Тарихшунослик фанидан


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

Piko dela Mirondola 
Marselio Fichinoning neolatonik qarashlariga nisbatan kuchliroq ifoda etilgan. ―Sevgi haqidagi 
kontsona yozilgan tahlilda u butun dunyoni doimiy yaratilishi haqida yozadi. Bu yaratilishi jarayoni 
cheksiz va tinimsizdir. Uning qarashlariga binoan dunyoning yaratilishi uch bosqich asosida sodir 
bo‗ladi. Bular: farishtalar, osmon bosqichi va elementar bosqichlardir. Piko fikricha go‗zallik 
tushunchasi xudoga tegishli emasdir. Negaki Xudo mukammal, go‗zallik esa qandaydir nuqson bilan 
bog‗liqdir. Har bir narsani Piponing fikricha ikki tomoni bor. Bu tomonlar bir-biriga zid va bu zid 
qutblarni borligi narsani borligini belgilaydi. Go‗zallik ham o‗ziga zid bo‗lgan tomonsiz mavjud 
bo‗la olmaydi. Koinotdagi irarxiya bu dunyoning o‗zaro munosabatlarini belgilaydi. Tabiatdagi 
barcha kuchlar o‗zining mohiyatini anglab etmaydilar. Lekin ular koinotni bilishga intiladilar. 
Piko fikricha xudo bu ierarxiyadan tashqarida lekin u tabiatdagi barcha jismlarni yaratadi va 
bir-biriga bog‗laydi. Ollohning tabiatda mavjudligi moddiy va ruhiy narsalarning aloqasidan kelib 
chiqmaydi. Xudo tabiatning barcha zarrasida mavjud u tabiatning birligi va mohiyatini tashkil etadi. 
Xudo barcha narsalarning mohiyatida yashiringan. Narsalarning go‗zalligi va latofati ham 
xudoning bu narsalarda mavjudligidan kelib chiqadi. 


88 
Insonning erkinligi haqidagi ta‟limoti 
Piko yulduzlarga qarab inson kelajagini aytib bergan astrologlarga ishonmaydi va ularni tanqid 
qiladi. Buning o‗rniga u osmon jismlarining harakatini matematik usullar orqali o‗rganishga da‘vat 
etadi. 
Pikoning fikricha insonning o‗zi ham butun borliqni qamrab oluvchi mikrokosmosdir. Piko 
insonni ierarxiyaning barcha bosqichlaridan xoli deb hisoblaydi. 
Koinotning zinopoyasida insonning aniq egallagan o‗rni yo‗qdir. Inson bu o‗rinni o‗zining, 
xohishi va irodasiga binoan tanlaydi. Xudo insonga tanlash huquqini bergan va inson o‗z baxtining 
egasidir. Inson koinotning markazida joylashgan va u o‗zidagi barcha ijodkorlik kuchlarini o‗zi 
voyaga etkazish kerakdir. Insonning ierarxiyadagi o‗rni, uning ruhiy erkinligi bilan ham bog‗liqdir. 
Insonga xudo tomonidan komillikka erishish qobiliyati berilgan va u bu qobliyatni inson o‗zining 
har kungi hayotida ham, faoliyatida ham rivojlantirib borishi kerak. Agar inson bu qobliyatlarni 
o‗zida o‗stirmasa u tubanlik botqog‗iga botadi. Demak inson doimo rivojlanish va komilikka 
intilishi lozimdir. Xudo tomonidan insonga barcha kuch–quvvat berilgan va inson bu kuch-quvvat 
orqali oldiga qo‗ygan barcha maqsadlariga erishishi mumkin. Piko o‗z ijodining markaziga 
insonning erkin tanlash huquqini quyadi. Bu boradagi Mirandolaning fikrlari inson tabiati va fe‘lini 
o‗z-o‗zini tashkil etuvchi va rivojlantiruvchi sistema sifatida ko‗radi. U insonning erkin ijodiy 
faoliyatining mahsulidir. Inson qotib qolgan tosh emaski u o‗zgarmasa. Insonning asosiy qudrati 
uning harakatchanligida. Olloh insonni o‗ziga o‗xshatib yaratgan. Demak insonning ichki tabiatida 
komillikka erishishi uchun barcha kuchlar mavjuddir. Inson bu kuchlarni yuzaga chiqazishi kerak. 
Bunga esa faqat faoliyat, harakatchanlik orqali erishiladi. 
Piko barcha falsafiy ta‘limotlar va diniy qarashlardagi ijobiy fikrlarni birlashtirishga harakat 
qildi. Ularni yagona haqiqatning xilma-xil qirralari deb hisoblar edi. Pikoning ijodi eklentek tuchga 
ega bo‗lmadi, aksincha u insoniyatning xilma-xil tajribasidan o‗rganishga harakat qildi va u o‗z ong 
xazinasini insoniyatning beqiyos ong xazinasi hisobiga boytishga urindi. 
Uyg‗onish davri tabiiyshunosligining falsafiy masalalari. 
Uyg‗onish davrining gumanistik qarashlari o‗sha davrning tabiyshunos fanlarining 
rivojlanishiga bog‗liq edi. Bu borada ikki buyuk olim Lenardo da Vinchi va Nikolay Kopernik 
tadqiqotlari o‗rta asr sxolastik dunyoqarashi o‗rniga, yangi gumanistik falsafiy ta‘limotning 
shakllanishiga olib keldi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling