Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari


Tarbiyaviy ishlarning metodologik asoslari. Uzluksiz tarbiya konsepsiyasi


Download 1.68 Mb.
bet2/55
Sana03.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1744189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari (1)

2. Tarbiyaviy ishlarning metodologik asoslari. Uzluksiz tarbiya konsepsiyasi
Tarbiya, eng avvalo, insonning o‘ziga qaratilganligi mamlakatimizda ishlab chiqilgan, butun dunyo hamjamiyati tan olgan qadam-baqadam amalga oshirilayotgan ,,o‘zbek modeli“da juda to‘g‘ri belgilandi. Dunyoda birinchi bor insonning diqqat-e’tibori o‘zlikni anglashga qaratildi. 0‘zligini anglash, birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug‘ siymoligini anglash va o‘zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bo‘lsa, ikkinchidan, uning o‘ziga xos milliy-insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Yuqorida sanab o‘tilgan ikki sifat komil inson sifatining asosini tashkil etadi. Chunki komil inson sifatlarini, tarbiya sohasidagi ilmlarini xulosalab, mujassamlashtirsa. ular, asosan, 3 ta:

  1. Ezgu niyat, fikr;

  2. Ezgu so‘z, xushmuomila;

  3. Ezgu ish, ezgu faoliyatdan iboratdir.

Shu uchta sifat o‘qitishning, ta’lim-tarbiyaning bosh maq­sadi hisoblanadi. Bu bosh maqsad insonlarda, ayniqsa, yoshlarda komillik sifatlarini takomillashtirish, ularni zamonaviy bilim, malaka, ko'nikmalar bilan qurollantira borish, mutaxassislarda har bir sohaga mos ilm, bilim hosil qilishdan iborat bo‘lgan zamonaviy pedagogika fani asoslarining kengayganligini ko‘rsatadi. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani ta’lim-tarbiyaning zamonaviy usullari va ularning mazmuni, vositalari bilan qurollantiruvchi fan bo‘lganligi uchun, uning metodologik asoslari, maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg‘unligi qonuniyatlaridan kelib chiqadi. Ta’lim sohasida o‘qitishning vazifasi yoshlarning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo’lgan har bir kishining aqliy-axloqiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojini ta’minlash, o‘zi xohlagan kasbini tanlash. o‘zi xohlagan shu sohada faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy-ma’naviy tarbiyaviy-didaktik shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Tarbiya ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda, o'qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o'zaro amaliy va nazariy muloqotidir.
Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyos. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undasn va bu xatti-harakatini asta-sekin ko'nikmaga aylantirib borish lozim. Insonni mushohada qilish qobiliyati tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’anaviv manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, iroda talab etiladi. Buning uchun bolalarriing yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ma’naviy, insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va bolalarga bo’lgan munosabat muhim rol o'ynaydi. Ota-onalarimiz va atrofdagilaming bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini ko'rgan bola shunga qarab shakllana boradi. Ular avval katlalarga taqlid qiladilar. So‘ng asta-sekin qilayotgan ishlarining mohiyatini anglaydilar. Bolalarni to'g‘ri tarbiyalashda ota-onaning ongi, ma’naviyati, bilimi tarbiyaianganligi ham muhim ahamiyatga ega. Olada bollalarni to’g’ri tarbiyalash ota-ona va barcha Yoshi kata oila a’zolari zimmasidadir.
2019 yil 31 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ma’naviy tarbiya kontseptsiyasi»ni tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi 1059-son qarori qabul qilindi. Kontseptsiyaning maqsadi - yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish, uni amalda ro’yobga chiqarish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi:
ma’naviy-axloqiy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish;
tarbiyaning homiladorlik davridan boshlanib voyaga yetgunga qadar davom etadigan, tadrijiylik va uzluksizlik tamoyillariga asoslangan metodikasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish;
bola tarbiyasida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilg’or yutuqlaridan samarali foydalanish;
tarbiyalanuvchilar bilan birga tarbiyachilarning ham bilimi va malakasini muntazam oshirib borish;
ma’naviy tarbiyani shakllantirishda oila, mahalla va ta’lim muassasalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar o’rtasida samarali hamkorlik mexanizmini yo’lga qo’yish;
ma’naviy tarbiyaning tadrijiy rivojlanish va uzluksizlik tamoyillariga asoslanishi.
Uzluksiz ma’naviy tarbiya Kontseptsiyasi quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
birinchi bosqich — oilalarda (ikki davr asosida: birinchi davr — homila davri, ikkinchi davr — bola tug’ilganidan 3 yoshgacha bo’lgan davr);
ikkinchi bosqich — maktabgacha ta’lim 3 — 6 (7) yoshgacha bo’lgan davr;
uchinchi bosqich — umumiy o’rta ta’lim tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr — 7 (6) — 10 yosh boshlang’ich sinf, ikkinchi davr — 11 — 17 yosh o’rta va yuqori sinflar);
to’rtinchi bosqich — ishlab chiqarishda faoliyat ko’rsatayotgan va band bo’lmagan yoshlar, shuningdek, o’rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr — o’rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat ko’rsatayotgan va band bo’lmagan yoshlar — 17 — 30 yosh, ikkinchi davr — o’rta maxsus kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalarining o’quvchi-talabalari 15 — 22 (24) yosh).

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling