Falsafa kelib chiqishi va shakillanish asoslari
Download 169.5 Kb.
|
falsafa kelib chiqish
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi.
FALSAFA KELIB CHIQISHI VA SHAKILLANISH ASOSLARI REJA: Falsafa tushunchasining kelib chiqishi. Falsafaning predmeti va asosiy mazmuni. Dunyoqarashning mohiyati. Dunyoqarashning tuzilishi. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Falsafa va fanning mutanosibligi va farqi. «Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi. Har qanday nomalum soz mazmunini uning etimologiyasidan, yani u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash orinli boladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo sevaman va sophia donolik sozlaridan kelib chiqqan bolib, mazkur atamaning dastlabki manosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa sozini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, ananalar orqali) avloddan avlodga otuvchi bilim bilan inson oz aqliga tayanib, mushohada yuritish va tanqidiy fikrlash yoli orqali olishi mumkin bolgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan. Shuni takidlash lozimki, Pifagor ham, qadimgi davrning boshqa faylasuflari ham dastlab «falsafa» tushunchasiga uning keyinchalik paydo bolgan va mohiyat etibori bilan, falsafani «barcha fanlar podshosi» darajasiga kotargan manosidan boshqacharoq mano yuklaganlar. Ammo ilk faylasuflar ozlarini donishmand deb hisoblamaganlar va donolikka davo ham qilmaganlar, zero, osha davrda keng tarqalgan tasavvurga kora, haqiqiy donishmandlik ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga otib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda mujassamlashgan. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng songgi haqiqat manbai sifatidagi bilimlarga ega bolgan bashoratgoylar, kohinlar va oqsoqollar etirof etilgan. Ularning sozlari birdan-bir togri deb qabul qilingan. Faylasuf esa, qadimgilar fikriga kora donishmandlik muxlisi bolishi, etiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki oz aqliga tayanib, ijodiy yol bilan, shuningdek boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bolgan. Biroq, insonning dunyo va oziga bunday munosabati darhol yuzaga kelgani yoq. Insonning tabiatga qarshilik korsatish, ishlib chiqarish vositalarini yaratish va kopaytirish qobiliyatlari rivojlangunga va osgunga, buning natijasida yetarli tajriba va bilimlar toplangunga, odamlar aqli kop sonli savollarga javob izlash uchun yetarli darajada yuksalgunga qadar insoniyat uzoq va mashaqqatli yolni bosib otgan. Shu bois falsafaning mohiyatini, shuningdek uning paydo bolish sabablari va sharoitlarini tushunish uchun gapni inson dunyoqarashidan boshlash lozim. Nima uchun? Shuning uchunki, falsafa dunyoqarashning asosiy tarixiy shakllaridan biri hisoblanadi. Falsafa haqida gapirish inson dunyoqarashi, uning oqilona fikrlash qobiliyati haqida, binobarin, uning mohiyati va Yerda hayot paydo bolish tarixi haqida gapirish demakdir. Bu yerda biz hali kam organilgan murakkab muammolarga duch kelamiz, zero insonning kelib chiqishi odamlar doim javobini topishga harakat qilgan buyuk jumboqlardan biri hisoblanadi. Ammo bilimning bu sohasida yechilmagan muammolar bugungi kunda ham bisyor. Xususan, inson nima uchun, qayerdan, qaysi sabablarga kora paydo bolgan, degan savolga aniq, umumiy etirof etilgan javob hanuzgacha mavjud emas. Shuningdek, aql faqat insonga xosmi yoki uning inson borligida mavjudligi obyektiv borliqning bir parchasi, ayrim hodisasimi?, degan savol ham hali oz javobini topganicha yoq. Binobarin, insoniyat tarixi haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar nuqtai nazaridan ayrim masalalar mavjud bolib, ular xususida olimlar va mutaxassislar malum bir toxtamga kelganlar. Xususan, boy tarixiy material, arxeologiya fani olgan daliliy malumotlari, shuningdek boshqa fanlarning metodlari bilan olingan natijalar (masalan, jinslar, foydali qazilmalar yoshini aniqlash va sh.k.)ni etiborga olgan holda, ishonch bilan inson sayyoramizda hayotning tadrijiy (evolyusion) rivojlanishi mahsulidir, deb qayd etish mumkin. Hozirgacha mavjud bilimlar oddiy mehnat qurollarini yasagan insonsimon mavjudotlarning (lot. homo habilis uquvli odam) qadimgi manzilgohlari taxminan 3-5 mln yil oldin paydo bolgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi. Arxeologik va ilmiy malumotlarga kora, qaddini tik tutib yuradigan odam yoshi taxminan 1,5 mln yilni tashkil etadi. Homo sapiens, yani aqlli odamlar tipi atigi 40-60 ming yil oldin vujudga keldi. Mutaxassislar fikricha, insonda ong paydo bolib, ijtimoiy mavjudot sifatida uzil-kesil shakllanganidan beri, uning asosiy xususiyatlarida jiddiy ozgarishlar yuz bergani yoq, yani u hozirgi odamlardan deyarli farq qilmaydi. Ong paydo bolishi esa, ilmiy tasavvurlarga muvofiq, inson tarixiy rivojlanishining odam miyasi osib borayotgan mehnat faolligi va verbal (nutq orqali) muloqot tasirida ota rivojlanib, murakkab mavhumliklarni tushunadigan darajaga yetgan davri bilan boglanadi. Shunday qilib, inson tushunchalarga tarif berish, mulohazalar bildirish va mushohadalar yuritish yoli bilan sodda, lekin tom manoda aqliy ish olib bora boshladi. Download 169.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling