3. Sinf rahbarining namunaviy yillik ish rejasini tuzish metodikasi
«Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kontseptsiyasi»ning yo’nalishlari va ularning talablari asosida, maktab ma’muriyati rahbarligi va bolalar tashkilotlari, bolalar va o’smirlar uyushmasi, yoshlarning “Ijtimoiy tashkilotlarning rejalari” asosida tuziladi. Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirishda qo’yiladigan asosiy uslubiy talablar nimalardan iborat?
Sinf rahbari sinfda o’tkazilayotgan tadbirlarni, ularni o’quvchilarga bo’lgan tarbiyaviy ahamiyatini doimiy ravishda tahlil qilib borishi, undagi yutuq va kamchiliklarni sabablarini aniqlash, sinfda ro’y berayotgan o’zgarishlarni qayd qilib borishi kerak.
Sinf rahbari o’quv yili oxirida sinf jamoasi ishini tahlil qilib, rejada belgilangan vazifalarni qay darajada bajarilganligini, sinf ijtimoiy hayotda qanday ishtirok etganligini, mamlakatimizdagi va chet ellardagi voqealarga qanday qaraganligini, o’quvchilar o’rtasida qanday munosabatlar vujudga kelganligini, o’quvchilarni tashabbuskorligi, mustaqilligi va boshqa masalalarga atroflicha to’xtalib o’tib taxlil qilib yakunlashi shart.
Rejaning manba va turlari. Sinf rahbarlarining rejasi kelajakka mo’ljallangan, ya’ni istiqbolli (yillik bir necha yillik), (oylik, xaftalik, kunlik).
Rejaning asosiy manbai nimalardan iborat bo’lishi kerak?
Bosh manba respublikamizning farmon va qarorlari, prezidentning qator risolalari hamda xalq ta’limi tizimining huquqiy me’yoriy hujjatlari hisoblanadi.
Rejaning ya’ni bir muxim manbai o’tgan o’quv yilidan tarbiyaviy tadbirlarning yutuq va kamchiliklarini tahlil qilishdir.
Rejaga quyilgan talablar. Reja quyidagi bir kator talablarga javob berishi kerak.
1. Rejaga milliy istiqlol g’oyalarini singdirish.
2. Reja uzluksiz va izchil bo’lishi.
3. Rejaning aniqligi.
Rejaga bajarib bo’lmaydigan ishlarni kiritmaslik kerak. Tarbiyaviy ishni rejalashtirishda mahalliy sharoitlardan kelib chiqish lozim. Rejada hamma narsa: bajarilish vaqti, joyi, mas’ullar aniq bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |