Farmatsevtika tizimini boshqaruv asoslari


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana25.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1654703
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16


1.1. MAVZU 
FARMATSEVTIKA TIZIMINI BOSHQARUV ASOSLARI 
Reja: 
1. Boshqaruv asoslarini nazariy rivojlanishi.
2. Farmatsevtika tizimini va faoliyatini ta’minlashda boshqaruvining o‘rni.
3. Farmatsevtikada boshqaruv tizimining shakllanishi va rivojlanishi.
4. Boshqarish uslublari
5. Farmasevtik tashkilotlarini boshqarishda zamonaviy yondashuv 
6. Rivojlanish qonuniyatlari va tamoyillari 
7. Ma’muriy boshqaruv ishini tashkil qilish 
8. Boshqarish qarorlarining tasniflanishi 
9. Farmasevtik tashkilotlarni boshqaruv jarayonida qaror qabul qilish
10. Farmasevtik korxonalar boshqaruvida qo‘llaniladigan tamoyillarni amalga 
oshirish 
11. Farmasevtik tashkilotlarni boshqarish tizimini shakllantirishda boshqarish 
maqsadi, uning turlari, mohiyati, boshqarish funksiyalari. 
 
Tayanch iboralar: Boshqaruv, Farmatsevtikada boshqaruv, boshqarish usullari, 
boshqarish konsevsiyasi, boshqaruvda rivojlanish qonuniyatlari 
 
 
Hozirda barcha tashkilotlar shu bilan bir qatorda farmasevtik tashkilotlarni 
boshqaruvsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. To‘g‘ri amalga oshirilgan boshqaruv bu 
tashkilotning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. 
Zamonaviy boshqaruv bu ko‘p tarmoqli faoliyat bo‘lib, u o‘z ichiga boshqaruv 
siyosatini, munosabat tizimini, amaliyotti va tahlilni oladi. Hozirgi kunda tashkilotni 
rivojlanishi uchun hamma uchun umumiy bo‘lgan boshqaruv shakli mavjud emas. 
Tarixiy boshqaruv zamonaviy boshqaruvdan ancha oldin paydo bo‘lgan. 
Fikrlarga qaraganda, boshqaruv tizimi inson jamiyati shakllangandan boshlab paydo 
bo‘lgan. Boshqaruv bir inson bajara olmaydigan maqsadga erishish uchun kerak bo‘ladi. 
Boshqaruv asosida mehnat taqsimoti yuzaga kelgan.
Boshqaruvning yuzaga kelishi munosabati bilan Karl Marks boshqaruv yuzasidan 
shunday deydi “har bir turdagi katta miqyosdagi hoh ommaviy hoh hamkorlikdagi 
mehnat bo‘lsin boshqaruvni talab qiladi, bu esa umumiy vazifalarni bajarishda shahsiy 
mehnat taqsimotini belgilaydi. Natijada ishlab chiqarish yaxshilanadi. Masalan olganda 
bitta skripkachi o‘zini o‘zi boshqaradi, orkestr uchun derijer kerak bo‘ladi. 
Boshqaruvni rivojlantirish tarixi bir necha ming yillarga ega, bu asosan jamiyatda, 
iqtisodiyotda va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning butun tizimida yuz beradigan 
o'zgarishlarning butunligini aks ettiruvchi va izchil davom etadigan evolyutsion 
jarayondir. 
Shu bilan birga, boshqaruv faqat XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida paydo 
bo‘ldi, unda to‘plangan tajribani umumlashtirishga va biznesni boshqarish uchun asos 
bo‘lgan ilmiy boshqarish asoslarini yaratishga urinish bo‘lgan edi. O‘sha paytda 
boshqaruv 
funksiyalari 
sezilarli 
darajada 
murakkablashdi 
va 
professional 
menedjerlarning maxsus bilimlari, ko‘nikmalari talab qilindi. Buning sababi shundaki, 


dunyodagi etakchi mamlakatlarning ko‘pchiligida yirik ishlab chiqarish korxonalari 
tashkil etilib, ularni ratsional ishlab chiqarish va mehnatga bo‘lgan ehtiyoji katta edi.
Umuman olganda, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida dunyodagi boshqaruvning 
paydo bo‘lishi. quyidagi shartlar bilan bog‘liq: 
• yirik korporatsiyalarning paydo bo‘lishi, boshqaruv ishlarining hajmi va murakkabligi 
oshishiga olib keladi; 
• ommaviy ishlab chiqarishni rivojlantirish, boshqarish uchun talablarni oshirish va 
menejerlarning maxsus bilimlarni, ko‘nikma va qobiliyatlarni talab qiladigan murakkab 
boshqaruv muammolari bilan kurashish imkoniyatini cheklash; 
• bozor sub’ektlari sonining ko‘payishi va natijada boshqaruvga professional 
yondashishni rivojlantirishni talab qiluvchi raqobatni rivojlantirish. 
O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tizimidagi islohotlar, bozor iqtisodiyoti 
tamoyillari asosida amalga oshayotgan tez sur’atli o‘zgarishlar farmasevtik 
tashkilotlarni zamonaviy talablar darajasida, optimal usullar yordamida boshqarishni 
taqozo etmoqda. Xalqaro farmatsevtika bozoridagi turli xil ijtimoiy va iqtisodiy
jarayonlarda mutaxassislar tomonidan keng miqyosda foydalanilayotgan «boshqaruv» 
tushunchasi respublikamiz farmatsevtika tizimiga ham deyarli tez va mustahkam kirib 
keldi. 
Boshqaruv tamoyillari, funksiya va usullarini qo‘llagan holda belgilangan 
maqsadga erishish uchun mavjud resurslardan (moddiy, moliyaviy, mehnat, axborot) 
samarali foydalanishga qaratilgan faoliyatdir. Farmasevtik boshqaruv farmatsevtika 
faoliyatining asosini tashkil etgan aholi va davolash muassasalarini samarali dori 
vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash maqsadida insonlar, moliya, ishlab 
chiqarish va sotuv faoliyatini boshqarishga qaratilgan jarayondir.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling