Tarbiyaviy jarayonni tashkil etish usullari, individuallashtirish texnologiyasi


Download 166 Kb.
bet9/14
Sana09.04.2023
Hajmi166 Kb.
#1345333
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
TARBIYAVIY JARAYONNI TASHKIL ETISH USULLARI, INDIVIDUALLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI

Matn yuzasidan topshiriqlar:
1.Sizning fikringizcha, Rodjer yana o’g’irlik qiladimi? Javoblaringizni izohlang.
2. Matn yuzasidan ikki qismlik kundalik tuzing. (Ikki qismlik kundalik usuli mohiyati: Qog’oz o’rtasidan uzunasiga chiziq chiziladi. Uning chap tomoniga matndan sizga ko’proq ta’sir ko’rsatgan parcha, yoki hayron qoldirgan timsol, qiziqtirgan, o’ylantirgan yoki ma’qul bo’lmagan fikr yoziladi. Varaqning o’ng tomoniga ushbu parcha yoki fikr bo’yicha sharh yozish kerak. Nima uchun ushbu parchani yozib oldingiz? Bu nima haqda o’ylashga, eslashga majbur etdi? Shu yuzasidan qanday savollar tug’ildi?)
Ikki qismli kundalikni quyidagi shaklda tuzish mumkin:

Parcha

SHARH


3. Rodjerning 10 yildan keyin Missis Jonsga yozgan xati qanday bo’lishi mumkin? Rodjer nomidan xat yozing (10 minutlik esse)
Inson paydo bo’libdiki, tarbiya jarayoni va qoidalari mavjud. Xo’sh, Tarbiya koidalari nima uchun kerak ekan ? Unga nimalar kiradi?
Tarbiya qoidasi - pedagogik ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang’ich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari - o’qituvchi va tarbiyachilarga yo’l - yo’riq ko’rsatuvchi qoidalar hisoblanadi. Tarbiya qoidalariga quyidagilar kiradi:
Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganlik qoidasi. Tarbiyadan ko’zlangan asosiy maqsad har tomonlama ma’naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Tarbiyaviy ish ma’lum maqsadni ko’zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi qoidasi bolalar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko’ra bilishga yordam beradi.
Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi. O’qituvchining bilim saviyasi ma’naviyati jamiyatni harakatga keltiruvchi, taraqqiyotgga eltuvchi yetakchi omillardan biridir. Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda Qur’oni Karim, Hadisi shariflardan foydalanish juda muhim. Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smirning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash - bu tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo’yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o’rtasida o’zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o’zgartirish demakdir. O’qituvchi o’quvchiga avvalgidek tarbiya ob’ekti emas, xuddi o’zi kabi sub’ekt deb qarashi darkor. Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va insonparvarlashtirish uning mohiyatini va mazmunini qayta tafakkur etishni ko’zda tutadi. Shaxsning rivojlanishi va o’zligini anglashni ta’minlaydi.

Download 166 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling