Тарихшунослик фанидан


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

Gumanizm va reformatsiya 
Erazmning diniy bag‗rikenligi reformatsiyaning ayrim vakillariga yaqin edi. 
M: ulardagi diniy bag‗rikenglik, tabiatga bo‗lgan ruhiy munosabat, marosimlarni sodda 
shaklda o‗tkazish va barcha diniy odatlarni soddlashtirish. Erazm ta‘limotini reformatsiya 
harakatining ayrim vakillari qarashlari bilan yaqinlashtirar edi. 


92 
Erazmning hurfikrliligi protestant va katolik Yevropa davlatlaridagi ziyolilarga qattiq ta‘sir 
etdi. Erazmning zamondoshi Xudoluis Vives falsafiy tilni badiiy xalq tiliga yaqinlashtirish kerak va 
uni sxolastikaning murakkab tushunchalari va mushohadalaridan ozod qilish kerak deb hisoblar edi. 
Erazmning adolat va tinchliksevarlik g‗oyalari Vivech Andje madjevskiy va shunga o‗xshash 
Yevropaning mashhur mutafakkirlarining fikricha katta ta‘sir ko‗rsatdi. 
 
Tomas Mor 
Rotterdamlik Erazmning qarashlariga uning buyuk zamondoshli bo‗lgan Tomas Morning 
qarashlari yaqin edi. 
Tomas Mor Londonda 1478 yil qirol sudyasining oilasida tug‗iladi. Grammatik maktabidagi 
o‗qish unga lotin tilini yaxshi egallashga imkoniyat berdi. Yoshlik davrida Tomas Mor 
Kenterbereylik arxiepiskop Jon Mortanning oilasida xizmat qiladi. Arxiepiskopning xonadonida 
o‗sha davrning mashhur yozuvchilari, olimlari, sahxatchilari siyosatchilari va ruhoniylar tez-tez 
yig‗ilib turishar edi. 
XV asrning 90 yillarida arxiepiskopning maslahatiga binoan Tomas Mor gumanistik 
qarashlarning markaziga aylangan Oksford Universitetining kolledjida ta‘lim oladi. Kollejdagi 
o‗qishni tamomlagach Tomas Mor Londonning yuridik maktabini bitirib, yurist va advokat sifatida 
xizmat qiladi. Yosh sudyaning halloligi va o‗tkir zehni unga katta hurmat va e‘tibor keltirdi va 
Tomas Mor Angliya parlamentining umumiy palatasiga saylanadi. 
Tomas Morning siyosiy faoliyati Angliya qiroli Genrix II ning iqtisodiy talablariga qarshi 
chiqishdan boshlandi. Morning bu harakatlari umumiy palata deputatlari tomonidan qo‗llab-
quvvatlanadi. 
XVI asrning boshlarida Tomas Mor oksford gumanistlari qarashlarini qo‗llab-quvvatlaydi, 
antik yozuvchilari va faylasuflari asarlarini Italyan faylasufi Piko dela Mirandolaning tarjimai holini 
va xatlarini ingliz tiliga tarjima qiladi. 
O‗zining yozuvchilik ijodini Mor London sherifiga yordamchisi sifatidagi hikmati bilan 
birlashtiradi. 
Qirol Genrix III ga fidokorona xizmat qilganligi uchun Tomas Mor qirol kengashining a‘zosi 
etib sayladi. Keyingi yillarda Tomas Mor muhim davlat mansablarini egallaydi va nihoyat 
Angliyaning lord-kantsleri darajasiga ko‗tariladi. Genrix III tomonidan Angliyada o‗tkazilgan 
reformatsiya Tomas Morda keskin norozilik uyg‗otdi. 
Tomas Mor Yevropada yagona xristian katolik cherkovi hukmronligini saqlab qolishi tarafdori 
edi. U Martin Lyuter Genrix III ning reformatsion harakatlariga qarshi chiqdi. 
Tomas Mor Angliyada fermerlar erini tortib olish siyosatiga qarshi chiqadi. ―Qo‗ylar 
odamlarni edi‖ degan mashhur ibora Tomas Morga tegishli edi. Qirolning qonunbuzar harakatlariga 
qarshi chiqgan Tomas Mor Tauer qamoqxonasiga tashlanadi va uzoq davom etgan sud jarayonidan 
keyin 6 iyul 1535 yilda qatl qilinadi. 
Tomas Morning qahramonona harakatlari gumanistlarning inson hurmati, ruhiy ozodligi va 
hurfikrliligiga butkul to‗g‗ri kelar edi. 
Morning qatl qilinishi Yevropadagi gumanistik harakatni o‗z nihoyasiga etganligidan dalolat 
berar edi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling