Тарихшунослик фанидан


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

Davlat manfaatlari. 
Makiavelli fikricha barcha usullarni oqlaydigan yagona maqsad bu milliy davlatdir. Yagona 
markazlashgan davlatni yaratish yo‗lida har qanday usullar o‗zini oqlaydi. 
Keng davlat manfaatlari yo‗lida diniy va ma‘naviy qadriyatlar ham qurbon qilinishi mumkin. 
Makiavelli yagona milliy davlatning shakllanishi jarayonida xalq rolini yuqori baholaydi. Jamiyatda 
oddiy xalq va zodagonlar o‗rtasida kurash ketadi. Shu kurash natijasida hurfikrlilik mavjuddir. 
Makiavelli Rim respublikasining qudrati va erkinligi plebey va patritsiylar o‗rtasidagi kurashning 
natijasi edi. Bu kurash o‗z nihoyasiga etkandan keyin respublika o‗rnida imperiya paydo bo‗ldi. Rim 
imperiyasida esa kurash sustkashlanib keldi. Imperator barcha tabaqalarni o‗ziga bo‗ysundirib olgan 
va imperator davlat manfaatlari deb o‗zining shaxsiy manfaatlari va xohishlarini birinchi o‗ringa 
qo‗ydi. Natijada imperiya chuqur ruhiy tubanlik va inqirozga uchradi va o‗z intihosiga etdi. 
Hukmdor Makiavelli fikricha zadogonlarni avom xalqning manfaatlarini birdek ko‗rishi lozim. 
Makiavelli avom xalq deb atagan tabaqa aslida esa shaharning o‗rta hol xususiy mulk egalari edi. 
Italiyada bu tabaqadagi kishilarni nobelllar deb atashar va Makiavelli xalq deb atagan tabaqa 
aslida o‗rta hol burjuaziya sinfi edi. 
Makiavelli zadagonlar deb ataganlar esa yirik er egalari va feodallar edi. ―Men dvoryanlar deb 
atagan tabaqa bu yirik er egalari. Ular hech qanday 
foydali mehnat qilmaydilar. Ularning butun hayoti tekinxo‗rlik va topgan tutganini eb ichish 
bilan o‗tadi. Ularning butun hayoti bazmu jamshid bo‗lib, o‗z vatani va xalqiga hech qanday foyda 
keltirmaydilar‖deb yozadi Makiavelli. 
Makiavelli va makiavellichilik 
Makiavelli va Makiavellichik o‗rtasidagi munosabatlar ancha murakkabdir. Maqsadga 
etishishda barcha choralar yaxshi degan Makiavellining fikri murakkab vaziyatni yuzaga keltirdi. 
Lekin Makiavelli xalq deb atagan sinf aslida o‗rta tabaqadagi burjua sinfi edi va bu sinfning 
manfaatlarini himoya qilishda barcha choralar yaxshi deydi Makiavelli. Lekin bunday siyosat keng 
xalq manfaatlarini hech qachon himoya etmagan va etmaydi ham. Marks Makiavellining ―Maqsad 
yo‗lida barcha choralar yaxshi‖ degan fikrga keskin qarshi chiqadi. O‗z dushmanlariga zahar 
ichirish fitna uyushtirishi suiqasd qilishi bu choralarning hammasi hech qachon keng xalq 
manfaatlariga xizmat qilmagan va qilmaydi ham. Makiavellining siyosat ta‘limoti siyosatni ahloq va 
diniy qarashlardan ajratdi va faqat sinfiy manfaatlar bilan bog‗ladi. Makiavellining bu qarashlari 
xristian cherkovi tomonidan ham qoralandi. Italyan gumanizmining vakillari ham unga qarshi 
chiqishdi. Masalan Tomazzo Kampanella milliy maqsad sari barcha chorolar yaxshi degan fikrini 
keskin qoralaydi. Kompanella fikricha inson qanday sinf yoki tabaqaga mansubligidan tashqari 


96 
insoniy-axloqiy tabiatga egadir va bu insondagi axloqiy tabiatni hisobga olmaslik ruhiy tubanlik va 
inqirozga olib keladi. Natijada esa har qanday davlat inqirozga yuz tutadi. Kompanella fikricha Rim 
imperiyasining emirlishining asosiy sababi sinflar o‗rtasidagi kurash emas, aslida ruhiy tubanlik va 
inqiroz edi. Shunday qilib Makiavelli fikrlarida ko‗pgina ziddiyatlar va qarama qarshiliklar mavjud. 
Aslida u xalq deb atagan omma tor doiralar bilan chegaralangan o‗rta hol burjuaziya sinfi edi. 
Makiavelli xalq tushunchasini sinf tushunchasi bilan almashtirishga harakat qildi. Lekin hech 
qanday sinf .... omma manfaatlarini birlashtira olmaydi. Inson manfaatlarini birlashtiradigan narsa 
sinfiy manfaatlar emas barcha sinflar vakillari aslida yagona insoniy tabiatga egadirlar va bu insoniy 
tabiatning yagona mezoni Kompanella fikricha axloq va e‘tiqoddir. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling