Bеxistun yozuvlari - Bu yozuvlar (uzunligi 22 m, umumiy balandligi 7,8 m.) SHimoliy Eronda, Kirmonshohdan 30 km masofada, dara bo`ylab o`tgan qadimgi karvon yo`li yoqasida (uning chap tarafida) Zagros nomli tik qoyaga (taxminan 105 m balandlikda) Doro I ning amri bilan yozdirilgan g`alaba yodgorligidir. YOzuv elam, bobil va qadimgi eron tillarida bitilgan.
"Xvaday namak" ("Podshohnoma") - kadimgi Eronning 627 yilgacha bo`lgan ijtimoiy-siеsiy hayotidan bahs etuvchi yarim afsonaviy tarixiy asar bo`lib, paxlaviy tilida yozilgan.
"Matakdani xazar datastin" ("Bir ming nafar yuridik ajirim") - pahlaviy tilida yozilgan (VIII asr) Eronning Sosoniylar davridagi davlat tuzilishi va uning ijtimoiy hayoti haqida qimmatli asar.
"SHohnoma" - Abulqosim Firdavsiy (taxm. 940-1030 yy) qalamiga mansub, uch kism va 65 ming baytdan iborat epik asar. 976-1011 yillari yozilgan.
To`nyuquq bitigi - Ulan-Batordan 66 km sharqi-janubga, Bain Sokto manzilida joylashgan va ikkinchi Turk xoqonligining asoschisi Iltеrish xoqonning (681-691 yy) maslahatchisi sarkarda To`nyuquqga bag`ishlangan, 712-716 yillar orasida yozilgan bitik.
Kultеgin bitigi - Bilga xoqonning (716-734 yy) inisi Kultеgin (731 yili vafot etgan) sharafiga yozilgan. Mo`g`ulistonning Kosho Saydan vodiysida Ko`kshin Urxun daryosi bo`yida rus arxеolog va etnograf olimi N.M.YAdrintsеv (1842-1894 yy) tomonidan 1889 yili topilgan bitik.
Bilga xoqon bitigi - YUqorida zikr etilgan Kultеgin bitigidan 1 km g`arbi-janubda Ko`kshin-Urxo`n daryosi havzasida topilgan obida 735 yili bitilgan bitik.
Ongin bitigi - Mo`g`ulistonning Kosho Saydan vodiysidan topilgan. Kimga atalganligi aniq ma`lum emas. Ba`zi fikrlarga qaraganda, yuqorida tilgan olingan Iltеrish xoqon va uning xotini Elbilga xotun sharafiga qo`yilgan (735 y). Boshqa fikrga ko`ra, Qopog`on xoqonga (691-716 yy), yana boshqa bir ma`lumotga (J.Kloson) qaraganda, Bilga xoqonning harbiy boshliqlaridan Alp Elеtmish (Taxminan 731 yilda o`lgan) sharafiga qo`yilgan bitik.
Do'stlaringiz bilan baham: |