Тарихшунослик фанидан


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

Gumanizm va Utopiya 
Italiyada tug‗ilgan gumanistik qarash asta-sekin Yevropaning ko‗pgina davlatlarida tarqala 
boshladi. Niderland davlati, Germaniya, Angliya, Frantsiyada gumanizm harakati ortodoksal diniy 
dunyoqarashva sxolastik falsafaga qarshi bosh ko‗tardi. Gumanistik dunyoqarash yangi shakllanib 
borayotgan burjuaziya sinfiga feodal tuzumiga qarshi bo‗lgan kurashda katta yordam berdi. Burjua 
sinfining yirik vakillari gumanistik dunyoqarashga xayrihoh bo‗lishdi va bu dunyoqarashning 
tarqalishida xizmat qilishdi. 
Rotterdamlik Erazm 
Rotterdamlik Erazm (1469-1536) xuddi Petrarkaga o‗xshab XVI asrning boshi va o‗rtalarida 
Yevropaning eng mashhur nom taratgan yozuvchisi, va gumanist faylasufiga aylandi. Ruhoniyning 
nikohsiz o‗g‗li bo‗lgan Roterdamlik Erazm boshlang‗ich ta‘limni xuddi Nikolay Kuzanskiyga 
o‗xshab, ―umumiy hayot birodarlar‖ iga tegishli bo‗lgan maktablarida olgan. Keyinchalik u 
Sarbonna Universitetini tugatib, teologiya doktori unvonini oladi. Bu yosh ruhoniy Parijda yashagan 
davrda gumanistlar ta‘limoti bilan tanishib ularning davrasiga ham qo‗shiladi. Erazm reformatsiya 
davridagi to‗s-to‗polonlardan o‗zini chetga olib Bazel shahrida o‗z shogirdlari davrasida panoh 
topadi. 
Asarlari 
Erazm o‗zidan keyin nihoyatda boy badiy falsafiy meros qoldirgan. Bular qatorida 
―Nodonlikning maqtovi‖, ―Osmonga chiqishga ruxsat berilmagan Yuliy‖, ―Oddiy suhbatlar‖, 
―Maqollar‖ to‗plami, ―Xristian askariga nasihatlar‖, ―Xristian hukmdorining tarbiyasi‖, ―Dunyoning 
shikoyati‖ ―Til‖ ―Iroda erkinligi haqidagi traktol‖. 
Xristian axloqini gumanistik tarzda ishlab chiqilishi. 
Erazmning xristian axloqi o‗z davridagi katolik xristian qarashlaridan tubdan farq qilgan. 
Katolik cherkovining urf-odatlari uning fikricha haddan tashqari marosimlarning tashqi shakliga 
e‘tibor bergan. Undan tashqari xristian inkvizatsiyasi ichki dushmanlarni qidirish bilan ovora 
bo‗lgan va ulrani gulxanda yoqib vahshiyona qatl qilgan. Bularning barchasi Erazm fikricha xristian 
dinining asl mohiyatiga to‗g‗ri kelmaydi. Xristian katolik cherkovining bunday faoliyatini Erazm 
to‗g‗ri yo‗ldan adashish deb hisoblaydi. Uning fikricha ilk bor xristianlikda diniy bag‗rikenglik 
insonlarga bo‗lgan mehr –adolat va hikmat yotadi. 
Erazm tabiatni ulug‗laydi va xristian katolik dinga xos bo‗lgan tabiatni xudodan ajratishga 
qarshi chiqadi. ―Iso Masih aytgan hikmatlarida tabiat va xudo yagona borliqni tashkil etadi‖ deb 
yozadi. Erazmning bu qarashlari panteistik tusga ega edi. U materiyani ruhdan ajratmaydi va 
shundan kelib chiqib erdagi hayotni ham ulug‗laydi. Riyozat chekish o‗rniga inson erdagi hayotdan 
lazzatlanish va zavqalnishi kerak deb hisoblaydi Erazm. Bu fikrni Erazm o‗zining «Epikur‖ asarida 
aytib o‗tadi va Epikur ta‘limotidagi lazzatlanish g‗oyasini ilk bor xristianlikdagi tabiatni ruhlantirish 
g‗oyasi bilan birlashtiradi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling