18
- ―Tarix falsafasi va metodologiyasi‖ fanidan taabalar har bir tarixiy davrda tarixiy
tadqiqotlar ko‘lami, har bir davrning o‘z dolzarb
muammosini tadqiqotlarning
metodologik asoslarini mukamal bilishlari shart.
- Tarix falsafasining mukammal, rivojlanib borish jarayonlari, tarix fanining alohida
fan mavqeiga ega bo‘lishi. Klassik va hozirgi davrdagi
tarix fanining dolzarb
muammolari, Yevropa Sharq olimlari, faylasuflarning
tarixiy nazariyalarini
mukammal o‘rganishi shart.
- Talaba o‘zlashtirayotgan fan bo‘yicha egallagan bilimlarini tahlil qilish;
Tarix
falsafasi va metodologiyasi sohasida jahon hamjamiyati tomonidan to‘plangan
tarixiy tajribani ilmiy va pedagogik amaliyotda samarali qo‘llash malakalariga ega
bo‘lishi kerak.
Fanning o‟quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‟zaro bog‟liqligi va uslubiy
jihatdan uzviy ketma-ketligi
Tarix falsafasi va metodologiyasi fani tarixni farmasion va sivilizasion o‘rganish
bo‘yicha asosan Qadimgi dunyo tarixi, o‘rta
asrlar tarixi, yangi va eng yangi davr,
falsafa, jahon sivilizasiyalari tarixi fanlari bilan uzviy bog‘liqdir.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‟rni
Jahon xalqlarining tarixiy rivojlanishini bosqichma-bosqich tarixiylik, ilmiylik,
xolisona yondashuv negizida o‘rganish.
Amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha mavzular rejasi va adabiyotlar ro‘yxati
talabalarga taqdim etiladi va talaba mustaqil tayyorlanib kelib munozara tarzida o‘z
bilimini namoyish etadi.
Taqdim etilayotgan fanning dolzarb masalalari bo‘yicha
mavzular va
adabiyotlar ro‘yxati talabalarga taqdim etiladi. Talaba, o‘z navbatida mustaqil
tayyorlanib ma‘ruza va referat shaklida o‘z bilimini namoyish etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: