Тарихшунослик фанидан
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix falsafasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Makiavelli va makiavellichilik
Davlat manfaatlari.
Makiavelli fikricha barcha usullarni oqlaydigan yagona maqsad bu milliy davlatdir. Yagona markazlashgan davlatni yaratish yo‗lida har qanday usullar o‗zini oqlaydi. Keng davlat manfaatlari yo‗lida diniy va ma‘naviy qadriyatlar ham qurbon qilinishi mumkin. Makiavelli yagona milliy davlatning shakllanishi jarayonida xalq rolini yuqori baholaydi. Jamiyatda oddiy xalq va zodagonlar o‗rtasida kurash ketadi. Shu kurash natijasida hurfikrlilik mavjuddir. Makiavelli Rim respublikasining qudrati va erkinligi plebey va patritsiylar o‗rtasidagi kurashning natijasi edi. Bu kurash o‗z nihoyasiga etkandan keyin respublika o‗rnida imperiya paydo bo‗ldi. Rim imperiyasida esa kurash sustkashlanib keldi. Imperator barcha tabaqalarni o‗ziga bo‗ysundirib olgan va imperator davlat manfaatlari deb o‗zining shaxsiy manfaatlari va xohishlarini birinchi o‗ringa qo‗ydi. Natijada imperiya chuqur ruhiy tubanlik va inqirozga uchradi va o‗z intihosiga etdi. Hukmdor Makiavelli fikricha zadogonlarni avom xalqning manfaatlarini birdek ko‗rishi lozim. Makiavelli avom xalq deb atagan tabaqa aslida esa shaharning o‗rta hol xususiy mulk egalari edi. Italiyada bu tabaqadagi kishilarni nobelllar deb atashar va Makiavelli xalq deb atagan tabaqa aslida o‗rta hol burjuaziya sinfi edi. Makiavelli zadagonlar deb ataganlar esa yirik er egalari va feodallar edi. ―Men dvoryanlar deb atagan tabaqa bu yirik er egalari. Ular hech qanday foydali mehnat qilmaydilar. Ularning butun hayoti tekinxo‗rlik va topgan tutganini eb ichish bilan o‗tadi. Ularning butun hayoti bazmu jamshid bo‗lib, o‗z vatani va xalqiga hech qanday foyda keltirmaydilar‖deb yozadi Makiavelli. Makiavelli va makiavellichilik Makiavelli va Makiavellichik o‗rtasidagi munosabatlar ancha murakkabdir. Maqsadga etishishda barcha choralar yaxshi degan Makiavellining fikri murakkab vaziyatni yuzaga keltirdi. Lekin Makiavelli xalq deb atagan sinf aslida o‗rta tabaqadagi burjua sinfi edi va bu sinfning manfaatlarini himoya qilishda barcha choralar yaxshi deydi Makiavelli. Lekin bunday siyosat keng xalq manfaatlarini hech qachon himoya etmagan va etmaydi ham. Marks Makiavellining ―Maqsad yo‗lida barcha choralar yaxshi‖ degan fikrga keskin qarshi chiqadi. O‗z dushmanlariga zahar ichirish fitna uyushtirishi suiqasd qilishi bu choralarning hammasi hech qachon keng xalq manfaatlariga xizmat qilmagan va qilmaydi ham. Makiavellining siyosat ta‘limoti siyosatni ahloq va diniy qarashlardan ajratdi va faqat sinfiy manfaatlar bilan bog‗ladi. Makiavellining bu qarashlari xristian cherkovi tomonidan ham qoralandi. Italyan gumanizmining vakillari ham unga qarshi chiqishdi. Masalan Tomazzo Kampanella milliy maqsad sari barcha chorolar yaxshi degan fikrini keskin qoralaydi. Kompanella fikricha inson qanday sinf yoki tabaqaga mansubligidan tashqari 96 insoniy-axloqiy tabiatga egadir va bu insondagi axloqiy tabiatni hisobga olmaslik ruhiy tubanlik va inqirozga olib keladi. Natijada esa har qanday davlat inqirozga yuz tutadi. Kompanella fikricha Rim imperiyasining emirlishining asosiy sababi sinflar o‗rtasidagi kurash emas, aslida ruhiy tubanlik va inqiroz edi. Shunday qilib Makiavelli fikrlarida ko‗pgina ziddiyatlar va qarama qarshiliklar mavjud. Aslida u xalq deb atagan omma tor doiralar bilan chegaralangan o‗rta hol burjuaziya sinfi edi. Makiavelli xalq tushunchasini sinf tushunchasi bilan almashtirishga harakat qildi. Lekin hech qanday sinf .... omma manfaatlarini birlashtira olmaydi. Inson manfaatlarini birlashtiradigan narsa sinfiy manfaatlar emas barcha sinflar vakillari aslida yagona insoniy tabiatga egadirlar va bu insoniy tabiatning yagona mezoni Kompanella fikricha axloq va e‘tiqoddir. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling