Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish usullari


Download 105 Kb.
bet1/6
Sana10.02.2023
Hajmi105 Kb.
#1185188
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish usullari


TARBIYAVIY TADBIRLARNI TASHKIL ETISH USULLARI
Reja:

  1. O`quv tarbiyaviy tadbirlarni tashkil va uni o`tkazish metodikasi.

  2. O’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda pedagogik maxorat

  3. «Ustoz va shogird odobi an’analari» mavzusidagi o’quv-tarbiyaviy tadbirni o’tkazish metodikasi

Tarbiyaviy jarayon ongli, mas’uliyatli faoliyat hisoblanib, unda o’qituvchi-murabbiy tarbiyalanuvchilarni komil inson іilib etishtirishda har tomonlama, ya’ni pedagogik, psixologik, ma’naviy, ma’rifiy ta’sir ko’rsatishi lozim bo’ladi.


Komil inson g’oyasi – ham milliy, ham umumbashariy mohiyatga ega bo’lgan, odamzotga xos eng yuksak ma’naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan olijanob g’oyadir1.
O’qituvchi-murabbiylar o’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishida o’quvchilarni ma’naviy jihatdan yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalashning turli qirralari, shakl va uslublarini bilishi, bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi kerak.
O’quv-tarbiyaviy tadbirlar deganda – ta’lim muassasalari, jumladan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, umumiy o’rta ta’lim maktablari, qo’shimcha ta’lim-tarbiya muassasalari, davlat, xususiy, ishlab chiqarish korxonalari, mahalla va jamoatchilik orasida o’quvchilar ishtirokida o’quv rejalari asosida bir necha fanlarga tayangan holda tashkil etilib, o’tkaziladigan ijtimoiy foydali mashg’ulotlar majmui nazarda tutiladi.
Shuningdek, o’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilish metodikasi ijtimoiy jarayon hisoblanib, u milliy ong va milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishga xizmat qiladi hamda o’qituvchi-murabbiy uning quyidagi maqsad va vazifalarini belgilab olishi lozim bo’ladi:

  • O’qituvchi-murabbiy o’tkaziladigan o’quv-tarbiyaviy tadbirlarning mazmundorligini ta’minlashda boy milliy va umuminsoniy qadriyatlardan keng foydalanishi;

  • O’quvchilar jamoasining tarbiyaviy darajasini o’rganib, unga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish mahoratiga ega bo’lishi;

  • O’quv-tarbiyaviy tadbirlar uchun zarur metodlarni tanlab, ko’zlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarini ko’ra bilishi;

  • Ilg’or tajribalarni kuzatib, taxlil іilib, undan ijodiy foydalanishi;

  • O’quv-tarbiyaviy tadbirlarni o’quvchilarning ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta’sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirishi va takomillashtirishi;

  • O’quv-tarbiyaviy tadbirlarning samaradorligini oshirishda o’z bilimini tarkibiy ravishda boyitib borishi;

  • O’quvchilarning o’quv fanlaridan olgan nazariy bilimlarini har tomonlama kengaytirishi va chuqurlashtirishi;

  • O’quvchilarning darslardan olgan nazariy bilimlarini kundalik hayot va ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog’lashi;

  • O’quvchilarni o’quv-tarbiyaviy tadbirlar jarayonida boshqa o’quv fanlariga bo’lgan qiziqishlarini orttirishi;

  • O’quvchilarning o’zlarining mustaqil bilimlarini kengaytirishi hamda ularda ko’nikma va malakalar hosil qilishlarida yordam berishi;

  • O’quvchilar jamoasini o’zaro va kattalarga nisbatan hurmat, kichiklarga izzat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozim.


Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling