Тарихшунослик фанидан


Ahmad Zakiy ValidiyTo„g„on va Sharq tarix falsafasi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

Ahmad Zakiy ValidiyTo„g„on va Sharq tarix falsafasi 
Sharqda tarixni o‗rganishning asosan ikki yo‗nalishi mavjud. Bu bevosita tabiat, tabiiy 
hodisalar, olamning yaralishi bilan bog‗liq bo‗lgan yo‗nalishlar, ikkinchisi esa insonning dunyoga 
kelishi, insoniyat tarixi bilan bog‗liq bo‗lgan kishilik hayotining vujudga kelishi, insoniyat tarixiy-
tadrijiy rivojining bosqichlari, mohiyati, mazmunini qamrab olgan tarixiy-falsafiy, ma‘naviy-axloqiy 
hamda bularning barchasini o‗ziga mujassam etgan mantiqiy tahlil va tadqiq tashkil etadi. 
Har bir tarixchi o‗z davri ijtimoiy tuzumi, uning mazmuni va qadriyatlari nuqtai-nazaridan 
o‗tmishga yondashadi va ana shu qarashlar hamda ehtiyojlar asosida tarixiy taraqqiyotga baho 
beradi. Biroq tarixiy jarayonlarga, ma‘lum voqea-hodisalarga ichki va tashqi ta‘sir – jamiyat 
ma‘naviy, ijtimoiy, iqtisodiy asoslari va tabiiy hodisalar mohiyati, ular ta‘sirida kelib chiqqan real 
voqelik o‗zaro bog‗liqlikka tadqiq etilmog‗i lozim. Chunki uning zamirida tabiiy va ijtimoiy-tarixiy 
taraqqiyotning butun mohiyati har ikki yo‗nalishda namoyon bo‗ladi. Shuning uchun ham atoqli 
tarixshunos Ahmad Zaki Validiy o‗zining «Tarixda usul» nomli kitobida «o‗z hayotimizni tadqiq 
etar ekanmiz, ko‗ramizki, bizning butun borlig‗imiz asosan ikki narsaga bog‗liqdir. Bir tomondan 
ehtiyojlarimizga muvofiq keluvchi yoki ularga ters keluvchi tashqi ahvol, shart-sharoitlar, boshqa 
tomondan esa shaxsiy xohish-istaklarimiz mavjud. Jamiyat ham xuddi shunday mavjuddir. Umumiy 
shart-sharoit, masalan, zilzilalar, osmondan yog‗iladigan har xil ofatlar, urushlar va vabolar


80 
iqlimning o‗zgarib ketishi kabi tabiiy hodisalar bilan birga alohida individual guruhiy istak 
insoniyatning ichki ta‘sir quvvatlari insonlar borlig‗ida qatiy ta‘sir ko‗rsatuvchi omillar vazifasini 
o‗taydi», deb yozadi. 
Insoniyat taraqqiyotida va kishilik jamiyati rivojlanishida tashqi ta‘sir – tabiiy ofatlar, turli 
yuqumli kasalliklar, urushlar va ommaviy qirg‗inlar qanchalik kuchli ta‘sir etsa, ichki mohiyati bilan 
ma‘lum bir ijtimoiy guruh, siyosiy manfaatlar o‗rtasidagi ziddiyatlar ham katta ahamiyat kasb etadi. 
Bular esa bevosita tarixda insonning o‗rni, roli, maqsad va intilishlari, orzu va umidlarining ifodasi 
sifatida o‗zini namoyon etadi. Ba‘zi holatlarda ayrim shaxslar favqulodda voqelik mohiyatiga ega 
bo‗ladilar. Natijada ular daholar, ulug‗ sarkardalar, payg‗ambarlar timsolida mavjud ijtimoiy 
tuzumni keskin o‗zgartirib yuboradilar. O‗ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma‘naviy-
axloqiy va mafkuraviy me‘yorlarni o‗rnatishadi. Ana shu tarzda «Tarix insoniyatning go‗yoki bir 
tarjimai holi va ruhiyati»ning ifodasi sifatida dunyoga keladi. 
Ahmad Zaki Validiy To‗g‗on insoniyat tarixini o‗rganish va tarix falsafasining nazariy-
metodologik jihatlarini ishlab chiqar ekan, quyidagi tamoyillarni ilgari suradi: 
–tarixning teokratik va dualistik talqini; –tarixni materialistik tushunish; –tarixning pozitivistik 
talqini; –tarixni idealistik tushunish; —tarixni ekspressionistik talqini; –tarixning gumanistik talqini 
va hokazolar. 
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, Sharq tarix falsafasi metodologiyasining o‗ziga xos jihatlari 
mavjud. Bu bevosita tarixiy haqiqat, real voqelik bilan birga mavjud bo‗lgan afsonalar, 
rivoyatlarning uyg‗unlashib ketishi kabi holatlardan o‗tmishni tarixiy, falsafiy, mantiqiy 
tushunishning ilk va noyob tajribasi sifatida dunyoga kelgan qarashlardir. Bu davrda tarix juda katta 
shavqu shuur, quvvai hofizani talab etadigan yuksak badiiy tasvirlar, obrazlar, o‗xshatishlar bilan 
ifoda etilgan jozibador va hayajonli tarixiy-badiiy uslubni tashkil etadi. Ba‘zi bir tarixiy asarlarda 
tarixiy shaxslar, payg‗ambarlar, sarkardalar, sipohdorlar, podshohlar fe‘l-atvori, xarakter belgilari, 
jang holatlari tasvirlari yuksak badiiy mahorat bilan bayon etiladi (Masalan, Firdavsiyning 
«Shohnoma», Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo», «Tarixi mulki Ajam», Boburning 
«Boburnoma»; Ulug‗bekning «To‗rt ulus tarixi» asarlari, turli sayohatnomalar va boshqalar). Ayni 
ana shu san‘atning o‗zida etnografiya, antropologiya, sotsiologiya, falsafa, mantiq, siyosatshunoslik 
va boshqa fanlar yo‗nalishlariga xos bo‗lgan qarashlar ham uyg‗un holda o‗z aksini topganki, bu 
tarixni o‗rganishda, voqealar mohiyatini anglashda beqiyos shavqu zavq, ajdodlar hayotiga katta 
qiziqish va hayajon bilan qarash, ular turmush tarzi, dunyoqarashi va an‘analariga katga ehtiyoj 
sezishga olib kelgan. 
Ahmad Zaki Validiy To‗g‗on Sharq tarix falsafasining dunyoga kelishi, uning rivojlanish 
omillari va tadrijiy taraqqiyoti xususida fikr yuritar ekan, ulug‗ islomshunos mutafakkirlardan biri 
Ibn Miskavayxning ilmiy qarashlariga mufassal to‗xtaydi va uning «Davlat idorasi, davrning 
ruhiyati, millatlarning uyg‗onishi va inqirozlarning sabablari kabi masalalarni ichki bir aloqadorlik 
bilan tushuntirgan, o‗rni kelganda ularni oydinlashtirishga jur‘at qilgan» buyuk muarrix sifatida 
baholaydi. Demak, Sharq tarixshunosligi va tarix falsafasida davlat, jamiyat, boshqaruv va inson 
tushunchalari atrofidagi mulohazalar, mushohada va ilmiy muhokamalar ancha ilgari vujudga 
kelgan va G‗arb tarixiy tafakkurining shakllanishida, tarix falsafasi predmeti hamda 
metodologiyasining yangi sivilizatsiyaviy davr talablari darajasiga ko‗tarilishida muhim manba 
bo‗lib xizmat qilgan. 
Ahmad Zaki Validiy To‗g‗on islom olami tarixshunosligi va tarix falsafasi predmeti, uning 
metodologiyasi, o‗rganish usullari va uslublari, tadqiqot ob‘ekti va sub‘ekti xususida fikr yuritar 
ekan, qator Sharq allomalari ilmiy merosini chuqur o‗rganganini ko‗rsatadi. 
Ahmad Zaki Validiy To‗g‗onning tarix falsafasini yaratishdagi ilmiy qadriyati shundaki, u 
Turkiston tarixiga doir turli qarama-qarshi, ziddiyatli g‗oyalarga aniqlik kiritdi. Zotan, 
Turkistonning boy madaniyati va ulkan sivilizatsiyaviy taraqqiyotiga turli manfaatlar orqali qarash, 
boshqacha qilib aytganda, uni talon-toroj qilish, har kim o‗zining mulkiga aylantirish tendentsiyasi 


81 
hukumronlik qilar edi. Jumladan, kimlardir yevropaparastlik, g‗arbparastlik, yana kimlardir 
slavyanparastlik, boshqa birovlar esa eronparastlik manfaatlari nuqtai nazaridan yondashib, qadimiy 
Turkiston madaniyatiga egalik qilish da‘volari bilan yashardilar. Vaholanki, Turkiston azal-abaddan 
yaxlit makon hisoblangan. Turkiston xalqlari tarixi insoniyat tarixi bilan tengdosh, jahon tarixining 
ibtidosi bilan hamohang ravishda rivojlangan va umuman insoniyat hayotiga madaniyat olib kirgan 
buyuk tarix va mo‗‘jizaviy qadriyatdir. 
Turkiston xalqi o‗z hududi doirasida insonning ilk paydo bo‗lishi, jamoachilikning 
boshlanishi, ma‘lum jamiyat qiyofasiga ega bo‗lgan ijtimoiy hayot tarzidan boshlab bugungi 
sivilizatsiyaviy darajagacha bo‗lgan noyob, o‗ziga xos, jozibador va ayni paytda nihoyatda iztirobli, 
ziddiyatli, keskin vayrongarliklar va buyuk kashfiyotlar, sevinchu iztiroblarni o‗zida mujassam 
etgan yaxlit tarihdir. Ahmad Zaki Validiy To‗g‗on Turkiston tarixiga ana shunday yondashadi va 
uni butun buyukligiyu fojialari bilan yaxlit holda tadqiq etadi. 
Ahmad Zaki Validiy To‗g‗on tarix fani taraqqiyotini tor doirada tushunmadi. U tarix 
mantig‗ini izlashda manbashunoslik, tarixiy tilshunoslik, arxeologiya, etnografiya, poleontologiya, 
epigrafiya, numizmatika, sotsiologiya, falsafa va mantiq fanlarining umumiy talablari va 
metodologik asoslari orqali o‗rgandi. Tarixni anglash va tushunishda bu juda ulkan va o‗ziga xos, 
ilmiy-nazariy jihatdan progressiv hodisa edi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling