Тарихшунослик фанидан


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

Cheksiz koinot va xudo 
Sxolastika falsafasi moddiy olamni chegaralangan deb uni Ollohning borligiga qarama-qarshi 
qo‗yishgan. Bruno aynan shu qarma-qarshilikka qarshi chiqadi. Xudoning cheksizligi va qudrati 
moddiy olamning cheksizligi orqali tajalli etadi. Undan tashqarida emas. Shunday qilib Brunoda 
tabiatdagi mutanosiblik, mukammallik va go‗zallik xudo tabiat bilan birlashib ketganligidan kelib 
chiqadi. Tabiat xudoga teng emas. Xudo tabiatning o‗zida mavjud va u bilan birlashib ketgan. 
Tabiatdagi barcha o‗zgarishlar ham xudoning yaratuvchilik qudartidan kelib chiqadi. 
Shunday qilib Brunoda tabiat xudo, xudo tabiatdir. 
Ijtimoiy-siyosiy qarashlari 
Bruno o‗z davridagi ijtimoiy-siyosiy tuzumning kamchiliklarini ko‗rib, ularni tuzatish 
yo‗llarini o‗ylab chiqgan edi. U xristian cherkovining davlat ishlariga aralashishini qoralaydi va 
cherkovni davlatdan ajratish kerak deb hisoblanadi. U sanoat, dehqon va hunar-kasblarni rivojlanish 
zarur deb hisoblaydi. Bu sohadagi ishlaydigan shaharning mehnati ozod va erkin bo‗lishi kerak. 
Davlatdagi barcha vahshiy qonunlar va hur fikrlilikka qarshi bo‗lgan qoidalar yo‗qotilishi kerak. 
Uning fikricha jamiyatda feodallarga bo‗lgan imtiyozlar yo‗qotilishi kerak. Bruno jamiyatda 
fuqarolarning huquqlari teng bo‗lishi kerak deb hisoblagan. Uning bu fikrlari o‗z davri uchun ham 
ilg‗or fikrlar edi va yangi shakllanayatgan burjua sinfining manfaatiga to‗g‗ri kelar edi. O‗zining 
―geroik ektuziozi‖ asarida Bruno sinfiy tabaqalanishni oqlaydi va jamiyatda sinflarning mavjudligi 
zarurdir deb hisoblaydi. Sinflar va shaxsiy mulk rivojlanishning zaruriy sharoitini tashkil etadilar. 
Shunday qilib J. Bruno o‗z davrining burjua sinfi manfaatlarini himoya qilgan edi. 
Yakob Byumening mistik panteizmi 
Yakob Byumening mistik panteizmi o‗rta asr mistik oppozitsion qarashlarining ajralmas bir 
qismi edi. Bu qarshlarga binoan inson va tabiat, tabiat va xudo bir-biridan ajralmas yagona borliqdir
inson qalbidagi ilohiy zarra orqali u bevosita xudo bilan aloqada bo‗lishi mumkin va xristian katolik 


99 
cherkovining vositachilik ahamiyati ham shu bilan barham topadi. Bunday mistik qarashlar xristian 
katolik cherkoviga qarshi qartilgan edi, shuning uchun cherkov tomonidan shavqatsiz ta‘qib etilgan. 
Gorfunkelning fikricha Yakob Byume Galileyning zamondoshi bo‗lishiga qaramasdan 
o‗zining fikrlari va panteistik qarashlari bo‗yicha uyg‗onish davrining eng oxirgi, yakunlovchi 
davriga tegishlidir. Byomening teosofik qarashlari 
L.Feyerbaxning fikricha Ya.Byome diniy naturfaylasuf, uning qarashlari uyg‗onish davri 
gumanistlari qarashlaridan keskin farq qiladi. Uning falsafiy qarashlariga teotsentrizm ruhiyati xos 
edi. 
Ya. Byomening fikricha tabiat mohiyatini inson tabishunos bilimlarga asoslangan tarzda emas, 
balki o‗zining intuitiv dunyoqarashiga asoslangan holda bilishi mumkin. 
Byomening o‗zi ham o‗zining falsafiy qarashlarida go‗zal, badiiy timsolaridan keng 
foydalanadi. Va bu timsollar asosida inson, tabiat va xudo o‗rtasidagi aloqalarni ifodalaydi. Byome 
fikricha borliq bular o‗rtasidagi dialektik munosabatlardan tashkil topadi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling