikmalarini, mashg`ulotga nisbatan qiziqishni rivojlantirish bilan belgilanadi.
O`quv maqsadlarini aniqlashtirishning ahamiyati
O`quv maqsadlarini, ularni alohida qismlarga ajratib aniqlashtirish jahon pedagogikasida keng ommalashgan. Bunday yondashuvga asosan o`quv maqsadlariga erishilganlikni yaqqol aniqlash mumkin. Bunda o`quv maqsadlari tizimi yaratilib, o`zaro bog`liqlik ketma-ketligida joylashtiriladi, ya’ni ularning taksonomiyasi tuziladi. O`quv maqsadlarining bu tizimi xalqaro miqyosda mashhur bo`lib, Blum taksonomiyasi deb nomlanadi.
“Taksonomiya” tushunchasi grekcha - tartib bilan joylashtirish bo`lib, biologiya fanidan olingan. U obyektlarni, ularning o`zaro bog`liqligiga asoslanib va toifalari murakkablashib boradigan ketma-ketlikda joylashtirib turkumlash va tizimlashtirishdir. Blum taksonomiyasini qo`llash, o`qitish maqsadlarini umumlashgan holda bayon qilish imkoniyatini beradi. Undan foydalanilganda pedagog maqsadlarni ajratadi va aniqlashtiradi hamda tartibga soladi. Bu taksonomiya yordamida pedagog nafaqat o`quv maqsadlarini aniqlashtirishga, balki ularni o`zaro bog`liq bo`lgan qat’iy kema-ketlikda joylashtirishga muvaffaq bo`ladi.
O`quv maqsadlari sohalari
Kognitiv -bilishga oid soha. O`rganilgan materialni eslab qolish va uni takroran aytib berish, o`zlashtirilgan bilimlarni mustaqil to`la anglash, ularni oldin o`rganilgan uslub, usullar bilan uyg`unlashtirilib tasavvur etishgacha bo`lgan muammolarni hal etilishini o`z ichiga oladi.
Affektiv-hissiyotga oid soha. Oddiy idrok qilish, qiziqish, qadriyat yo`nalish va munosabatlarini o`zlashtirishga tayyor bo`lish, talabalarni atrof-muhitga nisbatan hissiy-shaxsiy munosabatda bo`lishini shakllantiruvchi maqsadlar kiradi.
Psixomotor-harakatga oid soha. U yoki bu harakat faoliyatida, harakat yo`nalishlarini tez o`zgartirish, asab-muskullarni muvoffiqlashtirib boshqarishni shakllantirishga oid maqsadlar kiradi.
Talaba maqsadlari
Kognitiv o`quv maqsadlari sohasida – talabalar nazariy bilimlarni oladi.
Psixomotor o`quv maqsadlari sohasida – olgan nazariy bilimlarini turli mashqlarni bajarish orqali mustahkamlaydi.
Affektiv o`quv maqsadlari sohasida – ularda kelajakka umidvorlik hissi uyg`onadi.

Bugungi kunda har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti asosini innovatsion faoliyat tashkil etadi. Tarix shundan dalolat beradiki, inson o‘zining aql-zakovati bilan dastlabki mehnat qurollarini o‘ylab topishdan, algoritm va nanozarralar, zamonaviy innovatsion kompyuter, quyosh va boshqa yuqori texnologiyalarni kashf etishgacha bo‘lgan murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Shu bilan bir qatorda ta’lim sohasi tizimiga, balki jamiyatning barcha sohalarining rivojiga o‘zining aks ta’sirini ko‘rsatadi. Shu bois ham ana shu ta’sir va bo‘shliqning oldini olish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur 2018-yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi1: “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejis emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak”. O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan mamlakatimiz ilm-fani, yetakchi ilmiy maktablar, birinchi navbatda, eng yirik va muhim ahamiyatga ega tashkilot – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasini yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov2tomonidan ham qabul qilingan farmon va qarorlar yangi tarixiy voqeliklarga mos keladigan fan-texnika va innovatsiya sohasida davlat siyosatini izchil amalga oshirish uchun o‘ziga xos rag‘bat bo‘ldi. Ana shu rag‘batlarni amaliy qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. O‘zbekiston ilm-fanini boshqarish va moliyalashtirishni davlat tomonidan tartibga solish, uning sa’y-harakatlarini ustuvor sohalarga yo‘naltirishga qaratilgan islohotlar davom ettirildi. Sir emaski, XXI asr - texnika va texnologiya asri. Ha, bu nom bejizga berilmadi. Atrof-muhitda sodir bo‘ladigan hodisalar uni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni yanada orttirdi. Bu qiziqish ortidan ilm-fan sohasida misli ko‘rilmagan kashfiyotlar paydo bo‘ldi va paydo bo‘lmoqda. Kundan kunga kishini hayratga soladigan yangiliklar yaratilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tishni o‘rinlidir: “Kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq3”.Darhaqiqat, farovon kelajak poydevori hozirda unib-o‘sib kelayotgan yoshlar hisoblanadi. Shu sababli, ularning yuqori bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib voyaga yetmoqlari muhim omildir. Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalarda bo‘layotgan tezkor o‘zgarishlar ta’lim tizimini ham tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda, chunki mukammal ta’lim tizimi orqali Respublikamizning kelajak intellektual imkoniyatlarini va uni gullab yashnashi hamda rivojlanishini belgilab beruvchi yoshlarni har tomonlama ijodkor, mustaqil faoliyat yuritadigan qilib tarbiyalashda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ta’limda eng muhim strategik yo‘nalish ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyati hisoblanadi. Bu esa barcha ta’lim muassasalarida,ayniqsa ijodkor, yuqori salohiyatli mutaxassis kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim maskanlarida innovatsion texnologiya ko‘rinishida faoliyat olib borish dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelgan.
Xususan, hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kuchaygan. Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “...ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash” vazifalari belgilab qo‘yilgan4. Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi ham ilg‘or pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab etmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, “Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish yo‘liga qadam qo‘yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan o‘tishni ta’minlar ekanmiz, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarni egallagan insonlargina o‘z oldimizga qo‘ygan strategik taraqqiyot maqsadlariga erishishi mumkin ekanini hamisha o‘zimizga yaxshi tasavvur etib kelmoqdamiz”.
Innovatsion texnologiyalar asosida mantiqiy fikrlash uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonida ma’lum o‘zgarishlarga, ta’lim mazmuni, sifati boyishiga va samarali tashkil etilishiga sabab bo‘ladigan turli tashabbus va yangiliklarning yaxlit tizimida namoyon bo‘ladi. Ilm, fan va texnikaning jadal rivojlanishi, yangi texnika va texnologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi, axborot texnologiyasi vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida qo‘llanilishi o‘qituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab qilmoqda. O‘qituvchilarning faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ular boshqaruvchi, muloqot qiluvchi, yo‘naltiruvchi, tashkil etuvchi va baholovchi rollarini amalga oshirishlari kerak bo‘ladi. Ta’lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta’lim muassasalarini innovatsion jarayonlarga qo‘shilishini taqozo etmoqda, o‘zini yaratish imkoni mavjud innovatsion maydonda ko‘rish va eng muhimi aniq yangiliklarni o‘zlashtirishdan iborat.
Bugungi kunda maktab va oliy ta’lim tizimidagi an’anaviy va ommaviy ko‘rinishdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘rniga ta’lim muassasalari rivojlanishida o‘ziga xos yangilik bo‘lib innovatsion jarayonlar kirib kelmoqda. Innovatsiya (in-“lik”, novus-“yangi”) yangilik kiritish, yangilik degan ma’noni anglatadi. Ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashtirish, xususiy tadbirkorlar va davlat o‘rtasidagi hamkorlik, kichik va o‘rta innovatsion biznesning xalqaro aloqalarini qo‘llab-quvvatlash innovatsion faoliyatni keng rivojlantirishning muhim shartlaridir. Shuni ta’kidlash kerakki, dunyoning rivojlangan davlatlarida yangiliklarning qariyb yarmi tashkilotlar, kichik va o‘rta biznes firmalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Chunonchi, AQSh Milliy ilm-fan fondi ma’lumotlariga ko‘ra, kichik firmalarda hayotga tatbiq etilayotgan yangiliklar soni sarf-xarajatlar birligi bo‘yicha o‘rta va yirik firmalarga qaraganda ancha ko‘pdir. Bundan tashqari, kichik firmalar yangiliklarni jadal o‘zlashtirish va iste’molchilarga yetkazib berishda ham yirik firmalarga qaraganda taxminan uchdan bir barobar ilgarilab ketgan.
Universitet va texnika institutlari ishlab chiqarish kompaniyalari va firmalar bilan birgalikda patentlangan ishlanmada o‘z ishtiroki ulushini belgilab tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirgandagina ilm-fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuv jarayoni katta samara beradi. Yevropa patent idorasi tomonidan berilgan barcha xalqaro patentlarning 85 foizi aynan shunday hamkorlikdagi ishlanmalar ulushiga to‘g‘ri kelishi ham bejiz emas. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har tomonlama rivojlangan innovatsion tizimga ega mamlakatlardagina innovatsiya jarayonlari samarali amalga oshirilib, texnologiyalar va boshqa ilmtalab mahsulotlar tijoratlashtirilmoqda. Bu jarayonda davlatning ishtiroki, iqtisodiyotning real sektori va yetakchi kompaniyalarning innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga egadir. Zero, ilm-fan davlatning texnik taraqqiyoti va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlaydigan ushbu integratsiya mexanizmining asosini tashkil qiladi.
Yuqoridagi fikrlarni inobatga olib bugungi kun innovatsion texnologiyalarini ilm-fan va ta’lim sohasida muvaffaqiyatli qo‘llanilsa, yangi yosh avlod ana shu jahon tajribasi asosida saboq olib, ulg‘aysa, davlatimizning ertangi istiqboli, kelajagi yorqin bo‘lishiga shak-shubha yo‘qligi mavzuimizni olzarbligini belgilab beradi.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Ta’lim sohasi – mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib faol innovatsion harakatni boshladi. Ma’lum bosqichda XX asr oxirlarida bunday harakatlar yo‘lga qo‘yilgan edi. Masalan, A.G.Rivin va V.K.Dyachenko5 tomonidan o‘qitishni jamoaviy o‘qitish, D.B.Elkonin, V.V.Davidov, L.V.Zankovlar6 tomonidan ilgari surilgan rivojlantiruvchi innovatsion ta’lim to‘g‘risidagi qarashlar o‘z vaqtida ma’lum ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga boshqa innovatsion ta’lim texnologiyalari: dialektik o‘qitish usullari (A.I.Goncharuk, V.L.Zarina), o‘qitishning individual yo‘nalishli usuli (A.A.Yarulov), “Ekologiya va dialektika” (L.V.Tarasov), evristik o‘qitish (A.V.Xutorskoy) dialog madaniyati (V.S.Bibler, S.Yu.Kurganov), loyihali o‘z-o‘zini refleksiya (G.P.Shedrovitskaya) va boshqalarni keltirish mumkin.
Tadqiqot maqsadi.Innovatsion yondashuv asosida ta`lim-tarbiya samaradorligini takomillashtirishning pedagogic imkoniyatlarini nazariy jihatdan o’rganish
Tadqiqot ob’ekti.Innovatsion yondashuv asosida ta`lim-tarbiya samaradorligini takomillashtirish jarayoni.
Tadqiqot predmeti. Innovatsion yondashuv asosida ta`lim-tarbiya samaradorligini takomillashtirish jarayoni mazmuni va yo’llari.
Tadqiqotning vazifalari :
Mavzuga oid ilmiy-nazariy, falsafiy, pedagogik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish.;
Innovatsion texnologiyalarni ta’limni rivojlantirishdagi o‘rnini aniqlash;
Innovatsion yondashuv asosida ta`lim-tarbiya samaradorligini takomillashtirishni pedagogik jihatdan asoslash;
Mavzu yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishimetodlari.
- ilmiy – nazariy adabiyotlarni o‘rganish;
- ijtimoiy-pedagogik va psixologik adabiyotlarni tahlil etish;
Kurs ishining metodologik asosi.Soha tadqiqotchilari, olimlarning innovatsion ta’lim to’g’risidagi nazariyalari, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, umumiy o’rta ta’lim DTSlari, O’zbekiston respublikasi Prezidentining tarbiya va ta’limni rivojlantirish to’g’risidagi qaror va farmonlari, farmoyishlari va boshqa qonuniy, me’yoriy hujjatlar.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Mazkur kurs ishi kirish, 4ta paragraf, xulosa, tavsiya hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

Download 207.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling