Tarbiyaviy ishlar metodikasi
Download 243.5 Kb.
|
AMALIY ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- YuNISEF xalqaro tashkiloti faoliyatida yoshlarni huquqiy ximoya qilish masalalari” MAVZUSIDAGI ESSE AMALIY ISHI BAJARDI: A. ISROILOV
- “Bola huquqlari togrisidagi konventsiya”
- Muallif: A.I. ISROILOV
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI Z.M. BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI IJTIMOIY-IQTISODIYOT FAKULTETI PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA YO’NALISHI 4-BOSQICH 403-GURUH TALABASI ISROILOV AKROMJON IKROMJON O’G’LINING “TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI” FANIDAN “YuNISEF xalqaro tashkiloti faoliyatida yoshlarni huquqiy ximoya qilish masalalari” MAVZUSIDAGI ESSE AMALIY ISHI BAJARDI: A. ISROILOV QABUL QILDI: M. ABDULLEYEV ANDIJON-2023 YuNISEF xalqaro tashkiloti faoliyatida yoshlarni huquqiy ximoya qilish masalalari Bilamizki, BMT tomonidan YuNISEF xalqaro bolalarni himoya qilish jamg‘armasi ikkinchi jahon urushidan aziyat ko’rgan jumladan, boquvchisini yo’qotgan bolalarni huquqiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-marifiy har tomonlama himoya qilish va ularni jamiyatda tutgan o’rnini yana o’z joyiga qaytaribgina qolmasdan ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida 1946-yil 11-dekabrda, BMT Bosh Assambleyasi qarori bilan tashkil etilgan. YuNISEF aslida ikkinchi jahon urushidan aziyat chekkan bolalarga yordam berish maqsadida vaqtinchalik tashkilot sifatida tuzilgan edi. Lekin, 1953-yildan boshlab ushbu jamg‘arma doimiy faoliyat ko‘rsatishni boshlagan o’z faoliyat doirasini kengaytirgan. Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi urishdan aziyat chekkan yevropa bolalarini qo’llab-quvvatlash bo’lgan bo’lsa vaqt o’tishi bilan ushbu tashkilotning olib boradigan faoliyati juda ham zarur ekanligi BMT tamonidan e’tirof etiladi, shu bilan bir qatorda doimiy faoliyat olib boradigan xalqaro tashkilotga aylanadi. O’z faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida va faqatgina yevropa emas balki butun dunyodagi bolalar huquqini himoya qilish maqsadida “Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiya”, xalqaro huquqiy hujjat ishlab chiqadi. YuNISEFning “Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiya”si 54 moddadan iborat bo’lib, u yigirma yoshgacha bo'lgan yoshlarni himoya qilish, qo’llab-quvvatlash, ayniqsa bolalarning majburiy mehnat bilan shug’ullanishiga to’sqinlik qilish va ularni manan yetuk, jismonan barkamol shaxs bo’lib yetishishi uchun ishlab chiqilgan qonunlar majmuasi bilan himoyalangan tashkilot aylandi. Hozirgi kunda 192 ta davlat ushbu xalqaro tashkilotga a’zo bo’lgan. Ushbu xalqaro tashkilot o’zining mustaqil moddiy mablag’iga ega bo’lmagan jamg’arma hisoblanadi. Jamg’arma moddiy mablag’larni YuNISEF hukumatlar va homiy tashkilotlar hissasi asosida to’plab boradi. Hukumatlar tashkilot ehtiyojlarining uchdan ikki qismini ta’minlasa, qolgan qismini milliy qo‘mitalar orqali xususiy guruhlar va shaxslar beradi. YuNISEF daromadining taxminan 92 foizini dasturiy xizmatlarga ajratadi. Yig’ilgan mablag’ni YuNISEF xalqaro tashkilotiga a’zo davlatlar va boshqa a’zo bo’lmagan davlatlarda iste’qomat qiluvchi qarovga muhtoj bolalarning kelajagi uchun sarflaydi. YuNISEFning asosiy dasturlari bolalar salomatligi va farovonligini oshirishga qaratilgan xizmatlarni rivojlantirish hisoblanadi. Jumladan, vatanimiz Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, turli xalqaro tashkilotlarga a’zo mamlakatlar singari u ham YuNISEF ga aʼzo boʻldi va u bilan yaqin hamkorlik oʻrnatdi. Bizning yurtimizda 1994-yildan buyon YuNISEF O‘zbekistonda bolalar va ularning oilalari hayotini yaxshilash, eng kam ta'minlangan qatlamlarga alohida e'tibor qaratish va bolalar hayotiga havf soladigan turli xil tabiiy va insonlar tamonidan amalga oshiriladigan ofatlar havf soladigan hududlarga ham o’z e’tiborini qaratdi va o’z faoliyatini boshladi. Hususan, Orol bo’yi mintaqasini oladigan bo’lsak faqatgina O’zbekistonga emas balki O’rta osiyo mamlakatlari aholisiga havf solayotgaligi vas hu bilan bir qatorda yosh avlodning sog’lom voyaga yetishiga to’sqinlik qilayotganini ta’kidlaydi buni esa BMT tomonidan olib boriladigan ko’plab yig’ilishlaridagi actual masala deb e’tirof etilayotgani muhtaram yurtboshimiz tomomhida Bosh ansambiyadagi nutqi orqali ham bilishimiz mumkin. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, YuNISEFning O‘zbekiston bilan a’loqalari yanada mustahkamlanib bormoqda, xususan bola huquqlari ta’minlanib majburiy mehnat to’liq to’xtatildi, voyaga yetmagan bolalarni dala ishlariga va paxta terish ishlariga jalib qilish holatlari cheklandi. Orol bo’yi hududiga moslasha oladigan o’simlik va ko’chatlar bilan orol bo’yi hududini to’qayzorlashtirish va toza ichimlik suvi bilan ta’minlashdagi hamkorlik say’i harakatlarni misol qilishimiz mumkin. Muallif: A.I. ISROILOV Download 243.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling