Farmatsevtika tizimini boshqaruv asoslari
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
1.4. Boshqarish uslublari
Boshqaruv: 1) jarayon sifatida rahbar va boshqaruv apparatining insonlarning birgalikdagi faoliyatini belgilangan maqsadga erishish yo‘lida muvofiqlashtirishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir; 2) fan sifatida boshqaruv faoliyatining qonunlari va qonuniyatlari, tamoyillari, funksiyalari, shakllari va usullarining nazariy asoslarini tashkil etadi. Boshqaruv fani ilmiy asoslangan holda, iqtisodiy, ijtimoiy, xuquqiy va boshqa qonunlarga tayanadi. 3) tashkilot boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmasini aks ettiradi; 4) faoliyat turi sifatida rahbarlik lavozimini anglatadi 1 . Boshqaruv jarayoni boshqaruv faoliyatining ketma-ketligi bilan belgilanadigan quyidagi bosqichlarga ega: maqsad; vaziyat; muammo; qaror. Boshqaruvning asosiy elementi tashkilotning aniq maqsadi bo‘lib, u ko‘p jihatdan tashkilot faoliyatining muvaffaqiyatini belgilab beradi. Shu sababli har bir menejer o‘zi boshqarayotgan bo‘g‘inning maqsadini to‘g‘ri va aniq ifodalay olishi, hamda unga erishish vositalarini belgilashi lozim. Tashkilotning maqsadi — bu belgilangan vaqt davomida barcha hodimlarning muvofiqlashtirilgan xatti-harakatlari yordamida erishish mumkin bo‘lgan istalgan holat yoki natija. Maqsadlarni ifodalash ularning xususiyatlarini va ularga qo‘yiladigan talablarni aniq tushunilishini taqozo etadi. Boshqaruv maqsadi quyidagi talablarga javob berishi kerak: • aniqlik (aniq ifodalangan yakuniy natija); • mantiqiyligi (mazmuni bo‘yicha bir ma’noni anglatishi, qarama-qarshi talqinlarning istisno etilishi); • erishish imkoniyati (bajarilishi mumkin bo‘lishi kerak); • miqdoriy jihatdan o‘lchanishi; • vaqt bo‘yicha belgilanganligi (bajarish muddatlari) • maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bo‘lmog‘i darkor; • maqsadni amalga oshirish bo‘yicha xatti-xarakatlar bo‘limlar va ma’sullar bo‘yicha taqsimlanganbo‘lishi lozim; • samaradorlik (natija va foyda berishi). Tashkilotning boshqaruv maqsadlarini turli mezonlar bo‘yicha tasniflash mumkin, ularning ichida vaqt davri, takrorlanish va ustuvorlik mezonlari yetakchilik qiladi. Vaqt davriga qarab maqsadlar strategik (5—10 yillik davri uchun), taktik (5 yilgacha), tezkor (operativ) maqsadlarga ajratiladi. Ustuvorlik darajasi bo‘yicha maqsadlar zudlik bilan amalga oshiriladigan va nomuhim maqsadlarga toifalanadi. Takrorlanishi bo‘yicha esa — doimiy, davriy takrorlanadigan va fursatli maqsdlarga bo‘linadi. Doimiy va davriy takrorlanadigan maqsadlar uchun, odatda, standart axborotlardan foydalangan holda, ya’ni rasmiy yondashuv ishlab chiqiladi. Fursatli maqsadlarga erishish uchun yangi uslublar yaratiladi, mutaxassislar o‘qitiladi, yangi resurslar izlab topiladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling