Тарихшунослик фанидан
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix falsafasi
Fichino asarlari
Ko‗p yillar davomida Fichino Platon asarlari va neoplatonizmga tegishli bo‗lgan kitoblarni tarjima qilib bordi. U ayniqsa Germetik traktat deb atalishi Pifagor va Platon maktablariga mansub bo‗lgan faylasuflarning kitoblarini ham tarjima qildi, ham chuqur o‗rgandi. Germest Tristligist nomi bilan mashhur bo‗lgan qadimgi yunon taraktati eramizning II va III asrlarida neoplatonizm oqimiga asos sodldi va Platon ruhiyatidagi xristian diniy oqimlarini ham yuzaga keltirdi. 1460 yillarda Fichino Platonning barcha ma‘lum bo‗lgan asarlarini tarjima qilib bo‗ldi. Bundan tashqari u Prokl Yamvli, Porfirii, Plotin ijodiga mansub bo‗lgan ko‗pgina traktatlarni ham tarjima qildi.XII asrda Yevropada mashhur bo‗lgan vizantiyalik neoplatonik faylasuf Mixail Panni ham aynan Fichino tarjima qilgan edi. Fichinoning qalamiga mansub bo‗lgan ko‗pgina asarlar ham 86 o‗sha davrda chiqa boshladi. Bular: Platonning ―Pir‖ asariga tahlil (1469), ―Jonning abadiyligiga bag‗ishlangan Platonning diniy qarashlari‖ (1469-1474, nashrga chiqgan yili 1482 yil), ―Xristian dini haqida‖ (1474 hayot haqida 1489) ―Xabarlar‖ deb nom olgan kichik asarlar to‗plami (1495). Neoplatonizm ijodini renessans ruhiyatida qayta ishlab chiqish Marsello Fichino Katolitsizm diniga mansub bo‗lgan chin dildan xristian diniga ishonuvchi faylasuf bo‗lgan. Shunga qaramay u sxolastik diniy qarashlar o‗rniga Platon va neoplatonizm davriga mansub bo‗lgan falsafiy g‗oyalarni qo‗yadi. Bu g‗oyalar asosi xudo va tabiat, xudo va inson, jonning abadiyligi, ruhiy muhabbat mavzulari edi. Sxolastik diniy dunyoqarashga xudoni dunyodan tabiatdan va insondan o‗tib bo‗lmas to‗siq bilan ajratish xos bo‗lgan. Bu qarashlarga binoan xudo dunyoni yaratadi. Lekin keyinchalik unga aralashmaydi, chetdan kuzatadi. Fichino aynan shu qarashlarga qarshi chiqadi. Uyg‗onish davri falsafasi va ayniqsa Fichinoning qarashlarida xudo bilan olamning aloqasi birlikdan ko‗plikka o‗tishga va bundagi aloqalarga o‗xshaydi. Xudo va dunyo masalasida Marsello Fichino xuddi Nikolay Kuzanskiy va Pikodela Mirondolaga o‗xshab, koinotda xudo va uning yaratgan olami yagona birlikni tashkil etadi deb hisoblaydi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling