MANTIQ FANIDAN ORALIQ NAZORAT UCHUN VARIANTLARI
(ushbu test variantlari Navoiy davlat pedagogika instituti II kurs talabalari uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 17.08.2004 yilda tasdiqlangan bakalavr yo’nalishi uchun namunaviy dastur asosida tuzildi)
I – variant.
1. Formal logika nimani o’rganadi?
A) fikrlarning konkret mazmunidan mavhumlashgan shakl va qonunlarni o’rganadi
B) tafakkur xususiyatlarini o’rganadi
C) tafakkurning nutk bilan bog’liqligini o’rganadi
D) tafakkurning qonunlariga dialektikani tadbiq etadi
*E) tafakkurni shakllari, qonunlari va usullarini o’rganadi
2. Mantiqning nazariy ahamiyati qanday?
*A) to’g’ri fikr yuritishni qanday amalga oshishi haqida bilim beradi
B) narsa va hodisalar haqida bilim beradi
C) isbotlashni o’rganadi
D) tabiiy hodisalarning qonunlarini o’rganadi
E) jamiyat taraqqiyoti qonunlarini o’rganadi
3. Belgining tiplarini ko’rsating?
A) konkret va abstrakt belgilar *B) belgi-indeks, belgi-obraz, belgi-ramz
C) yozma va og’zaki belgilar D) rasm va kontur belgi E) barcha javoblar to’g’ri
4. O’rta asrlarda YAqin SHarq va Markaziy Osiyoda mantiq fani qadimgi qaysi mamlakat olimlari asarlarini arab tiliga tarjima qilish orqali rivojlandi?
A) qadimgi Hindiston B) qadimgi Xitoy *C) qadimgi YUnoniston
D) qadimgi Misr E) qadimgi Eron
5. Aristotel logikaga qanday xissa qo’shgan?
*A) tafakkurni tushunchadan tashkil topishini ko’rsatib bergan
B) tushuncha va xulosa chiqarishni aytib bergan
C) tafakkur qonunlari, shakllarini isbotlash usullarni ko’rsatib bergan
D) tafakkur qonunlarini aytib o’tgan
E) tafakkur taraqqiyotini 2 boskichini ko’rsatib bergan
6. Tafakkur qonunlari nima?
*A) fikrlar o’rtasidagi zaruriy, muhim, umumiy , turg’un takrorlanib turuvchi bog’lanishlarni o’zida ifodalaydi
B) ob’ektiv olamdagi predmet va voqealarning zaruriy umumiy muhim, turg’un takrorlanib turuvchi bog’lanishlarni ifodalaydi
C) ob’ektiv voqelikdan narsa va hodisalarning tomonlarini aks etadi
D) tafakkurning umumiy bog’lanishini ifodalaydi
E) inson ongida predmetlarning belgilarini in’ikosidir
Do'stlaringiz bilan baham: |