Тарихшунослик фанидан


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

Nikolo Makiavelli 
Nikolo Makiavelli (1469-1527) Florentsiya Respublikasining kambag‗allashib qolgan nobillar 
oilasidan edi. Nikolo Makiavelli 1469 yil yurist oilasida tug‗iladi. Otasining daromadi past 
bo‗lganligi uchun Nikolo Universitetda o‗qiy olmadi. U mustaqil ta‘lim oldi. Lotin tilini mukammal 
egallab antik davr faylasuflari va shoirlarining asarlarini qunt bilan o‗qidi. 
Makiavelli Florentsiyaning neoplatonik akademiyasidagi qarashlariga mutlaq befarq edi. Uni 
o‗rta asr universitetlarining sxolastik ta‘limoti ham qiziqtirmas edi. Ammo yosh Nikolo «narsalar 
tabiati‖ haqidagi Lukretsiyning asarini katta e‘tibor bilan o‗qidi va tahlil qildi. 
1498 yil 30 yoshli Nikolo Makiavelli Florentsiyaning siyosiy sahnasida birinchi bor paydo 
bo‗ldi. U ikkinchi kontselyarining ilmiy kotibi bo‗lib saylandi. Keyinchalik esa Florentsiya 
hukmatining 10 ta hukmdoridan tashkil etilgan kengashga kotib bo‗lib saylandi. 
14 yil davomida Nikolo Florentsiya hukmatining muhim siyosiy vazifalarini bajarib Frantsiya, 
Germaniya va Rimga diplomatik ishlar bilan borib keladi. Uning katta siyosiy bilimdonlik bilan 
yozilgan asarlari Italiya va Yevropa davlatlaridan siyosiy ahvolni yaxshi bilishdan dalolat berar edi. 
1512 yilda Medichi hukmronligi tiklanganidan keyin Makiavelli siyosiy hayotdan chetda 
qoldi. Uni fitnada ayblab qamoqqa olishdi. Keyinchalik esa qishloqdagi dala hovlisiga jo‗natib 
yuborishdi. Ikkinchi bor Medichi hukmronligi tugatilgandan keyin Florentsiya respublikasi yana 
tiklandi. Ammo bu ikkinchi respublika o‗zining katta kengashida Makiavellining xizmatiga muhtoj 
emasligini bayon qildi. Bunday qarorga ko‗nika olmagan Makiavelli 27 iyun 1527 yilda vafot etdi. 
Surgun paytida Makiavelli o‗zining asosiy asarlarini yaratdi. Bular: ―Humdor‖, ―Florentsiya 
respublikasining tarixidan Tit Liviyning birinchi dekadasiga mansub bo‗lgan mulohazalar‖, 
―Mandragora‖ komediyasi va boshqalardir. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling