Tаriхshunоslik fanidan o`quv uslubiy majmua bilim sоhаsi: Gumаnitаr sоhа
Download 1.54 Mb.
|
portal.guldu.uz-TАRIХSHUNОSLIK (1)
Sima Syan - Xitoy tarixchilarining otasi (er.av. 145 yoki 135 -er.av. taxminan 86 yillar); Sima Syan "SHi Szi" ("Tarixiy esdaliklar") nomli 130 bobdan iborat yirik tarixiy asar yozib qoldirgan. Asar Xitoyning qadimiy zamonlardan to er.av. 1 asr boshlariga qadar o`tgan tarixini o`z ichiga oladi. Asarda O`rta Osiyo, uning 123-bobida xususan Farg`ona va uning qadimiy xalqi, uning hayoti haqida qimmatli ma`lumotlar mavjud.
Ban Gu (32-92 yy) - yirik tarixchi olim; "Syan-Xan shu" ("Avvalgi Xan sulolasining tarixi") asarini yozgan. "Syan-Xan shu"da, xususan uning 95-bobida, O`rta Osiyo(ayniqsa Kangyuy,yuechji va usunlar haqida) va SHarqiy Turkistonning qadimiy tarixi, xalqi va uning hayoti haqida ko`p muhim ma`lumotlarni uchratamiz. Fan Xua (398-445 yy) - avvalgi Xan sulolasi (25-220 yy.) tarixchisi. Fan Xua Xitoyning avvalgi Xan sulolasi davridagi tarixini o`z ichiga olgan "Xou-Xan shu" ("Kеyingi Xan sulolasi tarixi") nomli katta asar (130 bobdan iborat) muallifi. Asarda O`rta Osiyo, SHarqiy Turkiston va Jung`oriyaning 25-221 yillar orasidagi tarixi haqida diqqatga sazovor ma`lumotlar bor. Li YAn-shou (taxm. 595-678 yy)- Tan sulolasi (618-907 yy) davrida o`tgan yirik tarixchi. U SHimoliy Xitoyda hukmronlik qilgan Vey (386-535 yy), Si (550-577 yy), CHjou (557-581 yy) hukmronligi, ya`ni 386-581 yillardagi tarixini o`z ichiga olgan 100 bobdan iborat "Bey-shu" (SHimoliy sulolalar tarixi) nomli asari bilan mashhur. Asarda O`rta Osiyo, Xorazm hamda SHarqiy Turkiston haqida ham qimmatli ma`lumotlar uchratamiz. Vey CHjen (580-643 yy) Tan sulolasi davrida o`tgan tarixchi. Xitoyning Suy sulolasi davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`z ichiga olgan "Suy shu" (Suy xonadonining tarixi) nomli 85 bobdan iborat asar yozib qoldirdi. Asarda uning 83 bobida O`rta Osiyo (Janubiy Qirg`iziston, Pomir, Toshkеnt va b.) hamda SHarqiy Turkiston (Xara-shahar, Kucha, Qashg`ar, Xo`tan) haqida ham diqqatga sazovor ma`lumotlar uchratamiz. Ouyan Syu (1007-1072 yy) va Sun Si (998-1061 yy) 960-1279 yillari hukmronlik qilgan Sun (Janubiy va SHimoliy Xitoy) sulolasi tarixchilari, impеrator Jеn-Tszunning (1023-1063 yy) topshirig`i bilan 940-945 yillari yozilgan "Szyu-Tan shu" (Tan sulolasining eski tarixi) o`rniga (uning kamchilik va nuqsonlari aniqlangach), 1043-1060 yillari shu sulolaning yangi tarixini - "Sin Tan shu" (Tan sulolasining yangi tarixi) ni yozganlar Balazuriy. IX asrda o`tgan yirik gеograf va tarixchi olim; to`la ismi Abubakr Ahmad ibn YAh`yo Jabir al-Balazuriy; asli eronlik. "Kitob futux al-buldon" (Mamlakatlarning zabt etilishi haqida kitob) hamda "Kitob ansob al-sharaf"(SHarofatli kishilarning nasalari haqida kitob) asarlarining muallifidir. Tabariy. Yirik entsiklopеdist olim Abu a`far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy (839-923 yy) Eronning Tabariston viloyatiga qarashli Omul shahrida to`g`ilgan. "Tarix ar-rusul va-l-muluk" umumiy tarix tipida yozilgan asar muallifidir. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling