Тарихшунослик фанидан


Brunoning yagona borliq haqidagi ta‟limoti


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

Brunoning yagona borliq haqidagi ta‟limoti 
Brunoning yagona borliq haqidagi ta‘limotida borliqning asosida yotuvchi barcha narsalarni 
birlashtiruvchi yakkayu-yagona ruhiy kuch haqidagi gapiriladi. Yagonalik kuchi borliq asosida 
yotadi va borliqning o‗zi ham yagona kuchning borlig‗idir. 
Bruno fikricha borliqdagi barcha narsalar bir-biri bilan bog‗liqdir. Materiya va ........ tabiat va 
inson, xudo va tabiat, yagona borliqni tashkil etadilar. Bu borliqdan tashqarida hech qanday borliq 
mavjud emas. Yagonalik printsipi bu dunyodagi barcha narsalarni bir-biriga bog‗lab qo‗yadi. 
Yagonalik printsipi mutlaq va absolyut, harakatsizdir. 
Brunoning yagonalik printsipi aslida yagona borliqdir. U moddiy shaklga ega emas. U 
materiya emas. Chunki uning moddiy shakli yo‗q. U aslida butun koinot va borliqdir. Yagona borliq 
harkatsizdir va barcha moddiy narsalarning harakati zaminida yotadi. Yagona borliq ta‘limoti 
asosida ziddiyatlarning birligi masalan: maksimum va minimumlarning birligi, shakl va 
materiyaning birligi, xudo va tabiat birligi yotadi. Barcha narsalarning xilma-xilligi asosida ham 
yagona borliq printsipi yotadi. Bu g‗oyani Bruno o‗zining ―Shondon‖ komediyasida ifoda etgan. 


97 
 
Panpsixizm va “olamiy jon” 
J. Brunoning ta‘limotida materiyaning shakllar yaratishga qodirligi olamiy jon deb nom oladi. 
Bu olamiy moddiy borliqda mavjud va undagi barcha narsalardan ustun turadi. Olamiy jon va 
borliqdagi barcha jonlarni, undagi barcha moddiy narsalarni ham yaratadi. Koinotning ruhlanganligi 
haqidagi ta‘limot Aristtotelning harakatsiz borliq haqidagi ta‘limotiga qaratilgan edi. Aristotel 
ta‘limotida barcha narsalarning harakat sabablari tashqi birinchi turtki bilan bog‗langan edi. Bruno 
ta‘limotida esa barcha narsalar ichki harakat manbasiga ega. Bu manbaga ulardan olamiy jonning 
faoliyatidir. 
Bu faoliyat ruhiy kuch va qudart natijasida paydo bo‗ldi. Bruno fikricha koinotdagi barcha 
narsalar o‗zining ruhiy kuchiga egadir. Aynan shu kuch harakatning ichki sababchisidir. Undan 
tashqari bu ruhiy kuch koinotdagi barcha narsalarni ongligiga sababchidir. Shunday qilib Bruno 
o‗zining ta‘limotida koinotdagi barcha moddiy narsalarning harakatini va ongini ularda yashiringan 
ichki ruhiy kuch mavjudligidan kelib chiqadi deb hisoblaydi. Bu ruhiy kuch narsalarni harakatga 
keltiradi va ularga ongni ham beradi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling