Тарихшунослик фанидан


Polibiyning tarixiy qarashlari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

Polibiyning tarixiy qarashlari 
Eramizdan avvalgi II asrning ikkinchi yarimida Polibiy ―umumiy tarixni‖ yozgan. Unda 
eramizdan avvalgi 264-146 yillardagi voqealar bayon qilingan. Uning bu asari ilmiy tadqiqotdir. 
Polibiy grek istoriografiyasining eng yaxshi ana‘nalariga amal qilgan. Ammo uning siyosiy 
qarashlari Rim jamiyatidagi konservativ tabaqalarning manfatlarini ifoda qilgan. Polibiy Rimning 
o‗rta dengiz sharqiy qismining hayotiga aralashishini kuzatib, unda Rim hokimiyati o‗rnatilishi 
muqarrar degan xulosaga kelgan. U o‗zining asrida Rimning bir qancha qabilalar va xalqlarni o‗ziga 
bo‗ysundirilishining sabablarini ko‗rsatib berishga, yani rim davlatining vujudga kelish tarixini 
yaratishga harakat qilgan. Polibiy Rim davlatining qudratini uning davlat tuzumidagi 
xususiyatlaridan deb bilgan, uning nazarida bu tuzumni idora qilishining aristokratik, demokratik va 
monarxik shakllari ajoyib tarzda bir–biri bilan qo‗shilib ketgan. Polibiy manbalarni juda sinchiklab 
tekshirgan, mamlakatning geografik holati va uning iqlimini o‗rgangan. U antik davr tarixining odat 
hukmidagi adabiy usullaridan foydalangan. U voqeaning bayonotida voqeada ishtirok qiluvchi 
nutqlarini kiritgan. Polibiy bu bilan ularning gaplariga mumkin qadar ―haqiqiy‖ tus berishga harakat 
qilgan. U manbalarning naqadar rostligini aniqlab, tarixiy voqealarning sabablarini ayrim shaxsning 
ish va harakatlarida ko‗rgan xolos. 
Polibiy tarix chinakam voqealarni izohlashga va bu voqealarning keyinchalik taraqqiyot 
yo‗lini belgilashga imkon beradi. Yani tarix ―nasihat berishi‖ ―o‗rgatishi‖ mumkin amaliy jihatdan 
foydali bo‗lishi mumkin deb faraz qilgan. 
Tit Liviy asarlarida tarix falsafasi 
Tit Liviy Rimning afsonaviy zamondan boshlab o‗zi yashagan davrga o‗tgan butun tarixini 
yozishga harakat qilgan. Uning bu g‗oyat puxta asari 142 ta kitobdan iborat bo‗lgan, lekin undan 
atigi 38 tasi va boshqa ba‘zi kitoblaridan parchalar saqlangan xolos. Tit Liviy tarixni yodgorlik deb 
bilgan. Uning fikricha, tarix o‗rnak bo‗la oladigan namunalarni ko‗rsatishi bizning avlodlarimiz 
ko‗p yillar davomida ko‗rib kelgan, ofatlardan qanday qilib, saqlanishiga o‗rgatishi lozim. 
Tit Liviy voqealarning sababli bog‗lanishlarini aniqlash ularni izohlash va bu voqealar rostmi 
– yo‗qmi, bu haqda bosh qotirmagan. Uning asarlarida Fukidid, Polibiy asarlariga xos tarixiy 
tanqidlar yo‗q. Tit Liviy, Tsitseronga taqlid qilishga uringan u bu urinishda muvaffaqiyat qozona 
olmagan. Uning birinchi ikkinchisidan asrlar ajratib turgan qahramonni bir xil chiroyli fikr 
yuritishadi, bir xil harakat qilishadi va bir xil gapirishadi. Tit Liviyning respublika tarixidan 
qimmatli manba bo‗lish asarlari muallifning fikricha kitobxonga chuqur tasir qilmog‗i lozim 


68 
bo‗lmagan. Uning asarlari ilmiy tadqiqot emas, balki V.G.Belinskiy aytganidek, sanatkorning asari 
sanat asaridir. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling