Тарихшунослик фанидан
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”
- Bu sahifa navigatsiya:
- Insonning erkinligi haqidagi ta‟limoti
Piko dela Mirondola
Marselio Fichinoning neolatonik qarashlariga nisbatan kuchliroq ifoda etilgan. ―Sevgi haqidagi kontsona yozilgan tahlilda u butun dunyoni doimiy yaratilishi haqida yozadi. Bu yaratilishi jarayoni cheksiz va tinimsizdir. Uning qarashlariga binoan dunyoning yaratilishi uch bosqich asosida sodir bo‗ladi. Bular: farishtalar, osmon bosqichi va elementar bosqichlardir. Piko fikricha go‗zallik tushunchasi xudoga tegishli emasdir. Negaki Xudo mukammal, go‗zallik esa qandaydir nuqson bilan bog‗liqdir. Har bir narsani Piponing fikricha ikki tomoni bor. Bu tomonlar bir-biriga zid va bu zid qutblarni borligi narsani borligini belgilaydi. Go‗zallik ham o‗ziga zid bo‗lgan tomonsiz mavjud bo‗la olmaydi. Koinotdagi irarxiya bu dunyoning o‗zaro munosabatlarini belgilaydi. Tabiatdagi barcha kuchlar o‗zining mohiyatini anglab etmaydilar. Lekin ular koinotni bilishga intiladilar. Piko fikricha xudo bu ierarxiyadan tashqarida lekin u tabiatdagi barcha jismlarni yaratadi va bir-biriga bog‗laydi. Ollohning tabiatda mavjudligi moddiy va ruhiy narsalarning aloqasidan kelib chiqmaydi. Xudo tabiatning barcha zarrasida mavjud u tabiatning birligi va mohiyatini tashkil etadi. Xudo barcha narsalarning mohiyatida yashiringan. Narsalarning go‗zalligi va latofati ham xudoning bu narsalarda mavjudligidan kelib chiqadi. 88 Insonning erkinligi haqidagi ta‟limoti Piko yulduzlarga qarab inson kelajagini aytib bergan astrologlarga ishonmaydi va ularni tanqid qiladi. Buning o‗rniga u osmon jismlarining harakatini matematik usullar orqali o‗rganishga da‘vat etadi. Pikoning fikricha insonning o‗zi ham butun borliqni qamrab oluvchi mikrokosmosdir. Piko insonni ierarxiyaning barcha bosqichlaridan xoli deb hisoblaydi. Koinotning zinopoyasida insonning aniq egallagan o‗rni yo‗qdir. Inson bu o‗rinni o‗zining, xohishi va irodasiga binoan tanlaydi. Xudo insonga tanlash huquqini bergan va inson o‗z baxtining egasidir. Inson koinotning markazida joylashgan va u o‗zidagi barcha ijodkorlik kuchlarini o‗zi voyaga etkazish kerakdir. Insonning ierarxiyadagi o‗rni, uning ruhiy erkinligi bilan ham bog‗liqdir. Insonga xudo tomonidan komillikka erishish qobiliyati berilgan va u bu qobliyatni inson o‗zining har kungi hayotida ham, faoliyatida ham rivojlantirib borishi kerak. Agar inson bu qobliyatlarni o‗zida o‗stirmasa u tubanlik botqog‗iga botadi. Demak inson doimo rivojlanish va komilikka intilishi lozimdir. Xudo tomonidan insonga barcha kuch–quvvat berilgan va inson bu kuch-quvvat orqali oldiga qo‗ygan barcha maqsadlariga erishishi mumkin. Piko o‗z ijodining markaziga insonning erkin tanlash huquqini quyadi. Bu boradagi Mirandolaning fikrlari inson tabiati va fe‘lini o‗z-o‗zini tashkil etuvchi va rivojlantiruvchi sistema sifatida ko‗radi. U insonning erkin ijodiy faoliyatining mahsulidir. Inson qotib qolgan tosh emaski u o‗zgarmasa. Insonning asosiy qudrati uning harakatchanligida. Olloh insonni o‗ziga o‗xshatib yaratgan. Demak insonning ichki tabiatida komillikka erishishi uchun barcha kuchlar mavjuddir. Inson bu kuchlarni yuzaga chiqazishi kerak. Bunga esa faqat faoliyat, harakatchanlik orqali erishiladi. Piko barcha falsafiy ta‘limotlar va diniy qarashlardagi ijobiy fikrlarni birlashtirishga harakat qildi. Ularni yagona haqiqatning xilma-xil qirralari deb hisoblar edi. Pikoning ijodi eklentek tuchga ega bo‗lmadi, aksincha u insoniyatning xilma-xil tajribasidan o‗rganishga harakat qildi va u o‗z ong xazinasini insoniyatning beqiyos ong xazinasi hisobiga boytishga urindi. Uyg‗onish davri tabiiyshunosligining falsafiy masalalari. Uyg‗onish davrining gumanistik qarashlari o‗sha davrning tabiyshunos fanlarining rivojlanishiga bog‗liq edi. Bu borada ikki buyuk olim Lenardo da Vinchi va Nikolay Kopernik tadqiqotlari o‗rta asr sxolastik dunyoqarashi o‗rniga, yangi gumanistik falsafiy ta‘limotning shakllanishiga olib keldi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling