Тарихшунослик фанидан
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix falsafasi
Nikolay Kuzanskiy
Nikolay Kuzanskiy (1401-1464) Prir eparxiyasining Kuza deb nomlangan qishlog‗ida Germaniyada tug‗iladi. Uning otasi baliq savdosi bilan shug‗ullangan boy savdogar edi. O‗zining ilk ma‘lumotini Deventer shahridagi ―umumiy hayot birodarlari‖ maktabida oladi. Bu maktab diniy tusga ega bo‗lib, Iso payg‗ambarning hayotiga taqlid qilar edi. Birodarlarning mistik dunyoqarashi yosh Nikolay Kuzanskiy fikrlariga katta ta‘sir ko‗rsatdi va uni sxolastik ratsional qarashlarida uzoqlashtirdi. Keyingi ma‘lumotini u Geydelberg va Paduya universitetlarida davom ettiradi va bu erda kanonip ilmining doktori unvonini oladi, keyinroq u Keln Universitetida o‗qiydi va bu erda buyuk Albert tarafdorlari bilan yaqin munosabatlarla bo‗ladi. Nihoyatda iqtidorli olim bo‗lganligi uchun u diniy muhitda katta obro‗ qozonadi va yosh bo‗lishiga qaramay kardinool unvonini oladi. Kuzanskiyning diniy faoliyatda nihoyatda har taraflama bo‗lgan. U katolik cherkovini kuchaytirishda ko‗p xizmat qildi, gusidlar bilan muzokaralar olib bordi pravoslav cherkovini katolik cherkovi bilan yaqinlashtirishga harakat qildi. Papa Piy II ning unga bo‗lgan do‗stona munosabati Nikolay Kuzanskiyning faoliyatida va mansabining yuqoriligida yordam berdi. Nikolay Kuzanskiy o‗zining faol diniy harakatlari bilan bir qatorda ilm sohasida ham shuhrat qozondi. Nikolay Kuzanskiyning dunyoqarishga Dionsiy Arepagit, Miyster Ekkart, Shartr maktabining platoniklari, Ioann Skott Eriugen kabi buyuk mistik mutafakkirlar kuchli ta‘siri etadilar. Buning natijasida Nikolay Kuzanskiy sxolastikaga xos bo‗lgan ratsional falsafiy qarashlarga tanqidiy yondoshadi va o‗zining original neplatonik falsafiy sistemasini yaratadi. Nikolay Kuzanskiy o‗z davrining mashhur gumanistlari Eni-Silvie Pikkolomini, Lorentso Valla, Ambrod jo Traversari, Paolo Poskanellilar bilan do‗stona munosabatda bo‗lgan. Uning antik madaniyatga qiziqishi ham, aynan shu gumanistlarning ta‘siri natijasida bo‗ldi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling