Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish
Eksperimentning kuzatuv bosqichi (naliz va sintez)
Download 128 Kb.
|
Zamonaviy ilm fan xususiyatlari. Jamiyat taraqqiyotida ilm - fanning o’rni
Eksperimentning kuzatuv bosqichi (naliz va sintez)
Demak, uchinchi ming yillik birinchi asrida yashovchi intellektual avlod muntazam ravishda ilmiy - texnik taraqqiyot bilan tanishtirilib borilmogʻi lozim ekan. Bu taraqqiyotdan tanish boʻlish uchun bugungi kunda Respublikamizda keng imkoniyatlar mavjud. Ular: masofaviy taʼlim, “Internet” tarmogʻiga ulanish, elektron dareliklar, elektron oʻquv qoʻllanmalar va hokazolardir. Demak, har bir yosh uchinchi ming yillikning birinchi asri boʻlmish “XXI asr-intellektual asr”ining faol ishtirokchisi boʻlishi uchun ular mazkur davrning taʼlim-tarbiya sivilizatsiyasining faol ishtirokchisi boʻlmogʻi lozim. Umuman olganda, insoniyat aqliy faoliyatiga eʼtibor beradigan boʻlsak, ular hayoti axborot bilan chambarchas bogʻliq, yaʼni insonning har bir harakati axborot olish, uzatish, undan foydalanish, oʻzlashtirish, saqlash va boyitishdan iborat, desak xato boʻlmaydi. Shuning uchun ham intellektual ayerni axborot sivilizatsiyasi asri, deb ham atalmoqda. Maʼlumki, bunda taʼlim-tarbiya sivilizatsiyasi talablariga javob beruvchi intellektual avlodni shakllantirishni taʼlim-tarbiyada innovatsion yondashuvlarni keng qoʻllash orqaligina amalga oshirish mumkin. Tadqiqotlarimiz natijalarining koʻrsati-shicha intellektual avlodni shakllantirishni kuyidagicha amalga oshirish maqsadga muvofiq boʻlar ekan: - xalqimizning boy maʼnaviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy kadriyatlariga suyangan holda taʼlim-tarbiyani rivojlantirishning jahon talablarini hisobga olib davlat taʼlim standartini takomillashtirish; - shakllanishi lozim boʻlgan intellektual avlodning maʼnaviy maʼrifiy tarbiyasida boy milliy, madaniy-tarixiy anʼanalari, xalq urf-odatlari va umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy va pedagogik shakllar hamda manbalarni ishlab chiqish va joriy qilish; - uzluksiz taʼlim tizimida oʻkuv-axborot muhitini yaratish; - uzluksiz taʼlim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari va fan tarmoqlari bazasida taʼlim jarayonining axborotli taʼminotini rivojlantirish; - uzluksiz taʼlim tizimi fan-kommunikatsiyasi tarmoqlari (fanlar, fanli tizimlar, kasbiy fanli oʻyinlar, elektron pochta, internetning xalqaro tarmogʻiga ulanish, telekon-ferensiyalar va h.k.) dan keng foydalanishga erishish; - uzluksiz taʼlim tizimidagi yutuqlarni keng joriy etishda ommaviy axborot vositalaridan muntazam foydalanib borish mexanizmlarini soslash; - yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish; - uzluksiz taʼlim tizimida yangi axborot texnologiya va yangi pedagogik texnologiyani yoʻnaltirilgan ilmiy tadkiqot ishi salmogʻini kengaytirish, “taʼlim fan amaliyot” integratsiyasining uzluksiz taʼlim tizimiga samarasini aniklab borish; - uzluksiz taʼlim tizimiga ilgʻor rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlashga erishish, hamkorliklarda ilmiy tadkikot ishini olib borish va h.k. Demak, XXI asrga moye intellektual avlodni shakllantirish mutaxassis olimlarimiz oldiga kator muammolar yechimini topishdek muhim vazifalarni qoʻyar ekan. Shu sababli ham mazkur ishimizning keyingi qismida intellektual asr taʼlim-tarbiyasi haqida toʻxtalamiz. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimizni bilim darajasiga koʻtarish uchun bilgan maʼlumotlarimizning voqelikka munosibligi, maʼlumotlar ishonchliligi va maʼlumotlarning anik dalillarga asoslanganligi kabi shartlarning bajarilishi lozim. Ana shundagina bunday maʼlumotlar bilimga aylanadi. Download 128 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling