“Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”


Download 31.77 Kb.
bet1/7
Sana15.10.2023
Hajmi31.77 Kb.
#1704389
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Uzluksiz ma’naviy tarbiya


“Uzluksiz ma’naviy tarbiya

Uzliksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”ning mazmun mohiyati.


Mundarija:
Kirish……………………………………………………………..……………….3
Asosiy qism
I Bob Tarbiyaining ta’lim tizimidagi o‘rni. Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi
    1. “Uzluksiz ma’naviy tarbiya kontsepsiyasi”ning mazmun- mohiyati….…..7


    2. “Uzluksiz ma’naviy tarbiya kontsepsiyasi” doirasida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar va ularning ahamiyati. Konsepsiya oldiga qo‘yilgan vazifalar:...11




I Bob Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi
2.1 Umumiy qoidalar.........................................................................................19
2.2 Umumiy o’rta ta’lim tizimida ma’naviy tarbiyani amalga oshirish............27
Xulosa.....................................................................................................................29
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………30
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Prezidentimizning 2021 yil 26 martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ma’naviyat sohasi vakillari zimmasiga g‘oyat mas’uliyatli vazifalarni qo‘ymoqda. Ushbu qarorda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasining mazmun-mohiyati va uni amalga oshirishning ilmiy-amaliy masalalari” mavzusida onlayn ilmiy seminar o‘tkazildi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan professor-o‘qituvchilar, ta’lim tizimidagi metodistlar ishtirok etdi. Mazkur ilmiy seminarda so‘zga chiqqanlar tomonidan tarbiyaga yangicha tizimli yondashuv, yoshlarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni kafolatli shakllantirishda barcha ta’lim bosqichlarida ilmiy-metodik uzviylikni ta’minlash, Konsepsiyaning maqsad va vazifalari, tamoyillari hamda ilmiy asoslari xususida batafsil so‘z yuritdi. Shuningdek, ilmiy seminarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2021 yil 19 yanvardagi majlis bayonida ko‘rsatilgan vazifalar xususida ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Bu yo‘nalishda ishlab chiqilgan Ma’naviy- axloqiy tarbiya dasturi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Dasturda belgilangan tarbiyaviy ishning mavzusi, yo‘nalishi va vazifalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning shakl va metodlari, amalga oshirish mexanizmlari seminar ishtirokchilariga batafsil tushuntirib berildi. Seminarda Uzluksiz ta’lim tizimi konsepsiyalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda qatnashgan mutaxassis-olimlar, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining hududiy bo‘limlari rahbarlari hamda ta’lim tizimidagi o‘qituvchilar faol ishtirok etdi. Mazkur tadbirning davomiyligini ta’minlash uchun mas’ullar tomonidan istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

Download 31.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling